Jazoni ijro etish muassasasi

Turma (qamoqxona) ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasasinnng bir turi. Ushbu muassasalar ijtimoiy xavfi yuqori bo‘lgan mahkumlarni jamiyatdan ajratish va ularni qat’iy tartibda saqlash uchun tashkil etilgan.Shuningdek unda voyaga yetgan maxkumlar saqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksining 52-moddasiga koʻra, "Turmalar turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslarni, shuningdek umumiy va qattiq tartibli koloniyalardan jazoni o‘tash tartibini ashaddiy buzganligi uchun o‘tkazilgan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan".

Turmalar jazoni ijro etish tizimida alohida o‘rin tutadi. Bu yerda nafaqat turmaga qamash jazosi tayinlangan shaxslar, balki umumiy va qattiq tartibli koloniyalarda jazoni o‘tash tartibini muntazam ravishda ashaddiy buzgan mahkumlar ham saqlanadi. Bunday shaxslar odatda tartib-intizomga rioya qilmaydigan, xavfli va ijtimoiy jihatdan moslashmagan bo‘ladi:

1. Qat’iy tartib-qoidalar: Turmalarda nazorat darajasi yuqori va tartib-qoidalar qattiq bo‘ladi. Mahkumlarning harakatlari cheklangan bo‘lib, ular kun tartibiga qat’iy amal qilishlari kerak.Masalan: Mahkumlar kun davomida belgilangan vaqtlarda yotib turadi, ovqatlanadi va mehnat yoki boshqa faoliyatlarni amalga oshiradi.

2. Ashaddiy jinoyatchilarni saqlash:Turmalar ko‘pincha xavf darajasi yuqori bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan. Bu yerda qasddan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etgan yoki jinoyatni qayta-qayta sodir qilgan shaxslar saqlanadi. Jamiyat uchun xavfli deb topilgan jinoyatchilar turmalarga joylashtirilib, ularning yana jinoyat sodir etish ehtimoli bartaraf etiladi.

3. Tartibni buzgan mahkumlarni qabul qilish: Umumiy yoki qattiq tartibli koloniyalarda jazoni o‘tayotib, o‘ta ashaddiy tartib buzgan shaxslar ham turmaga o‘tkaziladi. Bu holat jazoni yanada qat’iy sharoitlarda o‘tashni talab qiladi.Mahkumlar tartib-intizomni buzish natijasida qat’iy sharoitda o‘z xatti-harakatlari uchun javobgarlikni his qilishadi.

4. Psixologik va pedagogik ishlar: Turmalarda tartib qat’iy bo‘lishiga qaramasdan, mahkumlarning tuzalishi va tarbiyasi uchun pedagogik va psixologik ishlar olib boriladi. Bu ularning jamiyatga qaytish imkoniyatini tiklashga qaratilgan.

Mahkumlar uchun maxsus reabilitatsiya dasturlari tashkil etilib, ularning xulqini o‘zgartirishga harakat qilinadi.

Turmaga qamash tariqasidagi ozodlikdan mahrum qilish, jazoning muayyan qismiga, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga:

a) o‘ta xavfli retsidivistlarga;

b) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga nisbatan tayinlanishi mumkin.[1]

Turmalar  - umumiy va qattiq tartibli koloniyalardan jazoni oʻtash tartibini ashaddiy buzganlik uchun oʻtkazilgan shaxslarni saqlashga moʻljallangan. Turmalarda mahkumlar umumiy kameralarda saqlanadi. Alohida hollarda mahkumning batamom ajratib qoʻyilishini taʼminlash maqsadida muassasa boshligʻining prokuror tomonidan tasdiklangan qarori asosida uni 1 kishilik kamerada saqlashga yoʻl qoʻyiladi. Turmada mahkumlar belgilangan eng kam ish haqi miqdorining 75 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat maqsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. Ular har muddati 1 soatlik sayr qilish va yil mobaynida 2 marta qisqa muddatli hamda 1 marta uzoq muddatli uchrashuv, 2 marta telefon orqali soʻzlashuv, 2 ta posilka yoki yoʻkdov, shuningdek, 2 ta banderol olish huquqiga ega. Turmalarda mahkumlarni yengillashtirilgan saqlash sharoitiga muddatdan oldin oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi, mahkumni sogʻligʻiga koʻra tegishli tibbiy xulosa asosida oʻtkazish hollari bundan mustasno. Homilador ayollar va yonida emizikli bolasi bor ayollar, shuningdek, 1 va 2guruh nogironlari turmalarda jazoni yengillashtirilgan saqlash sharoitida oʻtaydilar.

Mirzayusuf Rustamboyev.




  NODES