Tuvalu (Tuvalu) — Okeaniyada, Tinch okeanning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan davlat. BMT aʼzosi. Maydoni 26 km², aholisi 11,15 ming kishi (2002). Poytaxti Funafuti shahri. Aholisining koʻpchiligi tuvalular. Rasmiy til — ingliz tili, shuningdek, polineziya tillaridan biri — tuvalular tili ham qoʻllanadi. Dindorlarning aksariyati protestantlar.

Tuvalu
ShiorTuvalu mo te Atua
Tuvalucha: Tuvalu Hamma narsaga qodirlik uchun
Madhiya: Tuvalu mo te Atua
Tuvalu Hamma narsaga qodirlik uchun
Location of Tuvalu
Poytaxt Funafuti
Rasmiy til(lar) Tuvalucha
Inglizcha
Hukumat Hamdoʻstlik
• Rohib
Yelizaveta II
Filoimea Telito
Maatia Toafa
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
1-oktabr 1978
Maydon
• Butun
26 km2 (229-oʻrin)
• Suv (%)
ahamiyatsiz
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
11,636 (225-oʻrin)
• Zichlik 447/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$012.2 mil. (228-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$1,048
Pul birligi AAQShtralian Dollar (AUD)
Vaqt mintaqasi UTC+12
• Yoz (DST)
UTC+12
Qisqartma TV
Telefon prefiksi 688
Internet domeni .tv

Davlat tuzumi

tahrir

T. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi mustaqil davlat (Hamdoʻstlik mamlakatlari davlat va hukumat boshliklari anjumanlarida qatnashish huquqiga ega emas). Amaldagi konstitutsiyasi 1978-yil qabul qilingan. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qirolichasi, uning nomidan generalgubernator davlatni boshqaradi; u bosh vazir tavsiyasiga binoan, T. fuqarolari orasidan tayinlanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati

tahrir

T. marjonlardan hosil boʻlgan 9 ta orolda joylashgan. Yer yuzasi pasttekislik; faqat buta va mayda daraxtlar oʻsadi. Iqlimi iliq va nam, kuchli toʻfon boʻlib turadi. Oʻrtacha yillik temperatura 27°, yillik yogʻin miqdori 2500–3300 mm. Hayvonot dunyosi qushlar va hasharotlardan iborat.

Tarixi

tahrir

T. orollariga mil. 1ming y.lik oʻrtalaridan polinezlar koʻchib kela boshlagan. Orollarga yevropaliklardan dastlab 1568-yil ispanlar borgan.

1850—75 yillarda qul savdogarlari T. aholisining bir qismini Avstraliyada ishlatish uchun olib ketganlar. Qul savdosi va yuqumli kasalliklar sababli aholi 10 baravar kamayib ketgan. 1892-yil T. orollarini Buyuk Britaniya egallab olib, Gilbert o.lari bilan birga Britaniya protektoratiga birlashtirgan, 1916-yil Gilbert va Ellis o.lari nomi bilan mustamlakaga aylantirgan. Ikkinchi jahon urushi vaqtida T.da Amerika qoʻshinlari joylashib, Gilbert arxipelagini bosib olgan yaponlarga qarshi kurashgan. 1974-yil referendum natijasida T. aholisining koʻpchiligi Gilbert o.laridan ajralib chiqish uchun ovoz berdi. 1975-yil T. Britaniyaning alohida mustamlakasi boʻldi, 1978-yil 1 oktabrda Hamdoʻstlik tarkibidagi mustaqil davlat deb eʼlon kilindi. T.da siyosiy partiya va kasaba uyushmalari yoʻq. T. — 2000-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1 oktabr — Mustaqillik kuni (1978).

Xoʻjaligi

tahrir

T. agrar mamlakat. Iqtisodiyotining asosi — qishloq xoʻjaligi. Kokos palmasi, taro, pulaka (taroning bir turi), non daraxti, banan oʻstiriladi, sabzavot ekiladi. Choʻchqa va tovuq boqiladi. Baliq ovlash bilan shugʻullaniladi. Kokos yongʻogʻining bir qismidan kopra ajratib olinadi. Hunarmandchilik (chigʻanoqdan bezaklar yasash, savat toʻqish va boshqalar) rivojlangan. Yengil sanoat korxonalari bor. Transporti unchalik rivojlanmagan. Funafuti o.da dengiz prichali bor. 6 orol oʻrtasida aviatsiya katnovi yoʻlga qoʻyilgan. Chetga kiyim, poyabzal, kopra, meva va sabzavot chiqaradi. Chetdan mashina va uskuna, oziq-ovqat va sanoat mollari, energiya resurslari oladi. Tashqi savdoda Fiji, Avstraliya, JAR bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — avstraliya dollari. T. radiosi ishlaydi (1975-yil tashkil etilgan).Bundan tashqari




  NODES
Done 1
see 1