Uilyam Shekspir (inglizcha: William Shakespeare; 26-aprel 1564-yil — 23-aprel 1616-yil) — ingliz dramaturgi, shoir va aktyor, dunyoning eng mashhur dramaturglaridan biri, kamida 17 ta komediya, 10 ta xronika, 11 ta fojia, 5 ta poema va 154 sonetdan iborat siklning muallifi[1][2][3]. Taxminan 1585-yilda ona shahri Stratford-upon-Avonni tark etib, birmuncha fursatdan soʻng Londonga borgan. Teatr aktyori va dramaturg sifatidagi faoliyati 1580-yildan boshlangan. Shekspirning 1603-yildan keyingi aktyorlik faoliyati toʻgʻrisida biror maʼlumot yoʻq. Ammo u oʻzining „Lordkamerger xizmatkorlari“ truppasi uchun (mazkur truppa James I ning taxtni egallaganidan keyin qirol truppasi deb atalgan) pyesalar yozishda davom etgan. Taxminan 1612-yilda Stratford-upon-Avon shahriga qaytib kelgan va shu yerda vafot etgan. Shekspirning aktyor sifatidagi faoliyati taxminan 15 yil davom etgan. U Angliyaning eng yaxshi hisoblangan truppasida ikkinchi darajali rollarni ijro etgan va shu truppa uchun pyesalar yozgan.

Uilyam Shekspir
Tavalludi 26-aprel 1564-yil
Vafoti 23-aprel 1616-yil (52 yosh)
Stratford-upon-Avon, Angliya
Fuqaroligi Kingdom of England
Kasbi
  • Dramaturg
  • shoir
  • aktyor
Faoliyat yillari tax. 1585-1613
Turmush oʻrtogʻi
Anne Hathaway (turm. 1582)
Bolalari
Otasi John Shakespeare
Onasi Mary Arden
Imzosi

Shekspirning adabiy merosi sheʼriyat va dramaturgiya asarlaridan iborat. Yoshlik yillarida mifologik syujet asosida yozgan „Venera va Adonis“ (1593) hamda Rim tarixiga oid „Lukretsiya“ (1594) dostonlari samimiy kutib olingan. Bu asarlar, ayniqsa, 1592—1600-yillarda yozilgan „Sonetlar“ Shekspirning Uygʻonish davri madaniyati bilan uzviy aloqada maydonga kelganini koʻrsatdi. Jahon lirikasining buyuk namunalari qatoridan oʻrin olgan Shekspir sonetlari mavzu jihatidan 2 guruhga ajraladi: dastlabki 126 sonet shoirning yaqin doʻstiga bagʻishlangan boʻlsa, 127—152-sonetlarda lirik qahramonning bevafolik qilgan mahbubaga nisbatan muhabbat tuygʻusi va iztiroblari tasvir etilgan. Shekspir yana bir necha dostonlar ham yozgan boʻlsada, ularning muallifi masalasi hamon bahslidir.

Shekspir asarlarining nashr sanalari ularning na yozilgan va na sahnaga qoʻyilgan vaqtiga toʻgʻri keladi. Shekspir bir necha qismdan iborat asarlarining avval 2—3-qismlarini, keyin 1-qismini yozgan paytlar ham boʻlgan. Shuning uchun adabiyotshunoslar Shekspir ning dramaturgik ijodini 4 davrga boʻlib oʻrganishni maʼqul koʻradilar: 1-davr — 1590-94, 2-davr 1594-1600, uchinchi davr 1600-1608, toʻrtinchi davr 1609-1613-yillar. Shekspir dramaturgik ijodining 1-davrida doston, ilk tragediya („Tit Andronik“) va komediyalar („Xatolar komediyasi“, „Qiyiq qizning tiyilishi“)dan tashqari, „Henry VI“ (2-qism, 1590), „Henry VI“ (3qism, 1591), „Henry VI“ (1-qism, 1592), „Richard III“ (1593) ilk xronikalarini yozgan. 2-davrida „Richard II“ (1595) „tragediyaga yaqin xronika“si, „Henry IV“ (1qism, 1597), „Henry IV“ (2-qism, 1598) va (1594), „Yoz tunidagi tush“, „Venetsiya savdogari“ (1596) romantik komediyalari hamda „Romeo va Juliet“ (1595) tragediyasini yozgan. Uning „Yoʻq joydan chiqqan gʻavgʻo“ (1598), „Oʻn ikkinchi kecha“ (1600) singari mashhur komediyalari ham shu davrda maydonga kelgan. Dramaturg ijodining shoh asarlari — „Yuliy Sezar“ (1599), „Hamlet“ (1601), „Otello“ (1604), „Qirol Lir“ (1605), „Makbet“ (1606), „Antoniy va Kleopatra“, „Koriolan“ (1607) singari tragediyalar Shekspir ijodining 3-davrini tashkil etadi. „Henry VIII“ (1613) xronikasi, „Qish ertagi“ (1611), „Boʻron“ (1612) romantik drama va tragediyalari esa Shekspirning soʻnggi davr ijodi mahsulidir.

Shekspir oʻz asarlarini yaratishda Raphael Holinshedning Angliya tarixiga oid syujetlarga boy „Angliya, Shotlandiya va Irlandiya xronikasi“dan samarali foydalangan. Shekspir tarixiy tragediyalarining maydonga kelishida Plutarxning „Qiyosiy hayotnomalar“, komediyalarining yozilishida esa M. Bandelloning Italiyaning Uygʻonish davriga oid hikoyalari asosiy manba boʻlib xizmat qilgan. „Romeo va Juliet“, „Hamlet“, „Qirol Lir“ singari tragediyalarga asos boʻlgan syujetlar asosida Shekspirga qadar ham sahna asarlari yaratilgan. Lekin bu syujetlar Shekspirga xos ulkan dramaturgik mahorat tufayli jahonshumul fikr va gʻoyalarni ifodalovchi oʻlmas asarlarning yuzaga kelishida hayotiy manba vazifasini bajargan. Shekspir oʻzigacha boʻlgan Yevropa xalqlari tarixi, adabiyoti va teatrini oʻrganish bilan birga 17-asrning ilgʻor tafakkur mevalaridan ham bahramand boʻlgan va shu asosda ularni oʻzining eng yaxshi asarlarida katta badiiy kuch bilan mujassamlantirgan. Har bir tarixiy davrda kuzatilganidek, Shekspir yashagan davr ham ziddiyat va qarama-qarshiliklardan xoli boʻlmagan. Shekspir , boshqa yozuvchilardan farqli oʻlaroq, oʻz davri hayotidagi bunday ziddiyatlar, ijtimoiy hayot va kishilar taqdiridagi murakkabliklarni nozik his etgan hamda shu bilan kifoyalanib qolmay, jamiyat va inson hayotining qaltis nuqtasida yuzaga kelgan dramatizmni tasvirlashga alohida eʼtibor bergan. U haqiqiy dramaturg sifatida personajlarning u yoki bu xatti-harakatlarini keltirib chiqargan ijtimoiy, maishiy, maʼnaviy va ruhiy sabablarni ochib tashlab, ularning har biriga oʻz xulq-atvoridagi keskin oʻzgarishlarni toʻla asoslash yoki izohlash imkonini yaratgan.

Shekspir ijodining 2-davrida poetik drama ustasi sifatida namoyon boʻlgan. U shu davrda qarama-qarshi qoʻyish usullaridan voz kechmagan holda dramatizmga katta eʼtibor berib, tragik va komik motivlarni oʻzaro uygʻunlashtirdi. Shuning natijasi oʻlaroq Shekspir ijodida („Romeo va Juliet“, „Richard II“, „Oʻn ikkinchi kecha“) dramatik lirizm avj nuqtasiga erishgan. Shekspir ijodining 3-davrida tragediya janriga mansub asarlar yetakchi oʻrinni egallaydi. Dramaturg Uygʻonish davriga xos gumanizm va insonparvarlik gʻoyalari bilan voqelikda tobora rivojlanib borayotgan xudbinlik, munofiqlik, yovuzlik oʻrtasidagi ziddiyatni koʻrib, shu ziddiyatlarni oʻz asarlariga konflikt sifatida jalb etadi. U xuddi shu davrda yaratgan tragediyalarida badiiy mahorat choʻqqisiga erishgan. Shekspir ijodining soʻnggi davriga oid romantik drama va tragik komediyalar uning dunyoqarashida hayotiy ziddiyatlarni ijobiy hal qilish mumkin, degan umid paydo boʻlganidan guvohlik beradi.

Shekspirning butun ijodini nurlantirib turuvchi fazilat yuksak axloqiy-maʼnaviy muammolarning tasviridir. „Romeo va Juliet“ lirik, „Yuliy Sezar“ siyosiy, „Hamlet“ intellektual tragediya, „Otello“ esa ehtiroslar tragediyasi hisoblansada, ular zamirida oʻrta asarlar uchun ham, hozirgi zamon uchun ham katta ahamiyatga molik boʻlgan axloqiy masalalar yotadi. Agar „Yuliy Sezar“, „Hamlet“, „Makbet“, „Romeo va Juliet“ singari asarlarda tasvirlangan dramatik konflikt qahramonlarga oʻzini bilish, oʻzining ruhiy kuchini roʻyobga chiqarish imkonini bergan boʻlsa, Otello, Lir singari adashgan qahramonlar ongi faqat fojea roʻy berib, muqarrar halokat yaqinlashganidan keyingina nurlanib ketadi. Shunga qaramay, ularning har biri va umuman Shekspir asarlarining qahramonlari asosan qatʼiy xarakterga ega boʻlgan, ongi va axloqiy qarashlari shakllangan, voqelikka hushyor koʻz bilan qarovchi, kuchli va mard insonlardir.

Shekspir komediya va tragikomediya janrlarida ham yuksak sanʼat asarlari yaratgan. Uning Uygʻonish davri romantikasi bilan sugʻorilgan, qishloq hayoti manzaralari tasvirlangan, sarguzashtbop voqealarga boy komediyalari markazida har qanday toʻsiqni yengib oʻtuvchi muhabbat mavzusi yotadi. Shekspir tragediyalarida boʻlgani singari, komediyalaridagi qahramonlarning nutqi ham oʻtkir va chuqur fikrlarga, piching va hazilmutoyibalarga boy.

Shekspirning oʻzbek tomoshabini tomonidan kashf etilishi 1935-yilda — „Hamlet“ tragediyasining Hamza nomidagi drama teatri (hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri) da sahnalashtirilishi bilan boshlangan. Shundan keyin Oʻzbekistondagi oʻzbek va rus teatrlarida Shekspirning „Otello“, „Romeo va Juliet“, „Yuliy Sezar“, „Qirol Lir“, „Koriolan“, „Veronalik ikki yigit“, „Qiyiq qizning quyilishi“, „Yoz tunidagi gʻaroyib otlar“ singari asarlari katta muvaffaqiyat bilan qoʻyildi. Shekspir asarlarini tarjima qilishda Gʻafur Gʻulom, Yashin, Uygʻun, Shayxzoda, Turob Toʻla, Q. Mirmuhamedov kabi yozuvchi va tarjimonlar ishtirok etdilar. Soʻnggi yillarda Jamol Kamol Shekspir asarlarini bevosita ingliz tilidan oʻzbek tiliga tarjima qildi. Choʻlpon qalamiga mansub „Hamlet“ning tarjimasi esa oʻzbek tarjima sanʼatining shoh namunasi hisoblanadi.

Asarlari

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Greenblatt 2005, s. 11.
  2. Bevington 2002, ss. 1–3.
  3. Wells 1997, s. 399.

Adabiyotlar

tahrir
  • Anikst, Shakespeare, Moskva, 1964;
  • Anikst, Shakespeare, Remeslodramaturga, Moskva, 1974;
  • Qayumov O., William Shakespeare, Toshkent, 1964;
  • Sulaymonova F., Shakespeare Oʻzbekistonda, Toshkent, 1971;
  • Deych A., Abror Hidoyatovning uch qahramoni [Oʻzbekiston qalbi], Toshkent, 1974;
  • Barg M. A., Shakespeare i istoriya, Moskva, 1976.
  • Polnoe sobranie sochineniy, Toma 1—8, Moskva, 1957—60;
  • Asarlar, 1—5 jildlar, Toshkent, 1981—85.

Havolalar

tahrir

Andoza:Library resources box

Ushbu maqolani tinglang (48 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning
Xato: sana kiritilmadi
sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.
Raqamli nashrlar
Koʻrgazmalar
Musiqa
Meros va tanqid



  NODES
INTERN 2