Ushbu maqola Holokost haqidadir. Holokost soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.

Holokost (inglizcha: holocaust, qadimgi yunoncha: ὁλοκαύστος — „qurbonlik“):

Soʻzning etimologiyasi

tahrir

Ingliz soʻzi "holocaust" lotin Bibliyadan oʻzlashtirilgan (lotin shaklida holocaustum qoʻllanadi, holocau(s)toma va holocaustosis bilan birgalikda), bu soʻz esa grek tilidan kelib chiqqan hamda Bibliya shaklida ὁλόκαυ(σ)τος, ὁλόκαυ(σ)τον „butunlay yondiriladigan“, „qurbonlikni batamom kuydirish, yondirilish qurboni“, ὁλοκαύτωμα „yondirilish qurboni“, ὁλοκαύτωσις „yondirish qurbonligiga olib kelish“; oʻzbek tilida bu soʻz oʻzlashtirib olingandir va bu soʻz oʻzbek tilida XX asrdan boshlab qoʻllanish boshlandi, ammo bu soʻz kamdan kam oʻzbek tilida uchraydi.

Ingliz tilida bu atama "holocaust" va bu soʻz 1910-yillardan boshlab qoʻllanishni boshladi (dastlabkida bu soʻz Usmoniylar imperiyasidagi boʻlgan Arman genotsidi va Rossiya imperiyasida fuqarolar urushi kezidagi yahudiylar qirgʻini), hozirgi maʼnoda esa natsistlar yahudiylarni qirgʻin qilishi — 1942-yildan boshlab. Ommabop tarqalish 1950-yildan boshladi, Tinchlik boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori Eli Vizel yozgan kitoblari sababli. Sovet matbuotida 1980-yillardan boshlab paydo boʻladi, dastlabdan „rus. xolokaust“ (oʻz. „holokaust“) soʻzi ishlatilgan, keyinchalik hozirgi koʻrinishda, ingliz tallafuzi taqlidiga oʻzgardi.

Zamonaviy ingliz tilida bosh harf bilan ("Holocaust") soʻz natsistlar yahudiylarni qirgʻin qilgan maʼnosida ishlatiladi, kichik harf bilan esa (holocaust) — boshqa maʼnolarda. Ayrim manbalar bu atamani hozirda faqatgina yahudiylar Ikkinchi jahon urushida genotsid boʻlgani boyis ishlatiladi va ayrim tarixiy voqelarda belgilash uchun katta harf bilan yoziladi[9].

Holokost alomatlari

tahrir
 
Ayrim mahbuslarning jasadlari Mauthauzen konsentratsion lagerida, Avstriya. Mahbuslarni tosh qonida ishlashlari majbur boʻlganlar, kuchsiz boʻlmaganicha ishlaganlar va kuchsiz holatida ularni oʻldirishganlar
  1. Yevropa yahudiylarini ataylab oldirishganlar, shu sabab u yerda 60 % yahudiylar[10] yaʼni dunyo yuzidagi yahudiylarning uchdan bir qismi qirgʻin qilingan[6];
  2. Loʻlilarni toʻrtdan uch qismigacha qirgʻin qilinishi;
  3. 10 % polyaklarni qirgʻin qilinishi[11] (Litva va ukrain kollaboratsionistlari polyaklarni qirgʻin qilishi va harbiy talafotlarni xisobga olmaganda hamda sovet organlarini jazolarini xisoblamaganda);
  4. 3 millionga yaqin[12] sovet harbiy asirlari qirgʻin qilinishi;
  5. Ruhiy kasallarni va ishga yaroqsizlarni umumiy qirgʻin qilish;
  6. 9 minga yaqin gomoseksual erkaklarni qirgʻin qilish;
  7. Sistemalarni ishlab chiqish va odamlarni ommabop yoʻq qilish, doimo takomillashilgan holda (son-sanoqsiz potensial qurbonlar roʻyxati, olim lageri va boshqalar);
  8. Juda katta millatlararo miqyosida odamlarning qirgʻin boʻlinishi, hujum harakatlari Germaniya hududiga oʻtganicha va keyinchalik 1945-yil mayda kapitulatsiya boʻlishi;
  9. Shafqatsizlik va ayrim kezlarda olimga olib keluvchi antiguman tibiyot tajribalari Holokost qurbonlarida qilinganligi.

Yahudiy millatining genotsidi

tahrir

Shoa — Yevropa yahudiychiligining halokati

tahrir
 
Berlin shahridagi Yevropa yahudiylarga atalgan yodgorlik, Germaniya

Shoa (ivritcha: שׁוֹאָה — musibat, halokat) — yahudiylar va baʼzi boshqa tillarda ishlatiladigan atama, u nemis natsistlari yahudiylar millatini rejalashtirilib yoʻq qilishi sifatida ishlatiladi; „Holokost“ atamasini almashtirib ishlatiladi („Halokat“ atamasini ham hisoblaganda). Idishda esa bu maʼnoda boshqa atama ishlatiladi — driter hurbm (idishcha: דריטער חורבן — uchinchi emirilish, yahudiylar tarixida oʻziga hos halokatlar, Birinchi va Ikkinchi Quddus ibodatxonalari yemirilishidan boshlab.

Qurbonlar

tahrir

Isroil Halokat instituti va Yad Vashem qahramonligi mezonlariga koʻra, Shoa qurbonlarini faqatgina natsistlar bosib olgan hududlarda yashagan va ommabop joylarda, lagerlarda, getto, qamoqxona, boshpana va oʻrmonlarda qirgʻin yoki halok boʻlganlar xisoblanadi hamda qarshilik (tashkil qilingan yoki yoʻq) qilganlar oʻldirilganlar, natsistlar qoʻlidan va ularning sheriklari (hamda mahalliy aholi yoki millatchilar guruhlari aʼzolari) partizanlar harakatining ishtirokchilarini, yertulada bekinganlarni, qoʻzgʻolonchilarni, nolegal chegarani oʻtganlar va qochoqlar oʻldirilganlar. Bundan tashqari „Germaniya harbiy kuchlari va uning ittifoqdoshlari bilan toʻqnashuvida, bombalar tashlashi natijasida, qoʻchishda, 1941-42 evakuztsiya kezida kimki bosib olingan hudularda joylashgan va oʻldirilgan boʻlsa yoki halok boʻlgan natijasida toʻqnashganlar“ ularning soniga kiradi[13].

Statistika

tahrir

Urushdan keyingi ilk natijalariga koʻra, natsistlar qullik mehnatni ishlatishda, izolatsiya qilinganlarni, jazolanganlarni va yahudiylarni qirgʻin qilishda hamda boshqa aholi guruhlari uchun 7000 ortiq lagerlar va gettolar yaratilgan edi. 2000-yillarga kelib Vashingtondagi Holokost xotira muzeyi 20 000 miqdor atrofida hisobladi. Shu muzeyning oxirgi maʼlumotlarga koʻra Yevropa hududida 42 500 koʻp shunga oʻxshash muassasalar boʻlgan[14][15][16].

Shoa qurbonli rasmiy soni 6 million Yevropa yahudiylaridir[17][18]. Bu son Nyunberg jarayoni hukmlarida belgilangan[19]. Bar bir ham toʻliq qotillar roʻyhati yoʻqdir. Urushning oxiriga kelib natsistlar olim lagerlarini yoʻq qilishni boshlaganlar; sovet qoʻshinlari kelishi boyis ular odamlarning jasadlarini olib ketib yoʻq qilingani haqida dalillar bor. Milliy Halokat Memoriali (Shoa) va „Yad Vashem“ Qahramonligi Quddusda shaxsiy hujjatlar bordir, 4 millionga yaqin qurbonlar dalillari saqlangan, nomma-nom identifikatsiyalashtirilgan[20]. Toʻliq bolmagan dalillar yoʻqligi bu yahudiylar jamoalarini toʻliq yoʻq qilinganidir, sababi ularning qarindoshlari, yaqinlari, doʻstlari qolmagan, ular halok boʻlganlarning ismlarini aytsa boʻlar edi. Urush odamlarni har xil hududlarga yoyib yubordi, tirik qolganlar oʻzlarining qarimdoshlarini oʻlgani haqida etishdan bosh tortar edilar, sababi ular bilan uchrashishga umid qilar edilar. Juda koʻp odamlar bosib olingan SSSR hududida qirgʻin qilingan edi, bu hududlarda horijiy tadqiqotchilarga kirish yoʻli yopilgan edi va halok boʻlgan odamlarni „sovet fuqarolari“ deb aytganlar, kelib chiqishini bekitishganlar.

Asosan Yevropa yahudiylarining halokati statistikasi maʼlumotlar manbalarini qiyos qilish uchun urushdan oldingi va keyingi oʻtkazilgan fuqaro roʻyxatlaridan olingan. Holokost Ensiklopediyasi (Yad Vashem muzeyi nashriyoti) baholashi boʻyicha 3 millionga yaqin polyak yahudiylari, sovet yahudiylari qirgʻin qilingan (Ensiklopediya SSSR va Boltiq davlatlarida alohida statistika berilgan), undan 140 ming yahudiylar — Litvada va 70 ming yahudiylar — Latviyada; 560 ming yahudiylar — Vengriyada, 280 ming yahudiylar — Ruminiyada, 140 ming yahudiylar — Germaniyada, 100 ming yahudiylar — Niderlandlarda, 80 ming yahudiylar — Chexiyada, 70 ming yahudiylar — Slovakiyada, 65 ming yahudiylar — Gretsiyada, 60 ming yahudiylar — Yugoslaviyada. Belarusda esa 800 mingdan koʻp yahudiylar qirgʻin qilingan.

Ayrim hududlarda genotsidni aniq bilib boʻlmaydi (asosan Sharqiy Yevropada), bu maʼlumotlar yoʻqligi sabab ayrim qiyinchliklarni tugʻdiradi hamda davlatlatlarning chegaralari va „fuqaro“ tushunchasi har xiligi sababidan.oo

Hatto Osvensimda qurbonlar aniq sonini aytib boʻlmaydi, hisob qilingan boʻlsa ham, har xil sonlarni aytishadilar: toʻrt milliom (Nyunberg jarayoni harbiy jinoyatchilar ustidan, 1946)[18]; ikkin-uch million (esesovlar P. Broad va F. Entress maʼlumotlariga koʻra); 3,8 million (chexoslovak olimlar O. Kraus va E. Kulka maʼlumotlariga koʻra); bir milliom (Raul Hilberg); ikki million (Lyusi Davidovich va m. Gilbert); 1,1-1,5 million (F. Piper, Polsha); 1,4-1,5 million (G. Uellers, AQSh Yehuda Bauer Isroil).

Shuningdek qatl etilganlar aniq sonini aytib boʻlmaydi, sababi yahudiylar bilan birgalikda, koʻplab yahudiylar boʻlmagan odamlar qatl etilganlar. „Batamom qaror“ qilingan mahfiylik meyorlari, statistik maʼlumotlar yetishmasligi (masalan, konsetratsion lagerdan qochgan yahudiylar soni, ularning bosib olgan hududlarda halok boʻlganlari, yoki yahudiy harbiy asirlar, irq maqomi boʻyicha oʻldirilganlar) hamda SSSRdagi koʻp yillik Yevropa yahudiylarini halokatini jim saqlash maʼlumotlarni aniqligiga qiyinlik tugʻdiradi.

1949-yili Dunyo yahudiy kongressi urushdan oldin va keying qilingan roʻyxatlarda yahudiylar sonini qiyoslash Halokatda 6 million kishi halok boʻlganini koʻrsatdi; bu son Nyunberg jarayonida eng bosh harbiy jinoyatchilar ustidan mahkamlangan[18], Adolf Eichmann jarayoni va Xalqaro majlislar qatnashuvchilari tomonidan bu Halokat tasdiqlangan (Parij, 1987), 4,2 milliondan (G, Reytlinger maʼlumoti boʻyicha) olti milliongacha (M. Maruss va boshqalar maʼlumot boʻyicha) qurbonlar soni hisoblangan edi.

Léon Poliakov urush vaqtidagi Germaniyaning maʼlumotlarini keltiradi, natsistlarning ilq siyosati demografik oqibati maʼlumotlari boʻyicha (taʼqib qilingan yahudiylarda tugʻilish pasayishi va bolalarning yoʻq qilinishi), u yahudiylarning yoʻq qilingan sonini 8 millionga baholaydi. Nemis olimi R. Rummel 1992-yili demografik tadqiqlarini eʼlon qildi, u umumiy yahudiylarning sonini 4 mln. 204 ming kishidan 7 milliongacha baholadi, 5 mln 563 sonini ehrimol qilib. Ya. Robinzon hisoblashicha 5 mln. 821 ming yahudiylar halok boʻlgan.

Raul Hilberg bu sonni 5,1 million kishiga baholaydi („Yevropa yahudiychiligini yoʻq qilish“, 1961). Bu hisoblar sobiq oʻlim lagerida qurbon boʻlganlar birinchi vaqtda ozod qilinganlar hisobga olinmagan, garchi ular u yerda qiynalgan va kasal boʻlgan boʻlsa ham[21]. Yehuda Bauer bu sonni 5,6-5,85 millioni keltiradi[22].

Holokostni davrga boʻlish

tahrir
Holokostning eng ahamiyatli hodisalari
tahrir

Yuqori lavozimdagi SS Dieter Wisliceny koʻrsatishiga koʻra taʼqib qilish va yahudiylarni qigʻin qilish uchta basqichga boʻlingan: „1940-yildan oldin… — yahudiylar savolini Germaniyada hal qilish va bu bilan shugʻilanganlarni jeja asosida koʻchirtirish“. Ikkinchi faza yahudiylarni hammasini konsetratsiya qilishdan boshlangan, yaʼni getto shaklida. Bu davr tahminan 1942-yilgacha davom etgan. Uchinchi davr „yahudiylar savolini toʻliq hal qilish“ boʻlgan, yaʼni yahudiylar millatini rejalashtirib qirgʻin qilish, „batamom qaror“ maʼnosida jisman yahudiylarni qigʻin qilishligini Vistsileni tasdiqlagan edi va u bu qarorni koʻrgan edi, Heinrich Himmler tomonidan qoʻl qoʻyilgan[23].

Qisqa yahudiy ensiklopediyasi Holokostni 4 bosqichga boʻladi:[21]

  • Yanvar 1933 — avgust 1939 — Gitler Germaniya reyxkansleri boʻlishidan boshlanib va Polshaga hujum qilishdan oldin.
  • Sentabr 1939 — iyun 1941 — Gʻarbiy Polshani reyx tarkibiga qoʻshish va „General-rubernatorlik“ni tuzilishi.
  • Iyun 1941 — kuz 1943 — SSSRga hujum qilinishdan boshlanib va gettolarning uning hududida toʻliq yoʻq qilinishi, koʻp yahudiylarni Oʻrta va Sharqiy Yevropada qirgʻin qilinishi.
  • Qish 1943 — may 1945 — yahudiylarni Gʻarbiy Yevropadan ommabop surgun qilinishi va urushning tugagunicha.

Yahudiylarni Germaniyada ahvoli 1933—1939-yillari

tahrir

1-aprel 1933-yildan boshlab taʻqib qilinishlar boshlandi va yahudiylarga baykot qoʻyildi, yani irqiy qonunlar qabul qilindi, ular yahudiylarni ishtan boshatishdan boshladi, kimki davlat yoki maʼlum kasbda ishlaganlarni. 15-sentabr 1935-yil Nyunberg qonunlari tasdiqlagandan soʻng yahudiylarni huquqga tengligi Germaniyada nihoyasiga yetdi va yahudiylikni irq atamalarida belgilandi.

Antiyahudiylik jazava Germaniyada tungi 9 va 10-noyabrda 1938-yili ommabop qirgʻinlarga olib keldi, tarixga bu voqea „Billur tun“ deb nom olgan (oynaning parchalari tufayli koʻchalar u bilan yoyilib tashlangan edi)

Bunaqa kamsitish siyosati yahudiylarga boʻlganidan tashqari, genotsid natsistlar hokimiyatga birdan kelganidan boshlangani yoʻq. Natsistlar mamlakatdan yahudiylarni siqib chiqarmoqchi edilar, ammo ular ketishga hech qayer yoʻq edi. Yevropa yahudiylari uchun, Chaim Weizmann mashhur soʻzlari boʻyicha (keyinchalik Isroilning birinchi prezidenti), "dunyo ikkita lagerga boʻlingan: davlatlarga, yahudiylarni oʻzida koʻrgisi kelmagan va davlatlarga, oʻzigi kiritgisi kelmagan"[24]. 1938-yiliEvianda boʻlib oʻtgan Xalqaro qochqinlar sovoliga oyid konferensiyada (Fransiya), AQSh prezidenti Franklin Ruzvelt tashabbusi bilan hal etilgan bu konferensiya muvaffaqiyatsiz oʻtgan. Dominika Respublikasidan tashqari, 32 davlatdan bitasi ham oziga Germaniya va Avstriyadan qochqinchlarni qabul qilishga rozi boʻlmadi. Shuningdek Birlashgan Qirollik Falastin hududiga migrantlarni kelishini cheklov qoʻygan edi.

19331939 yillari Germaniyadan va Avstriyadan 330 ming yahudiylar qochgan edi. 110 000 yaqin yahudiylar Germaniya va Avstriyadan qoʻshni mamlakatlarga ketgan edi, ammo urush kezida ular taʼqib qilingan edi.

1939- yilning boshiq Gitler German Geringʼga „4 yillik reja“ni topshirdi, unda yahudiylarni shu vaqt ichida koʻchirilishi kerak edi. Ikkinchi jahon urush boshlanishi nafaqat ularning sonini koʻpaytirdi (Gʻarbiy Polsha Germaniyaga qoʻshilgandan soʻng), hatto ularga legal emigratsiya qiyinlashdi.

19401941 yilning boshida natsistlar yahudiylar savoli boʻyicha rejalar tuzadi: Kremlga yahudiylarni olishni taklif qilishadi, „Madagaskar“ rejasini tashabbus qiladilar (hamm yahudiylarni Afrikaning qirgʻoqlariga janubiy shimoliga yuborilisnishi) va „Lyublin“ rejasi (Gettolar Ikkinchi jahon urushi kezida|yahudiylar rezervatsiyasi Gʻarbiy Polshada tuzilishi, „General-gubernatorlik“ nomi olgan). Hamma bu rejalar tashkil etilmagan edi.

Yahudiylarning ahvoli urush kezida

tahrir

Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan natsistlar yahudiylar turadigan davlatlarni va viloyatlarni bosb olishtilar — Polsha, Boltiq davlatlari, Ukraina va Belarusni.

Katta shaharlarda yahudiylar gettolari tashkil etildi, u yerga shaharning hamma yahudiylari kiritirilgan edi. Eng katta getto Varshavada boʻlgan, u yerda 480 minga yaqin yahudiylar yashagan.

SSSR hududida eng katta getto bu Lvov gettosi boʻlgan (409 mingdan ortiq yahudiylar boʻlgan, 1941-yilning noyabridan va 1943-yilning iyun oyigacha boʻlgan) va Minsk gettosi (100 minga yaqin yahudiylar 21-oktabr 1943-yilgacha yoʻq qilingan).

Qaror tasqid etilishidan oldin nemislar yahudiylarni jismoniy qirgʻin qilinishini qoʻllaganlar, „yahudiylar savoli boʻyicha reja“siga koʻra:[25]

  • yahudiy aholisining yirik shaharlarning tumanlarida konsentratsiya qilish — getto;
  • ularni yahudiylar emas aholidan ajratish — segregatsiya;
  • hamma yahudiylarni mahalliy hayotdan chetlantirilishi;
  • ularning mulklarini konfiskatsiyalash, yahudiylarni hamma iqtisodiy hayotdan va vayronaliklardan chetlatirilishi;
  • yahudiylarni yomon ahvolga olip kelish, yaʼni ular hayotga kurashish uchun qul boʻlib ishlashlari.
Ommabop otib tashlashlar
tahrir

Yahudilar aholisi SSSRda yashaydigan joylarida qirgʻin qilingandir, yaʼni SSning einsatzgruppenlarni (oʻqilishi aynzatsgruppen) hamda ukrain va boltiq tomonidan yoʻq qilinishlari. Yahudiylarni Odessa viloyatini bosib olingan vaqtida qirgʻin qilinishi bilan Ruminiya qoʻshinlari shugʻunlangan. (Odessadagi Holokost qarang). Boltiq davlatlarida, Ukrainada, Belarusda va deyarli yirik boʻlmagan shaharlarda, koʻp qishloq atroflarida „chuqurlar“ boʻlgan, jarliklarga erkaklarni, ayollarni va bollarni shu yerlarga oborip otib oʻldirishganlar.

1941-yili iyul oyining oxirida Kaunasda nemislar tomonidan va litvalar tomonidan minglab yahudiylar qigʻin qilingan; 60 ming yahudiylar Vilnusdan va 45 mingtasi ommabop otilishlari tufayli halok boʻlganlar, Ponar jarliklarida, bu voqealar 1941-yilning oxirigacha davom etgan. Bunaqa oldirishlar butun Litvada boʻlib oʻtgan. 1942-yilning boshiga kelib yahudiylar faqatgina Kaunas, Vilnus, Shyaulyay va Shvenchis shaharlarida qoʻlgan.

Latviyada bir necha hafta ichida provinsional shaharlarning hammasida yahudiylar yoʻq qilingan edi; faqatgina Daugavpilsa, Riga va Liyepaida qolgan edi. Oʻtiz uchmindan ortiq yahudiylardan yigirma yitti mintasi noyabr oyining 1941-yiligacha oldirilgan edi.

Estoniyada esa 1940-yili 4,5 ming yahudiylar olimdan qochishga urindilar. 14-iyun 1941-yilga kelib, urushdan 8 kun oldin, tahminan 500 yahudiylar 10 mingta estonlar bilan NKVD tomonidan Sibirga surgun qilingan edilar, 500 yahudiy erkaklar Qizil armiyaga safarbar etilgan edilar yoki qiruvchi batalyonlarga qoʻshilgan edilar. Estoniyada qolgan 3,5 yahudiylardan faqatgina 950 odam evakuatsiya qilolmagan edilar, sovet kuchlar tuzilishini ayovsizligini, yaqinda qilingan surgunlarni eslab turib va ular nemislarni insonparvarligiga umis qilishkan edilar, tarixchi Anton Vays-Vendt oylashicha.[26]. Taxminan 2-2,5 ming eston yahudiylari Sovet Ittifoqining ichki organlariga kirishga muafaq boʻlganlar, buning sababi nemislar Tallinni bosib olishidir, 28-avgust 1941-yili. 929 qolgan yahudiylar Estoniyada 1941-yilning oxirigacha Rigadan kelgan einsatzgruppen 1a tomonidan otib tashlangan edilar (einsatzgruppen A tarkibida), SSning shtatdartenfyureri Martin Zandberger boshqaruvida. Otip tashashlar Tallin, Tartu va Pyarnu shaharlarida boʻlgan edi, bir xilarida Estoniya harbiylashgan tashkiloti „Omakaytse“ qatnshgan edi. Estoniya yahudiylarsiz boʻlgan Yevropadagi birinchi mamlakat edi. Bu haqida Berlinga 1942-yili fevralda xabar yuborilgan edi.

Belarusda koʻp boʻlmagan yahudiylargina mamlakatning ichiga evakuatsiyalangan edi.27-iyun 1941-yili Belostokda ikkin ming yahudiylar qirgʻin qilinga edi, kunlar oʻtib yana minglab. Besh kun ichida 80 ming atrofida Minsk shahrida gettoga konsentratsiya qilingan edi (20-iyul 1941-yili tashkil etilgan). Qish boshlanishidan oldin 50 mingtasi oldirilgan edi. Bosib olishning birinchi kunlarida yahudiylar Vitebs, Gomel, Bobruysk va Mogilev da qirgʻin qilingan edi. Yigirma uchtadana oʻn ikitta gettolar Belarus va RSFSR hududida tashkil etilganlari 1941-yilning oxirigacha yopilgan edi hamda yana oltitasi 1942-yilning boshida.

Gʻarbiy Ukrainada nemislar va mahalliy aholi iyunning oxiri va iyulning boshiga kelib qirgʻin qilishni boshlagan edilar. Lvovda esa 30-iyun — 3-iyul kunl atrofida toʻrt minga yaqin yahudiylar oldirilgan edi, 25—27-iyul kunlari esa ikkin ming odam. Bir necha kun oʻtin nemislar Lutsk shahrini bosin olgandan soʻng u yerda ikki ming yahudiylar oldirilgan edilar; Rovno shahridagi yigirma yettiming yahudiylardan yigirma bittasi noyabr 1941-yiligacha oʻldirilgan edi.

Oʻrta va Sharqiy Ukraina yahudiylari nemislar kelishidan oldin evakuatsiya qilolmagankari, ularning qoʻlliga tushgan edi va ularni boshqa yahudiylarning oqibati kutgan edi. (masalan Kievdagi Babiy Yarni, Nikolayev viloyatidagi Bogdanovka, Xarkovdagi Drobitskiy Yarni qarang). Nemislarning sharqga hujumi va SSSRning keng hududlarining bosib olishi sababida gʻarbiy hudulardan evakuatsiya qilgan yahudiylar qoʻlga tushkan edi. Ularning hammasiga bir qismat kutayotgan edi (masalan 1942-yili Kunabda). Ukrainaning koʻplab yahudiylar aholisi yoʻq qilinib izlari qolmagan edi. Urushdan oldingi yetmush markazlarga nima boʻlgani nomalum, 43 esa 1941-yilda yoʻq qilingan edi, qoganlari esa 1942-yilning oʻrtasida.

1941-yili nemislar Qrimni bosib olganidan soʻng, u yerda mahaliy aholi yordamida 5 miga yaqin yahudiylar oldirilgan edilar, yaʼni qrim yahudiylari (qrimchoqlar) va yana oʻn sakkizming yahudiylar[21].

RSFSR hududidagi Pskov, Smolensk va Bryansk viloyatlari bosib olingan hududlarda yahudiylarga gettolar tashkil etilgan edi va keyinchalik otib oldirishlar boshlangan edi. Leningrad va Novgorod viloyatlarida, Shimoliy Kavkaz va Qrimda (katta boʻlmagan istisnoda) bu hududlarni bosib olishda yahudiylarni oldirish darov boshlangan edi, yahudiylar otishdan oldin maxsus binolarda nechadir soatlarga va kunlarga konsentratsiya qilinishganlar. Ammo Kaluj va Kalininigrad viloyatlarida, Moskvaga kontrhujum qilish kezida, ayrim hududlarda nemislar yahudiylarni qigʻin qilishga ulgurmaganlar.

Rossiyaning janubida va Kavkazning Shimolida yahudiylarning qirgʻin qilinishi 1942-yili yozda natsislar tomonidan boshlangan. 11-avgust 1942-yili Rostov-Donda ommabop oldirishlar boshlandi. Yahudiylarni hamda keyingi kunda (12-avgust) va shaharning ozod etilishigacha yoʻq qilganlar. Rostov-Don shahridagi yahudiylarning umumiy halok boʻlgan soni har xil mutaxassislar aytishicha 15 000 dan 28 000-30 000 kishi boʻlishi mumkin. Birinchi kundayoq Znieyevskaya balkada 13 000 yaqin yahudiylar oldirilgan edi. Umumiy qilib etilganda uchta muxtoriyat respublikalarida va RSFSRning uch viloyatida, yoz-kuzning 1942 bosib olgan hududlarida 70 000 yaqin yahudiylar halok boʻlgan[27].

Yahudiylar savolini batamom yechish
tahrir

1941-yili 31-iyul Hermann Göring Reinhard Heydrich qaror bergan edi, bu qaror „yahudiylar savolini batamom yechish“ haqida qaror edi[28].

1941-yili oktabr oyida yahudiylarni Germaniyadan surgun qilish boshlandi, ularni Polsha, Boltiq davlatlari va Belarusga surgun qildilar.

1942-yili Vanzey konferensiyasida „Yahudiylar savolining batamom qarori“ tasdiqlangan edi. Bu qaror eʼlon qilinmadi va kamdan kam odam (yahudiylarnin oʻzi ham) bu qaror haqida bilgan edi, sababi ular XX asrdagi bunaqa boʻlishiga ishonmagan edi. Germaniya, Fransiya, Gollandiya, Belgiya yahudiylarini shaqrga surgun qilishdilar, yaʼni Polshaning lager va gettolariga, ularga bu koʻchish vaqtinchalik deb aytib. Polshada olim lagerlari barpo etilgan edi, ular koʻp odam turishiga moslashmagan edi, faqatgina odamlarni yez oldirishga edi. Birinchi qurilgan olim lagerlari bu (Helmno) va Beljets boʻlgan, bu lagerlari 1941-yili oktabrda tanlab boʻlingan edi. Yahudiylarni Polshadi yoʻq qilishligi „Reinchard operatsiyasi“ deb nomlandi, 1942-yili mayda Praga shahrida oʻldirilgan Reinhard Heydrich nomiga bagʻishlab.

1941-yilning dekabr boshida Kulmholf olim lageri birinchi boʻlib ishga tushdi. U yerda yahudiylarni is gazi bilan oʻldirishgan edilar, yaʼni yopiq yuk mashinasi — „odamhoʻr“da[29].

1942-yili iyulda Varshava gettolaridan ommabop surgun qilish boshlandi, ularni Treblinka olim lageriga surgun qildilar. 1942-yili 130sentabrgacha gettolardan surgun qilingan yoki oʻlganlar soni 300 ming yahudiylar edi.

Lodz shahridagi gettoda 160 000 yahudiylar ushlab turilgan edi. Bu getto sekindan yoʻq qilinishi boshlandi: birichi surgun Xelmnoga yanvar va may oylari orasida 1942-yili boʻlgan edi (55 ming yahudiylar Lodzdan va provinsiya shaharlarda yaʼni Kalish rayonidan edi), keyinchalik surgunlar Xelmnoga va boshqa olim lagerlariga boʻlib oʻtdi, 1-sentabr 1944-yili esa u getto toʻliq yoʻq qilingan edi. Kyublin shahrining yahudiylari Beljets olim lageriga surgun qilingan edi. Bu surgun 1942-yili 17-mart va 14-aprel kunlari boʻlib oʻtgan edi, bu surgunda 37 000 yahudiylar olimga olib borilgan edi, qolgan toʻrt ming yahudiylar esa Maydan-Tatarskiy gettosiga konsetratsiylashtirilgan edi. 1942-yili mart oyida Lyublin voyevoligidan Beljetsga hamma yahudiylar oʻtkazilgan edi; hamda Gʻarbiy Ukrainadan poyezlar kelishni boshladi. Lvovdan 1942-yili mart oyida Beljetsga 15 ming yahudiylar surgun qilindi, avgust oyida esa yana 50 ming yahudiylar.

1942-yili iyun va oktabr oylarida Krakovdan koʻplab yahudiylar Beljetsga surgun qilindi; 1943-yili mart oyida qolgan yahudiylarni esa Krakovdagi ish lageri Plashovga surgun qilishdilar, qolgan uch nimg kishini Osvensimga. 1942-yili sentabrda koʻplab yahudiylar Treblinkaga Sharqiy Polsha, Radom, Kelts, Chenstoxovadan shu lagerga surgun qilindilar. Radom tumanida 300 ming yahudiydan 1942-yilning ohirida faqat 30 mingtasi qolgan edi.

 
Jürgen Stroop hisobatidan, u Varshava gettosidagi qoʻzgʻolonni bostirish uchun boshqargan edi. Asl imzo bunday deyilgan edi: „Kuch bilan chiqarilganlar“

1942-yili Gʻarbiy va Sharqiy Yevropaning koʻp sonli yahudiylari yoʻq qilingan edi. Sovet armiyasi 1943-yilda urushda gʻalabalar qozonganidan soʻng, aynan Staliningrad jangida va Erwin Rommel qoshinlari magʻlub boʻlgandan soʻng nemislar yahudiylarni qirgʻin qilishni tezlashtirdilar.

Sovet armiyasini gʻarbga tez yurganidan soʻng, nemislar oʻzining orqasidan oxirgi getto va ish lagerlari izini yoʻq qilishni boshladi. Bunga maxsus guruh tuzilgan edi (Sonderaktion 1005), ular jasatlrni ommabop otilgan joylarda yogʻish bilan shugʻulgan edilar[21].

Deyarli hamm getto va lagerlar muvaffaqiyat bilan yoʻq qilingan edi, Litva, Ukraina, Belarus, Latviya, Polsha hududlarida ayrimlari qolgan edi (masalan Vilnus gettosida qoʻzgʻolonini bostirgandan soʻng 1943-yil 23-sentabr ular Estoniya lagerlariga surgun qilingan edi); Yahudiylarni Italiya, Fransiya, Niderlandlar, Belgiya, Slovakiya va Gretsiyadan ommabop surgun qilinshlar boshlandi. Ularni Osvensimga 1944-yilning oktabr oyigacha surgun qildilar. Oxirgi ommabop yahudiylarga qarshi operatsiya 1944-yili oktabrda boʻldi, Vengriyada yahduylarni yoʻq qilish edi, bu operatsiya 1944-yil may oyida boʻlib oʻtdi[21].

Urushning tugashi
tahrir

Ayrim mutaxassislar aytishicha, yahudiylarni 1943-1945 yillari yoʻq qilish dasturlari uchdan ikki qismi qilingan edi (Germaniyaning 1945-yili may oyida kapitulyatsiya boʻlganigacha). Ish kuchlari yetmasligi va odamlarni bemaʼnosiz oldirish 1943—1944-yillari ayrim natsislar „batamom qarori“ toʻgriligi emasligida shuxbalandilar. 1943-yili Heinrich Himmler tirik qolgan yahudiylarni urush foydasida ishlatish haqida qaror berdi. Hatto Himmler siyosat tomonidan yordam beradigan yahudiylarni ozod qilishi mumkinligini aytdi, shu jumlada separat tarizda Gʻarb bilan muzokoralar oʻtgazish yoki koʻp pulga sotib olinadigan yahudiylarni ozod qilish. (Tovar uchun qoni qarang).

Urushning oxirgi bosqichida, Germaniya urushda taslim boʻlishi aniq boʻlganda, ayrim natsist rahbarlar yahudiylarni ishlatishga kirishgan edilar, ayrimlari esa (shu jumlada Gitler ham) ularni toʻliq yoʻq qilishiga kirishdilar[21]. Standartenführer (Shtandatenfyurer) Dieter Wisliceny Nyunberg jarayonida unga Adolf Eichmann 1945-yili fevral oyining oxirida yahudiylar oldirilgan sonini 5 million kishi degan.[30].

Heinrich Himmlerning Poznandagi nutqidan, 1943-yil 4-oktabr:

Men bu yerda ular bilan bu qiyin bob haqida ochiq gapiraman... Oʻzimizning oramizda biz ochiq galashamiz, lekin buni oshkora ravishda qilmasakda... Men yahudiylarni surgun qilishi haqida, yahudylarni qiʻrgin qilinishligini nazarda tutmoqdaman...

Faqat ayrim odamlar bu yerda jasadlar toʻplanib yotganligi nimaligini tushunishadi, — bu yuz, besh yuz, ming jasadlardir... Buni hammasini chidash va saqlash kerak, — mani nima bizning hulqimizni tobladi. Bu bizning tariximini sharafidir, bu hech qachon yozilmagandir va yozilmaydiham.

Holokost va kollaboratsionizm

tahrir

Germaniya bosib olgan hududlarda yahudiylar boʻlmagan mahalliy aholini roli bor edi. Minglab mahaliy aholi hilfspolizeida (qoʻshimcha politsiya) ishlaganlar, bu politsiya istilochi tomonidan yaratilgan, ular getto qorovuligida ishlaganlar, yahudiylarni oldirish joyida kuzatib borganlar. Mahaliy politsiya yahudiylarni olim lageriga oborish bilan shugʻulangan, Vengriya, Slovakiya, Vishi Fransiyasi nazorat qilingan hududlarda. Olim lagerida ishlagan qoʻrovullar oʻz ixtiyor bilan kelgan odamlar edi va Travnik lageriga tayyorlangan fuqaro aholisi[31][32].

Koʻp tinch yashovchi fuqarolar istilochilarga bekingan yahudiylar haqida xabar qilgan va oʻlgan yahudiylarni mol mulikni oʻzlari olib olgan hamda ularning uyiga koʻchib olganlar. Axir tinch fuqarolar yahudiylarni oʻzlari istilochilarsiz oldirgan kezlari ham boʻlgan. (Holokost Lvovda, Holokost Litvada, Evdabadagi qirgʻin maqollarini qarang). Xorvatiyada nemislar aytishmasa ham yahudiylarni oldirish holatlari boʻlgan (Ustashi maqolasini qarang)

Shu kezlarda yahudiylar boʻlmagan fuqarolar yahudiylarga yordam bergan kezlari ham boʻlgan.

Yudenratlar va yahudiy politsiyachilar

tahrir

Har bir bosib olingan hududlarda nemis bosib olish hukumati tomonidan yahudiy maʼmuriyat oʻz-oʻzini boshqarish organlari tuzilgan edi, yaʼni yudenratlar (nem. de:Judenrat) — „yahudiy maslahatchilari“. Alohida boʻlgan yudenrat belgilangan getto, hududlar va hamda butun mamlakatga javob berishi mumkin edi. Yudenratlar hoʻjalik ishlari, gettoda tartiblik, pul yigʻish, ish lagerlarida ishlash uchun nomzodlar va hamda istilochilarning qororlarini bajarish vakolatiga ega edilar. Yudenratlar nemis hukumati bilan hamkorlikda boʻlganlar, obroʻ va „Germaniya ishlarida“ aloqadorligini koʻrsatib, koʻplab yahudiylarni olimdan qutqarishlari kerak edi. Masalan, Lodz bosh yudenrati Chaim Rumkowski gettoda yashagan odamlarga tashviqiy soʻzladi, getto bolalarini olimga olib kelishi bilan qolgan gettodagi odamlar hayotini qutqarishga chaqirdi. Faqatgina 1942-yili olim lagerlariga ommabop surgun qilish yudenrat aʼzolri ichida illyuziyalarga olib keldi (shunday qilib Varshava gettosi rahbari Adam Czerniaków oʻzini oldirdi.)

Yudenratlarga yahudiy politsiyachilari quloq solar edi. Yahudiy politsiyasining rahbari asosan yudenrat aʼzosidan odamalr boʻlgan. Odatda yahudiy politsiyasi ozi bilan qurol olib yurmagan, politsiya aʼzolariga faqat rezina tayogʻi ushlashi ruhsat berilgan. Ammo ayrim politsiya hodimlari qurolangan edi.

Yahudiylar politsiyasining ishini uch bosqichga boʻlsa boʻladi:

  1. nemislardan kelip tushkan qarorlarni bajarish, yudenratlardan olingan yoki istilochi hukumatidan;
  2. yudenrat buyruqlarini bajarish, kontributsiyani yigʻish marosimlari.
  3. getto koʻchalarini qorovullash, kirish va gettodan chiqishlikni qorovullash.

Ayrim kezlarda yahudiy politsiyachilari yahudiylarni otib oʻldirishlarida ishtirok etganlar. 1942-yili 27-oktabrda yahudiy politsiyasining 7 aʼzosi Vilnus gettosi rahbari Desler buyrugʻi bilan Oshmyanida (Belrus) 406 kishi ommabop oʻldirilgan edi[33]. Vilnus gettosining yahudiy politsiychilarni yahudiylarni Ponariga, ommabop oʻldirilgan joylariga kuzatganlar. Shuningdek Vilnus gettosida 1942-yili yahudiylar politsiyasi tomonidan 6 yahudiy jinoyatda ayiblanib osib oldirilgan edi[33].

Yahudiy politsiyachilari nemislarga yordam bergan boʻlsa ham, ularning koʻplarining oʻzi ham qolgan yahudiylarga oʻxshab halok boʻlganlar.

Qarshilik va xaloslik

tahrir

Yahudiylarning qarshiligi

tahrir
 
Jürgen Stroop hisobatidan tasvir. U Varshava gettosida qoʻzgʻolonni bostirish rahbari boʻlgan. Asl imzoda bunday deyilgan: „hujumga shiddatli guruh“.

Natsist istilochilarning aniq yahudiylar xalqini total yoʻq qilish borasida maʼlumotlari boʻlmagandan soʻng, gettoda yashovchilar asosan tirik qolish va qirgʻinlikga uchramaslikdan istilochilarning etganlarini qilar edi[34].

Faqatgina istilochilarning rejasi toʻliq maʼlum boʻlgandan soʻng, lager va gettolarda qoʻzgʻolonlar boshlandi: eng mashxur qoʻzgʻolonlardan biri bu Varshava gettosidagi qoʻzgʻolondir, bu 1943-yili yanvar oyida boʻlgan edi hamda „Sobibor“ olim lageridagi qoʻzgʻolon, bu Ikkichi jahon urushi vaqtidagi yagona muvaffaqiyatli qoʻzgʻolon boʻlgan. Qarshilik koʻrsatishda eng faoli Minsk gettosi boʻlgan. Belyastokdagi gettoda, hozirda Polsha, boshida 50 000 yahudiylar boʻlgan, ularning hammasi 1943-yili 16-avgust kuni besh kun koʻrsatilgan qarshilikdan soʻng yoʻq qilinganlar. Belarus, Ukraina va Litvada yahudiy partizanlar boʻlgan.

Yahudiylarning qismati bosib olingan hududlarda aniq boʻlgan edi. Ular mahaliy xalqdan yordamidan ayrilgandan soʻng, getto devori orqasida hayot kechirishdan ayrilgan edilar. Ammo ayrim mahaliy aholi fuqorolari yahudiylarni yashirganlar, ular keyin partizanlar qoʻshiniga qoʻshilganlar, Shoada tirik qolganlar kamdan kam edi. Belarusda partizanlar orasida va mahfiy tarizda 15 300 yahudiylar urushishgan[35]. Mashxur partizanlardan biri ogʻayni Belskiylar boʻlgan.

Yahudiylarga yordam

tahrir
 
Belarusdagi Dunyo xalqlari taqvodorlari bagʻishlangan hiyobon

Oʻn minglab kishilar yahudiylarni bosib olingan hududlarda qutqarishda ishtirok etganlar, hatto ularning hayotiga olim haf solgandaham. Yahudiylarga yordam bergan odamlar oʻldirilganlar. Polshada 2000 ortiq kishi yahudiylarga yordam bergani uchun vafot etganlar[36]. Polsha hukumati qochkinlikda boʻlganda ular Jegota agentligini tashkil etganlar (pol. pl:Żegota). Bu uyushma bosib olgan hududlarda yahudiylarga yordam koʻrsatgan (1942—1945). Uning rahbarligida Zofia Kossak-Szczucka turgan[37]. Niderlandlar, Norvegiya, Belgiya va Fransiyada yahudiylarga yordam berish va ularni bekitish borasida har xil tashkilotlar tuzilgan. Daniyada nemis harbiy attashesi Georg Ferdinand Duckwitz ogohlantirgandan soʻng, oddiy daniyaliklar qayiqlarda Shvetsiya tomonga 8000 dan 7000 Daniya yahudiylarini oʻtkazishga yordam berganlar.

Hamda Germaniyaning ittifoqdosh mamlakatlarida qirgʻin qilish rejalariga ayrim odamlar qarshi chiqganlar. Nemislar bolgarlarga yahudiylarni berish haqida aytishganda (ularning soni 50 000 kishi edi), odamlar bunga qarshilik koʻrsatishgan. Bolgariyaning demokratlari, kommunistlari, jamoat arboblari, pravoslav cherkovining ruhoniylari patrirarx bilan yahudiylarni qirgʻin qilishga qarshi chiqdilar. Shu sababdan Bolgariyada 50 000 yahudiylarni qutqarindilar. Ammo urush kezida Bolgariyaga qoʻshilgan Makedoniya va grek Frakiyasidagi 11 343 yahudiylar Osvensim olim lageriga surgun qilingan edi[38]. Italiya harbiylari va fuqarolari shuningdek 1942—1943-yillari yahudiylarni Italiya bosib olgan hududlaridan, Yugoslaviya va Fransiyadan surgun qilinishiga qarshi chiqganlar. Nemislar buyrugʻidan soʻng Italiyada yahudiylarga konslagerlar yaratildi (asosan Kampanya konslageri), ammo u yerlarda odamiylik sharoitlari boʻlgan[39].

Natsistlarning antisemetik siyosatiga qaramasdan, Germaniyada fuqaro oralasida yahudiylarni taqib qilishlikga qarshi chiqqanlar ham boʻlgan. Eng yirik antisemstik chiqishlardan biri 27-28-fevral 1943-yili Berlinda Rozenshtranss namoyishi boʻlib oʻtgan, yahudiylarning etnik nemis qarimdoshlari, umrdoshlari norozlikga chiqib yahudiylarni lagerlarga surgun qilinishmasligiga chiqganlar. Berlinda janjal boʻlmasligi uchun gaulyaytor Joseph Goebbels 2000 yahudiyni ozod qilib, ularni ishlarga yubordi, deyarli hamasi urushning oxirigacha tirik qolgan. Bunday qutqargan odamlardan eng mashhuri Oskar Schindler, u Plashov konsentratsion lageridan 3000 yaqin yahudiylarni qutqarib, ularni oʻzining fabrikasida ish bergan.

„Dunyo taqvodorlari“ orasida diplomat va fuqaro amoldorlari ham bor. Eng mashhurlari — Aristides de Sousa Mendes (Portugaliya), Chiune Sugihara (Yaponiya) va Paul Grüninger (Shveysariya), ular oʻzining ishidan tavakkal qilib, koʻplab yahudiylarga yordam bergan. Venadagi xitoylik bosh konsul Ho Feng-Shan yahudiylarga Singapurga ketishlari uchun mindan ortiq vizalar bergan. Eron elchixonasining xizmatchisi Abdul Husain Sadri ham nemislar bosin olgan Parij shahridagi yahudiylarga yordam bergan, u ularga uch mingdan ortiq eron vizalarini bergan[40]. Ammo eng mashhur diplomat bu Shvetsiyalik Raoul Gustav Wallenbergdir. U oʻn mingdan ortiq yahudiylarni qutqargan, ammo u diplomatik teginmasligi kerak boʻlsa ham, Budapeshtni sovet harbiylari bosib olgandan soʻng, uni SSSRga yashirilgan holda olib chiqib, qamaqxonada otib oldirishgan[41][42]. Faqatgina 2006-yili salvador diplomatining ismi mashhur boʻldi. U José Arturo Castellanos edi, yahudiylarga 40 mingdan ortiq qalbaki salvador fuqaroligi haqida hujjatlarni berib (asosan Vengriyaliklarga), u 35 mingdan ortiq yahudiylarni qutqara oldi. Dunyo taqvodorlari orasiga Busapesht shahrida hizmat koʻrsatgan Ispaniyalik Giorgio Perlasca ham aytsa boʻladi.

2010-yili 1-yanvar Yad va-Shem instituti maʼlumotlariga koʻra 23 226 qutqaruvchilar boʻlgani haqida aytiladi, ularga Dunyo xalqlari taqvodorlari unvoni berilgan. Polshalik taqvodorlarga eng koʻp son keladi — 6195 kishi, Germaniyada ular 5009, Fransiyada 3158 kishi. Hozirgi sobiq SSSR respublikalaridan eng koʻp dunyo taqvodorlari Ukrainaga toʻgʻri keladi — 2272 kishi[43]. Yad va-Shem bunday deydi: Bu raqamlar yahudiylarning har davlatda qutqarganligi aniq soni deb hisoblab boʻlmaydi, ammo Yad va-Shemga kelib tushgan maʼlumotlar qutqarilganlarni aks etadi. („These figures are not necessarily an indication of the actual number of Jews saved in each country, but reflect material on rescue operations made available to Yad Vashem.“)[44]

Shoa oqibatlari

tahrir

Polyak yahudiylardan 300 ming kishi tirik qoldi: 25 ming kishi Polshada, 30 ming kishi majburiy ish lagerlaridan qaytishgan, qolganlari esa SSSRʼdan qaytganlar. Yahudiylik hayotini yoʻq qilish, vayronalik va antisemitizm 1946-yil iyul oyida Keltsda qirgʻinlik boʻlishiga olib keldi, koʻplab polyak yahudiylar mamlakatni qoldirishga majburlik qilingan edi (koʻp tomondan nolegal), Markaziy Yevropa tomonga yoʻl olib. 1946-yildan soʻng Polshada faqatgina 50 ming yahudiylar qoldi.

Nafaqat odamlar yoʻq qilingan edi hamda yahudiylarning noyob mahalliy madaniyati yoʻq qilindi, shu hotira Sharqiy Yevropada koʻp asrlar vaqtida ajralmas madaniyatlardan biri edi. Bunga dalillar deyarli qolmagan. Yahudiylar bu hududlarda, qachondir dunyo yahudiychiligi boʻlgan markazdan, marginal kamchilik xalqga aylandi. Yaʼni aytganda, natsistlar yahudiylar savolini batamom yechish vazifasini mavvafaqiyatli oʻtkazgan edilar.

Shimoliy Afrikada yahudiylarni taʼqib qilishlar

tahrir

1940-yildan 1942-yillgacha fransuz Shimoliy Afrikasi (Jazoir va Tunis) Vishi kollaboratsionist hukumati qoʻlida edi. Jazoir va Tunisda yahudiylarni Yevropadagi kabi taʼqib qilinishlar boshlangan edi. Yahudiylar fuqaro huquqlaridan ayrilgan edi, yudenratlar tashkil etilgan edi va majburiy ishlar tashkil etilgan edi. Yahudiylarni hamda kiyimlarida sariq tamgʻalar bilan yurishlari kerak boʻlgan va ularga katta pul kontributsiya jarimasi qilingan edi.

Ingliz-amerika qoʻshinlari Marroko va Jazoirga 9-noyabr 1942-yili kelgandan soʻng, nemis qoʻshinlari Tunisni bosib olgan edilar. Zonderguruh „Misr“ yahudiylarni yoʻq qilishishga kirishdi. Tahminan 2 ming Tunis yahudiyalri oldirilga edi va olim lagerlariga surgun etilgan edi. Garchi Shimoliy Afrikada 5 ming yahudiylar yoʻqotishi Yevropa yoʻqotishlari bilan tengsizdir[45]..

Boshqa xalqlar va guruhlar — natsist siyosat qurbonlari

tahrir

Ruhiy kasal boʻlgan odamlar va nogironlar

tahrir

Jinsiy kamchilik

tahrir

Slavyanlar

tahrir

Polyaklar

tahrir

SSSR aholisi

tahrir

Yahovaning Shohidlari

tahrir

Frankmasonlar

tahrir

Loʻlilar

tahrir

Germaniyaning qora tanli

tahrir

Munozara savollari

tahrir

Sabablari

tahrir

Intensionalizm va funksionalizm

tahrir

Noyoblik

tahrir

Mavzu ekspluatatsiyasi

tahrir

Holokostni inkor qilish

tahrir

Holokost hotirasi

tahrir

Holokost saʼnatda

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Opredelenie, kotoroe dayot BTS (Wayback Machine saytida 2012-09-07 sanasida arxivlangan) (sitiruetsya po грамота.ру): Xolokóst (Wayback Machine saytida 2017-08-07 sanasida arxivlangan). — Bolshoy tolkoviy slovar russkogo yazika (Wayback Machine saytida 2009-06-29 sanasida arxivlangan). Sost. i gl. red. S. A. Kuznesov. SPb., Norint, 1998—2009, 1536 s.
  2. Holokost yillarida Germaniya oʻzida Avstriya, Polsha, Galitsiya distrikti, Reixskomissariatlar Ostland, Ukraina va boshqalar. Toʻliq Uchinchi reyx maʼmuriy-hududiy tuzilishini qarang
  3. What to Teach about the Holocaust (Wayback Machine saytida 2011-07-26 sanasida arxivlangan); est chernovik perevoda (Wayback Machine saytida 2011-07-26 sanasida arxivlangan).
  4. Романовский Н.В. Лики этнократии. — 2000. — B. 128.
  5. Marcuse Harold. Holocaust Memorials: The Emergence of a Genre (angl.) // The American Historical Review. — University of Chicago Press, 2010. — Vol. 115. — P. 53-89. — ISSN 0002-8762. — DOI:10.1086/ahr.115.1.53
  6. 6,0 6,1 Pan Gi Mun „Holokost xalqaro xotirlash kuni sababi maktub yoʻllash“ (27-yanvar 2009-yil). — „Bugun biz koʻplab natsistlar tomonidan oʻldirilgan qurbonlarini hurmat qilamiz — yahudiy xalqining birdan uch qismini va boshqa besonsiz qurbon boʻlganlarni, — ular shafqatsiz kamsitishlarga, mahrum boʻlishlarga, vahshiylik va oʻlimlar qurboni boʻlib mubtalo boʻldilar“. 2011-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 22-noyabr.
  7. Dictionary of Genocide (str. 190—191),

    Holocaust. The English-language term that has been most closely identified with the nearly successful attempt … to exterminate the Jews of Europe.

    In the 1980s and 1990s the term Holocaust also began to be used by various scholars (e.g., historian Sybil Milton) and organizations (e.g., the United States Holocaust Memorial Museum) to describe the Nazis' attempt to exterminate other groups, specifically, the Roma and Sinti and the mentally and physically handicapped.

  8. Encyclopedia of Genocide (str. 176),

    As Simon Wiesenthal, a survivor of Auschwitz, long ago observed, „The Holocaust was not only a matter of the killing of six million Jews. It involved the killing of eleven million people, six million of whom were Jews.“ Wiesenthal spoke on the basis of what was then the best available evidence. Today, some 50 years later, the only correction to be made to his statement lies in the fact that we now believe his estimate of 11 million was far too low. The true human costs of Nazi genocide may come to 26 million or more, 5 to 6 million of whom were Jews, a half million to a million or more of whom were Gipsies, and the rest mostly Slavs. Only with these facts clearly in mind can we comprehend the full scope of the Holocaust and its real implications."

  9. Kitob:Uroki Xolokosta: istoriya i sovremennost. V. 3 |Basin Ya. Z.|K voprosu o definitsiyax Xolokosta|uh030101|8}}
  10. American Jewish Committee, Harry Schneiderman and Julius B. Maller, eds. (Wayback Machine saytida 2010-12-12 sanasida arxivlangan), American Jewish Year Book, Vol. 48 (1946—1947) (Wayback Machine saytida 2010-12-12 sanasida arxivlangan), Press of Jewish Publication Society of America, Philadelphia, 1946, page 599
  11. Kitob muallifiTadeusz Piotrowskisarlahva=Poland’s Holocaust|nashriyot=McFarland & Company|yil=1997|bet=305|betlar=437|isbn=978-0786403714
  12. kitob|muallif= Ueberschar Gerd R., Wette Wolfram. |sarlahva= Unternehmen Barbarossa: Der Deutsche Uberfall Auf Die Sowjetunion, 1941 Berichte, Analysen, Dokumente|joy = Frankfurt-am-Main |nashriyot = Fischer Taschenbuch Verlag|yil = 1984|pages = 364—366|isbn = 3-506-77468-9, manbasi bilan: Nachweisung des Verbleibes der sowjetischen Kriegsgefangenen nach dem Stand vom 1.05.1944 (Bundesarchiv/Militararchiv Freiburg, RH 2 / v. 2623).
  13. „Voprosi i otveti“. 2009-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-avgust.
  14. V Yevrope obnarujeni novie getto i konslagerya, 2016-12-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-08-07
  15. SShA: issledovateli raskrili istinnie masshtabi Xolokosta, 2013-09-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-08-07
  16. Chislo jertv Xolokosta obʼyavili zanijennim
  17. „Holocaust“, Энциклопедия Британника 22|11|2009
  18. 18,0 18,1 18,2 The Trial of German Major War Criminals. Sitting at Nuremberg, Germany. December 3 to 14-dekabr 1945-yil. Twentieth Day: Friday, 14th December, 1945 (Part 5 of 9) (Wayback Machine saytida 2007-06-23 sanasida arxivlangan), The Nizkor Projec 22|11|2009
  19. „Xalqaro harbiy tribunal hukumi“. — „[Kaltenbrunner] koʻrsatishi boʻyicha, 6 millionga yaqin yahudiylar oʻldirilgan, eynzatsguruhlari tomonidan 2 millioni oʻldirilgan va boshqa politsiya hafsizliklari tomonidan“. 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 6-iyul.
  20. 65 let spustya: Identifitsirovani dve treti jertv Xolokosta, 2011-08-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-08-07
  21. 21,0 21,1 21,2 21,3 21,4 21,5 nomi EYeE|15341|Katastrofa. Natsistskaya politika unichtojeniya evreyskogo naroda i etapi Katastrofi }}
  22. Auschwitz Death Camp
  23. 9.htm Iz stenogrammi zasedaniya Mejdunarodnogo voennogo tribunala ot 3-yanvarya 1946 g.
  24. Maqola|Muallif=ru:Беркович, Евгений Михайлович|sarlahva=Jertva dvux diktatur|link=http://www.e-slovo.ru/440/10pol1.htm%7Cnashr=Yevreyskoe[sayt ishlamaydi] slovo|yil=2009|vipusk=22 (440)
  25. Xolokost i evrei SSSR
  26. maqola|muallif=Anton Vays-Vendt.|sarlahva=Sovetskaya okkupatsiya Estonii v 1940-41 i evrei|link=http://eja.pri.ee/history/Weiss-Wendt_rus.pdf%7Cnashriyot=Holocaust[sayt ishlamaydi] and Genocide Studies|yil=1998|bop=12|nashr=2
  27. Альтман, Холокост и еврейское сопротивление 2002.
  28. Pismennoe polnomochie Geringa Geydrixu ot 31-iyulya 1941 goda. (PDF), 2015-06-14da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2017-08-18
  29. „Xelmno“. 2009-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-avgust.
  30. Вопрос: Когда вы в последний раз видели Эйхмана?
    Ответ: В последний раз я видел Эйхмана в конце февраля 1945 года в Берлине. Он сказал тогда, что если война будет проиграна, то он покончит жизнь самоубийством.
    Вопрос: Называл ли он тогда общее число евреев, которые были убиты?
    Ответ: Да, он высказался тогда очень цинично. Он сказал, что он с улыбкой прыгнет в могилу, так как он с особым удовлетворением сознает, что на его совести около 5 млн человек

    {{{Manba}}}

  31. „Travniki“ — ukrainsi v oxrane fashistskix konslagerey, 2010-02-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-08-18 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 11 (yordam)
  32. United States Holocaust Memorial Museum — Trawniki
  33. 33,0 33,1 kitob|mualif=Stankeras P.|sarlahva=Litovskie politseyskie bataloni. 1941-1945 gg|joy=Moskva|nashriyat=Veche|yil=2009|betlar=105-106|betlar=299|isbn=978-5-9533-3897-4|tiraj=3000}}
  34. Getto v period Katastrofi, 2017-08-19da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-08-19
  35. |mualif=Ioffe E. G.|sarlahva=Belorusskie evrei: tragediya i geroizm: 1941-1945. Monografiya|joy=Andoza:Мн.|yil=2003 |betlar=364 |jamida betlar=428 | tiraj=100
  36. Spisok 700 polyakov, kaznennix natsistami, 2019-05-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-08-19
  37. „Holocaust History — ZEGOTA — Aid Polish Jews During the Holocaust“. 2011-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-avgust.
  38. Shoa. Informatsionno-analiticheskiy portal (Wayback Machine saytida 2009-05-22 sanasida arxivlangan).
  39. BANALNOST DOBRA, ILI KAK ITALYaNSKIYe FAShISTI SPASALI YeVRYeYeV, 2009-05-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-08-19
  40. Kto zabil arabov — „pravednikov narodov mira“? // Mixael Dorfman
  41. Raul Vallenberg ne bil shpionom
  42. Zagadochnaya smert Raulya Vallenberga, 2008-02-07da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2008-02-07
  43. Righteous Among the Nations — per Country & Ethnic Origin 1-yanvar 2010-yil (Wayback Machine saytida 2009-01-23 sanasida arxivlangan)(ingl.)
  44. „Request Rejected“. 2013-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 7-mart.
  45. Kto zabil arabov — „pravednikov narodov mira“?, Михаэль Дорфман, scepsis.ru

Havolalar

tahrir
  NODES
Project 1