Xuayxe — Xitoyning sharqiy qismidagi dare. Uzunligi 813 km, havzasining maydoni 187 ming km². Asosan, Buyuk Xitoy tekisligidan oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 1000 m³/sek., eng yuqorisi 10— 13 ming m³/sek. Yezda toshadi. Dare juda koʻp oqiziq keltiradi, bu esa oʻzanining kutarilishiga olib keladi. Natijada suv toshqini xavfi kuchayadi. Falokatli toshqinlardan saqlanish uchun suv omborlari va qirgʻoklariga dambalar qurilgan. Kanallar orqali Sariq dengiz, Yanszi va Xuanxe daryolari bilan bogʻlangan. Sugʻorishda keng foydalaniladi. Quyi qismida kema qatnaydi. X. vodiysi Xitoyning muhim qishloq xoʻjaligi rayonlaridan biri. Dare boʻyida Xuaynan va Benbu sh.lari joylashgan.




  NODES
os 10