Yandex Taxi
Yandex Taxi – Yandexning mustaqil biznes boʻlinmalaridan biri boʻlib, taksi-agregator va oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlarini koʻrsatuvchi kompaniya, shuningdek, ular uchun ishlangan mobil ilova nomi. Kompaniyaning bosh ofisi Moskvada joylashgan.
Tarixi
tahrir2011-yilda Moskvada yangi Yandex xizmati – Yandex Taxi ishga tushirildi. Dastlabki bosqichda unga Moskvadagi 11 ta taksi kompaniyasi va 1000 ga yaqin haydovchilar ulandi[1].
Dastlab, xizmat iOS va Android platformalarida faqat mobil ilova sifatida taqdim etilgan boʻlsa, 2012-yil iyun oyida xizmatning veb-versiyasi paydo boʻldi[2].
Yandex Taxining birinchi rahbari sifatida 2011-yilda Yandex asoschisi Arkadiy Volojning toʻngʻich oʻgʻli Lev Voloj tayinlandi.
2012-yilda xizmat buyurtmalar boʻyicha komissiya olishni boshlaydi[3].
2013-yilda bank kartasi bilan toʻlash imkoniyati qoʻshildi[4].
2015-yil yanvar oyida Yandex Taxi Ros. Taksini sotib oldi,[5] bu esa taksoparklarga buyurtmalar qabul qilish va tarqatish imkonini berdi.
2016-yilda Yandex korporativ taksi bozoriga kiradi[6].
2017-yil iyul oyida Yandex va Uber Rossiya va MDHda biznes va onlayn taksi xizmatlarini birlashtirish boʻyicha kelishuv imzoladi. Birlashishda Yandex 100 million dollar sarmoya kiritdi va uning xaritalash xizmati texnologiyasi, Uber esa 225 million dollar naqd pul va Uberning jahondagi yetakchi onlayn transport xizmati sifatidagi global tajribasiga sarmoya kiritdi. Qoʻshma kompaniya Uber va Yandex brendlaridan foydalanish huquqini oldi. Shartnomaga koʻra, birlashgan kompaniya 3,7 milliard dollarga baholangan. Yandex yangi kompaniyaning 59,3%, Uber 36,6% va yangi kompaniya xodimlariga 4,1% tegishli[7].
2018-yil 6-avgust YandexTaxi taksi parklarini boshqarish uchun onlayn xizmatlar ishlab chiqaruvchi Opteumni sotib oldi. Xizmat taksi kompaniyalarida ishni optimallashtirish imkonini beradi[8].
2019-yilning yozidan boshlab Yandex Taxi Vezyot kompaniyalar guruhiga tegishli dasturiy taʼminot va koll-sentrlarini sotib olishni rejalashtirgan. 2020-yil aprel oyida ushbu yoʻnalishdagi faoliyat toʻxtatildi[9][10].
2020-yil 19-avgustda Yandex Taxi asosida Yandex Go iovasi ishga tushirildi[11]. Onlayn taksiga buyurtma berishdan tashqari, ilova avtomashinalar ijarasi, oziq-ovqatga buyurtma berish, mahsulotlarni tezkor yetkazib berish xizmatlarini, jamoat transporti va yuk tashishni kuzatishni birlashtirdi[12].
Xizmat geografiyasi
tahrirMamlakat | Start berilgan sana | Izoh |
---|---|---|
Rossiya | 2011[13] | 2011-yil oktabr[14] |
Belarus | 2016-yil 25-fevral[15] | |
Armaniston | 2016-yil 1-iyul[16] | |
Qozogʻiston | 2016-yil 28-iyul[17] | |
Gruziya | 2016-yil 26-avgust[15] | |
Ukraina | 2016-yil 25-oktabr[18] | 2019-yilda xizmat koʻrsatish taqiqlangan[19] |
Moldova | 2017-yil 25-iyul[20] | |
Qirgʻiziston | 2017-yil 9-noyabr[21] | |
Latviya | 2018-yil 15 mart[21] | Xizmat 2022-yilda taqiqlangan[22] |
Oʻzbekiston | 2018-yil 4-aprel[23] | |
Estoniya | 2018-yil 1-may[24] | Xizmat 2022-yilda taqiqlangan[25] |
Serbiya | 2018-yil 5-iyun[26] | |
Litva | 2018-yil 26-iyul[27] | |
Kot-d’Ivuar | 2018-yil 4-oktabr[28] | Yango brendi |
Finlandiya | 2018-yil 9-noyabr[29] | |
Isroil | 2018-yil 10-dekabr[30] | |
Gana | 2019-yil 6-iyun[31] | |
Norvegiya | 2021-yil 23-iyul[32] | |
Senegal | 2021-yil 9-dekabr[33] | |
Kamerun | 2021-yil 13-dekabr[34] |
Yango – butun dunyo boʻylab taksi xizmatlarini koʻrsatuvchi xalqaro brend – Yandex Go uchun qisqartma.
Haydovchisiz avtomobil
tahrir2018-yil avgust oyida Yandex Innopolis shahrida robot taksi xizmatini test rejimida ishga tushirdi[35]. Xizmat shahar aholisi uchun mavjud: haydovchisiz taksini „Yandex. Taxi“ orqali chaqirish mumkin. Safarlar boʻsh haydovchi oʻrindigʻi bilan amalga oshiriladi, sinov muhandisi yoʻlovchi oʻrindigʻini egallaydi. 2020-yilning fevraliga qadar 5 mingdan ortiq safar amalga oshirilgan[36].
2019-yil sentabr holatiga koʻra, Yandexning haydovchisiz transport vositalarining umumiy yurishi 1 million km ni tashkil etdi[37].
2020-yil sentabr oyida Yandexdan haydovchisiz transport vositalarini ishlab chiqaruvchi alohida boʻlinma - Yandex Self-Driving Group (Yandex SDG) ajralib chiqdi[38].
Oʻzbekistonda
tahrir2018-yil 4-aprel kuni Yandex Taxi Ozbekistonda ham oʻz faoliyatini boshlaydi[39].
Manbalar
tahrir- ↑ „"Яндекс" представил сервис по поиску такси в Москве“. РИА Новости (26-oktyabr).
- ↑ „Компания Яндекс — Главные новости — Яндекс открывает taxi.yandex.ru“. Компания Яндекс.
- ↑ „«Яндекс» решил заработать на своем сервисе такси“. Ведомости.
- ↑ „"Яндекс.Такси" запустил безналичную оплату поездок с Android-устройств“. РИА Новости (18-iyun).
- ↑ „Ros. Taksi“ oboshlas „Yandeksu“ v 1 mlrd rubley – CNews
- ↑ „Яндекс.Такси выходит на корпоративный рынок Москвы“ (ru). РИА Новости (6-aprel). Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.
- ↑ Sliyanie „Yandeks. Taksi“ i Uber – sdelka goda po versii Forbes
- ↑ „«Яндекс.Такси» купила сервис для управления таксопарками «Оптеум» — Транспорт на vc.ru“ (2018-yil 6-avgust).
- ↑ „«Яндекс.Такси» отозвало ходатайство о покупке компании «Везёт»“. РБК.
- ↑ „«Яндекс.Такси» не стала покупать конкурента: Лучше поддержать своих водителей“. CNews.ru.
- ↑ „«Яндекс» объединил городские сервисы в одно приложение Go. Оно заменит «Яндекс.Такси»“. meduza.io.
- ↑ „«Яндекс» объединил такси и каршеринг в одном приложении“. Коммерсантъ.
- ↑ Kaplun D. Ye Analiticheskoe issledovanie taksomotornix kompaniy, osuщestvlyayuщix rabotu cherez onlayn platformi v Moskve // „EurasiaScience“. Sbornik Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii. Moskva: „Aktualnost. RF“, 2018. ISBN 978-5-604-16794-6 S. 240.
- ↑ Yandex has begun to make a profit on its taxi service
- ↑ 15,0 15,1 „Yandeks. Taksi“ vishel za predeli Rossii i nachal rabotu v Minske – Oftop na vc.ru[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Yandeks. Taksi“ nachal rabotu v Armenii | Forbes.ru
- ↑ „Yandeks. Taksi“ zapustilsya v Kazaxstane vsled za Uber – Oftop na vc.ru
- ↑ „«Яндекс.Такси» запустился в Киеве через несколько месяцев после Uber — Офтоп на vc.ru“. 2018-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
- ↑ UKAZ PRYeZIDYeNTA UKRAЇNI № 82/2019
- ↑ „«Яндекс.Такси» запустили в Молдавии — Meduza“ (ru). Meduza. Qaraldi: 2017-yil 25-iyul.
- ↑ 21,0 21,1 „В "Яндекс.Такси" подтвердили интерес к запуску в Норвегии“. ТАСС. Qaraldi: 2021-yil 10-iyun.
- ↑ „Латвия аннулирует регистрацию «Яндекс.Такси»“ (ru). Lenta.RU. Qaraldi: 2022-yil 27-may.
- ↑ „«Яндекс.Такси» начал работу в Узбекистане“ (ru). Газета.uz (2018-yil 4-aprel). Qaraldi: 2018-yil 4-aprel.
- ↑ KaPo: sobrannaya „Yandeks. Taksi“ informatsiya idet v Rossiyu | Estoniya | ERR
- ↑ Р. И. А. Новости. „В Эстонии запретили "Яндекс.Такси"“ (ru). РИА Новости (11-aprel). Qaraldi: 2022-yil 27-may.
- ↑ „Яндекс.Такси в Сербии“. 2018-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
- ↑ Lietuvoje su trenksmu startuoja Rusijos „Yandex. Taxi“: žada žemas kainas
- ↑ Zapusk mejdunarodnoy slujbi zakaza taksi v Abidjane s pomoщyu mobilnogo prilojeniya Yango
- ↑ Servis „Yandeks. Taksi“ vixodit na rinok Finlyandii
- ↑ „«Яндекс.Такси» выйдет на рынок Израиля под брендом Yango“. ТАСС (2018-yil 16-noyabr).
- ↑ Servis „Yandeks. Taksi“ pod brendom Yango zapustilsya v Ruminii i Gane
- ↑ Helle Lyng Svendsen. „Yango lanserer taxitjeneste i Norge: Vil konkurrere på pris“ (no). Nettavisen (2021-yil 23-iyul). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
- ↑ „Transport : Yango, le taxi en ligne débarque au Sénégal“ (fr). Socialnetlink (2021-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
- ↑ „Yandeks“ zapustil servis taksi Yango v Kamerune
- ↑ „«Яндекс» запустил тестирование бесплатного такси на беспилотных машинах в Иннополисе — Транспорт на vc.ru“. vc.ru (2018-yil 28-avgust).
- ↑ „Нет закона и интернета: почему по дорогам Татарстана не ездят беспилотники? | Inkazan“. inkazan.ru.
- ↑ „Беспилотные автомобили «Яндекса» проехали миллион километров“. www.forbes.ru.
- ↑ „«Яндекс» выделяет беспилотники в отдельный бизнес и выдает ему 4550 млн“ (ru). CNews.ru. Qaraldi: 2021-yil 2-avgust.
- ↑ „«Яндекс.Такси» сервиси яна бир давлатда иш бошлади“. kun.uz (2018-yil 5-iyun). Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.