Yevrosiyo

Yevropa va Osiyo qitʼalaridan iborat materik

Yevrosiyo, Yer sharidagi eng katta materik boʻlib, tarkibi Yevropa va Osiyo qitʼalaridan iborat.[3][4] Yer maydoni 55 million km2, shundan 2,75 million km2'i orollar hisoblanadi. Materikning uzunligi gʻarbdan sharqqa 16 ming km, eni shimoldan janubga 8 ming km. Yevrosiyoning materikdagi eng chekka nuqtalari shimolda Chelyuskin burni, janubda Piay burni, gʻarbda Roka burni, sharqda Dejnev burni. Yevrosiyoga Yer sharidagi quruqlikning 36,6%'i toʻgʻri keladi, materikda Yerdagi jami aholining qariyb 74%'i yashaydi. Aholisi 5,2 milliard kishi (19-oktabr 2017).[5][6]

Yevrosiyo
Maydoni 55,000,000 km²
Aholisi 5,262,489,285 (19-noyabr 2017)[1][2]
Aholi zichligi 93/km2
Etnoxoronim Yevrosiyolik
Davlatlar ~93 ta
Vaqt mintaqalari UTC−1 dan UTC+12gacha
Yirik shaharlar

Xitoy bayrogʻi Xitoy Beijing
Shanxay
Hong Kong
Dhaka
Karachi
New Delhi
Mumbay
Jakarta
Surabaya
Istanbul
Tehron
Parij
Brussel
Berlin
Frankfurt
Belgrad
Bagʻdod
Damascus
Athens
Rim
Tokyo
Pxenyan
Seul
Amsterdam
Kuala Lumpur
Manila
Warsaw
Moskva
Sankt-Peterburg
Singapur
Riyadh
Barselona
Madrid
Bangkok
Dubay
London

Toshkent

Yevrosiyoning janubi-sharqidagi bir qancha orollar janubiy yarimsharda joylashgan. Yevrosiyoni gʻarbdan Atlantika okeani, shimoldan Shimoliy Muz okeani, janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okeanlari va ularning chekka dengizlari oʻrab olgan. Yevrosiyo eng qadimgi madaniyat maydonidir. Yevrosiyoning iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyotida Yevrosiyo materigining turli qismlarini bogʻlovchi „Buyuk Ipak yoʻli“ning ahamiyati katta boʻlgan. Quruqlikning yaxlitligi, koʻpgina iqlimiy jarayonlarning umumiyligi, organik dunyo taraqqiyotining va boshqa tabiiy tarixiy hodisalarning oʻxshashligi Yevropa bilan Osiyoni yagona nom Yevrosiyo deb atashga imkon beradi. „Yevrosiyo“ tushunchasi geologiya va geografiya fanlariga 1883-yilda E. Zyuss tomonidan kiritildi.[7]

Yevroosiyo yer yuzasidagi eng katta eng baland materik (8848). Shimoliy yerimsharning sovuqlik qutbi mavjud. Yevroosiyo hududida sakkiz minglik 14 ta choʻqqining barchasi joylashgan. Qor chizigʻi eng balanddan oʻtgan joy balandlik qutbi (6400 m,Markaziy Tibet) shu yerda. Eng chuqur va eng katta koʻli bor, eng uzun lianalar (300) ham shu yerda oʻsadi.

Geografik oʻrni

tahrir

Yevroosiyo materigi Shimoliy yarimsharda toʻliq joylashgan (Malayya arxipelagining ayrim orollari ekvatordan janubda). Yevropa atamasi qadimgi finikiyaliklarning (assiriya) Yerep — gʻarb va Osiyo atamasi Osu esa sharq soʻzlaridan kelib chiqqan. Yevroosiyo materigi sharqda Bering boʻgʻizi orqali Shimoliy Amerikadan gʻarbda Gibraltar boʻgʻizi uni Afrikadan ajratib turadi. Yevroosiyoning Atlantika va Tinch okean qirgʻoqlari kuchli parchalangan. Materik atrofida minglab orol va koʻplab yarimorollar joylashgan.

Oʻrganilish tarixi

tahrir

Yevroosiyo eng qadimgi svilizatsiya markazi hisoblanadi. Materik toʻgʻrisidagi dastlabki geogrfik maʼlumotlar qadimgi faylasuf, tabiatshunos allomalardan Gerodot (er. Av. 485-425 -yillar) Geraklit , Strabon, Aflotun, Ptolomey va boshqalarning asarlarida berilgan. Yevroosiyoning ichki oʻlkalarini oʻrganishda Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning (783-850-yil) boshchiligida 70 ga yaqin olimlar Jahon xaritalarini tuzishgan. Zahiriddin Bobur Boburnoma asarida Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Hindiston hududining aholisi, xoʻjaligi haqida qimmatli malumotlar yozib qoldirgan.

Geologik tuzilishi

tahrir

Geologik jihatdan Yevroosiyo qadimgi mustahkam platformalardan va ularni tutashtiruvchi turli yoshdagi burmali mintaqalardan tashkil topgan. Qadimgi Lavraziya materigining parchalanishidan Yevroosiyo va Shimoliy Amerika ajralgan (65 million yil muqaddam). Hozirgi vaqtda Yevroosiyo materigida ikkita faol geosinklinal mintaqa bor: Alp-Himolay va Tinch okean olovli halqasi. Bu mintaqalarda harakatdagi vulqonlar, dahshatli zilzilalar tez-tez boʻlib turadi.Bu mintaqa togʻlari yosh, burmali, palaxsali togʻlar boʻlib, baʼzi joylarda zanjirli tizimlarni (Alp-Himolay), boshqa joyda togʻ tugunlarini (masalan Tibet, Pomir) hosil qiladi. Alp-Himolay geosinklinal mintaqasining Oʻrta dengiz qismida Etna, Strombolli, Vezuviy kabi harakatdagi vulqonlar, bizning oʻlkmiz — Oʻrta va Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli zilzilalar (Ashxobod — 1948, Toshkent — 1996, Hindukush — 2002, Eron — 2003 ba b.) bor. Bular yer poʻstining faolligidan dalolat beradi.

Tuproqlari

tahrir
Caption text
Tabiat zonalari tuproqlari
Arkrika sahrolari zonasi -
Tundra zonasi tundra-gleyli, torfli-gleyli
Oʻrmon tundra zonasi podzolli-gleyli, torfli-podzolli, botqoq
Tayga zonasi podzol
Aralash oʻrmonlar zonasi chimli-podzol
Keng bargli oʻrmonlar zonasi qoʻngʻir oʻrmon
Oʻrmon-dasht va dasht sur-qoʻngʻir, qora
Chalachoʻl zonasi qoramtir kashtan, tipik kashtan, och kashtan
Choʻl zonasi qumoq, shoʻrxok sur qoʻngʻir, och boʻz
Subtropik oʻrmonlar va butazorlar jigarrang
Ekvatorial nam oʻrmonlar zonasi ferralit-laterit
Himolay togʻlaridagi botqoqlashgan changalzorlar balandlik mintaqasi qorabalchiq-botqoq
Himolay togʻlaridagi tropik nam oʻrmonlar balandlik mintaqasi ferralit
Himolay togʻlaridagi subekvatorial doimiy yashil oʻrmonlar balandlik mintaqasi oʻrmon-qoʻngʻir
Himolay togʻlaridagi igna bargli oʻrmonlar balandlik mintaqasi chala-podzol
Himolay togʻlaridagi baland boʻyli subalp va past boʻyli alp oʻtloqlari balandlik mintaqasi togʻ-oʻtloq
Alp togʻlari podzol, qoʻngʻir
Gʻarbiy Sibir tabiiy geografik oʻlkasi tundra-gleyli, podzol, botqoq, unumdor qora
Sharqiy Sibir tabiiy geografik oʻlkasi tundra gleyli, torfli gleyli, botqoq, podzol
Buyuk Xitoy teksligi unumdor qoʻngʻir
Old Osiyo tabiiy geografik oʻlkasi och kashtan, qoʻngʻir va och jigarrang, oʻrmon qoʻngʻir, togʻ podzol
Himolay togʻlarida subtropik doimiy yashil oʻrmonlar balandlik mintaqasi oʻrmon-qoʻngʻir

Manbalar

tahrir
  1. „Population of Europe (2018) - Worldometers“. www.worldometers.info. Qaraldi: 31-mart.
  2. „Population of Asia (2018) - Worldometers“. www.worldometers.info. Qaraldi: 31-mart.
  3. Nield, Ted „Continental Divide“. Geological Society. Qaraldi: 8-avgust 2012-yil.
  4. „How many continents are there?“. National Geographic Society. — „By convention there are seven continents: Asia, Africa, North America, South America, Europe, Australia, and Antarctica. Some geographers list only six continents, combining Europe and Asia into Eurasia. In parts of the world, students learn that there are just five continents: Eurasia, Australia (Oceania), Africa, Antarctica, and the Americas.“. 2019-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2017. (Wayback Machine saytida 2019-07-16 sanasida arxivlangan)
  5. „Population of Europe (2018) - Worldometers“. www.worldometers.info. Qaraldi: 30-mart 2018-yil.
  6. „Population of Asia (2018) - Worldometers“. www.worldometers.info. Qaraldi: 30-mart 2018-yil.
  7. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Adabiyotlar

tahrir
  • Geografiya fanidan maʼlumotnoma. Akademnashr — 68-bet. ISBN 978-9943-6362-4-8. 
  • The Dawn of Eurasia: On the Trail of the New World Order by Bruno Maçães, Nashriyot: Allen Lane
  • D. Lane, V. Samokhvalov, The Eurasian Project and Europe Regional Discontinuities and Geopolitics, Palgrave: Basingstoke (2015)
  • V. Samokhvalov, The new Eurasia: post-Soviet space between Russia, Europe and China, European Politics and Society, Volume 17, 2016 – Issue sup1: The Eurasian Project in Global Perspective (Jurnal boshsahifasi)




  NODES
mac 1
os 57
text 1