Zeb-ziynat buyumlarizargarlik sanʼatida yaratiladigan bezak buyumlari, taqinchoklar. Ayol libosini boyitib, ularni yanada nazokatli va jozibali qilib koʻrsatishga xizmat qiladi. Asosan, oltin, kumush va boshqalardan yasalib, javohirlar qoʻyib bezatiladi, jimjimador qilib raxkori, kumushni qoraytirib sovodkori, panjarali qilib shabaka va boshqalar usullarda oʻyma va boʻrtma naqshli qilib turlicha ishla’ nadi, shokilalar bilan bezatiladi. Taqilishiga koʻra, bosh (tillaqosh, tillabargak, bodomoy, bibishak, gajak, koʻshduo va boshqalar), boʻyinkoʻkrak (turli marjon va marvaridlar, zebigardon, nozigardon, jevak, tangajevak, tavq, boʻyintumor, koʻkraktumor, qoʻltiqtumor kabi tumorlar, bozuband va boshqalar), soch (sochpopuk, tuf va boshqalar), quloqburun (buloqi, isirgʻalar va boshqalar) va qoʻl (uzuk, bilaguzuklar) Zeb-ziynat buyumlari xillari farqdanadi. Zeb-ziynat buyumlarining paydo boʻlishi tarixi juda qad. davrga borib taqaladi. Arxeologlar yuqori paleolit katlamlaridan topgan tosh munchoq, toʻgʻnogʻichlar, jez davriga oid bilaguzuk, toʻgʻnogʻich va tugmalar ilk ajdodlarning dastlabki bezaklari haqida xabar beradi. Keyingi davrlarda yaratilgan tilla buyumlar boʻrtma tasvirlar, sopol haykalchalar, oʻrta asrlarga oid devoriy rasmlar, qoʻlyozma asarlarga ishlangan miniatyuralarda aks etgan. Zeb-ziynat buyumlari vaqt oʻtishi bilan astasekin birbirini toʻldirib, 19-asr oxiri 20-asr boshida yaxlit toʻplamlarni vujudga keltirgan. Oʻzbekistonning turli viloyatlarida yasalgan zargarlik buyumlari oʻziga xos mahalliy xususiyatlari bilan birbiridan farq qiladi. Xorazmlik zargarlar tayyorlagan Zeb-ziynat buyumlari salmokdorligi, serhashamligi va koʻrinishi bilan ajralib turadi. Samarqand zargarlari yaratgan taqinchoqlarda Toshkent hamda Buxoro zargarligining taʼsiri seziladi. Mas, panjara usulida nozik did bilan qulflik qilib ishlangan bilaguzuklar Buxoro zargarlarining ishlariga yaqin. Buxoro zargarlarining Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati zargarlarining ishlariga ham taʼsiri katta boʻlgan. Toshkentlik kelinlar toʻyida (nikoh libosi bilan birga) boshga tillakrsh, tillabargak, gajak, quloqqa isirgʻa, boʻyinga koʻkrakka tushib turadigan zebigardon, jevak, xafaband, marjon, boʻyintumor, sochga sochpopuk, qoʻltiqqa qoʻltiqtumor, qoʻlga bilaguzuk va uzuklar taqqan. Samarqand kelinlarining Zeb-ziynat buyumlari (tillabargak, tillakrsh, gajak, isirgʻa, sochpopuk, tavq, marjon, koʻkraktumor, zebigardon yoki haykal, bilaguzuk va uzuk) toshkentlik kelinlarnikiga yaqin boʻlgan. Xiva kelinlarining taqinchoklari (takyatuzi, osmaqanot, butuntirnoq, oʻqyoy, shokila va boshqalar) oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Shunga koʻra, turli markazlarda yaratilgan Zeb-ziynat buyumlari toʻplamlari umumiylikka ega boʻlib, mahalliy oʻziga xoslik qismlarda namoyon boʻladi. Bu toʻplamlar bir namuna koʻrinishiga ega boʻlib, qatʼiy boʻlmagan, u har bir xonadonning iqtisodiy ahvoliga qarab u yoki bu darajada boyitilgan. Ayollar Zeb-ziynat buyumlari ni toʻlatoʻkis holatda kelinlik davrining dastlabki 1–2 yil ichida, toʻytantanalarda taqishga harakat qilgan, boshqa vaqtda yengil qarakat qilishga xalaqit bermaydiganlari (uzuk, bilaguzuk, isirgʻa va boshqalar)ni taqqan. Zirak, bilaguzuk, har xil munchoklar (munchoq, qalampirmunchoq)ni qizchalarga juda kichikligidan boshlab taqa boshlashgan, chunki ular bezak boʻlish bilan birga yomon nazardan asrash vazifasini ham bajargan. 20-asr 20-yillarida zargar ustalar artellarga birlashdi, anʼanaviy serhasham va ogʻir Zeb-ziynat buyumlari oʻrniga xalq didiga moye boʻlgan yengil, qulay va nafis isirgʻalar (qashqarboldoq, "isirgʻabarg", buxori zirak – "shibirma", "ayzirak", ilon zirak va boshqalar), yoqut koʻzli uzuklar, bilaguzuklar yasala boshlandi, xom ashyo sifatida mis, kumush va tilla bezaklardan, qisman davlat ajratgan tilladan foydalanildi. 1963 yilda Toshkent zargarlik fabrikasi (1972 yildan zavod) ishga tushdi, u yerda tilla zanjirlar, yoqut, feruza, gavhar va boshqalar qimmatbaho toshlardan koʻzlar qoʻyib ishlangan zirak va uzuklar, bilaguzuklar, nikoh uzuklari koʻplab i.ch. yoʻlga qoʻyildi. Nozik did va mahorat bilan ishlangan bu qulay va nafis taqinchoqlarni ayollar doimo taqib yurish imkoniyatiga egadir. Zargarlar yangi Zeb-ziynat buyumlari (jumladan, qashqarboldoq, buxoro isirgʻasi "shibirma", toʻgʻnogʻich, bilaguzuk, marjon va boshqalar) bilan bir qatorda anʼanaviy taqinchoqlarni (mas, isirgʻa, uzuk, bilaguzuk, marjonlardan iborat "Bozuband", "Oynazirak" va boshqalar toʻplamlari, 90-yillar) yangicha oʻziga xos bezaklar bilan yaratmoqda.[1][2]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Zargarlik buyumlari xususiyatlari, 2021-06-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-06-21
  NODES