Bu sahifa uchun yana markaziy meta-wikiga qarang.

Umuman yangi maqolalarni yaratish Vikilugʻatni kengaytirishda (va teranligini oshirishda) yordam berishning eng afzal yoʻlidir. Quyida siz Vikilugʻat sahifasini qanday „boshlash“ bilan tanishasiz:

Sahifani boshlash

tahrirlash

Vikilugʻatda maqola yaratishni xohlagan soʻzni shunchaki „Qidirish“ maydoniga (odatda ekraningizning oʻng yuqorisida koʻrinadi) kiritish va Enter tugmasini bosish orqali boshlash mumkin. Agar soʻzga taaluqli maqola mavjud boʻlsa, unda ushbu maqola ochiladi, aks holda ushbu maqola mavjud emasligi haqida maʼlum qiluvchi sahifa kelib chiqadi. Ikkinchi holda, siz tahrirlamoqchi boʻlgan soʻzga yoʻnaltiradigan qizil rangdagi havolani bosish lozim. Shundan soʻng, oynada boʻsh sahifa paydo boʻladi. Ushbu sahifaga siz istalgan mazmunni kiritishing mumkin. Maqolalarda maʼlumotni qay tarzda kiritish kerakliligi haqida koʻproq maʼlumot olish Help:How to edit a page (ingliz tilida) sahifasini qarang. Mazmunni kiritishni tugatganingizdan soʻng, sahifa qanday koʻrinishga ega boʻlishini koʻrish uchun, chiqib kelgan oyna pastidagi „Koʻrib chiqish“ tugmasini bosing. Agar natija siz hoxlaganday boʻlsa, unda sahifa pastidagi „Sahifani chop etish“ tugmasini bosing. Shundan soʻng barcha koʻrishi mumkin boʻlgan yangi sahifa yaratiladi.

Sahifani mavjud qizil havola orqali boshlash

tahrirlash

Vikilugʻat sahifalari ichida odatda moviy va qizil rangdagi oʻtilajak havolalarini uchratish mumkin. Moviy havolalar mavjud sahifalar boʻlib, qizil havolalar hali yaratilmagan sahifalardir. Ushbu havolani bosganda, ekranda boʻsh sahifa paydo boʻladi.

Siz bilishingiz kerak boʻlgan masalalar

tahrirlash

Oʻz qumlogʻingizni boshlash

tahrirlash

Qumloq ― bu foydalanuvchilar uchun moʻljallangan tahrirlash bilan tarjiba qilib koʻrish joyi. Foydalanuvchining vikilugʻatdadagi tajribasidan qatʼiy nazar, qumloq barcha darajadagi foydalanuvchilar uchun moʻljallangan. Vikilugʻatda barcha uchun moʻljallangan Qumloq mavjud, uning mazmuni muntazam tarzda tozalanilib turiladi. Roʻyhatdan oʻtgan foydalanuvchilar oʻzi uchun moʻljallangan qumloq sahifasini yaratishlari mumkin. Buning uchun foydalanuvchi Foydalanuvchi:FoydalanuvchiNomingiz/Qumloq yozuvini Vikilugʻat qidiruv sohasiga kiritish va soʻngra oʻtish tugmasini bosish (Enter tugmasi yoki yozuv yonidagi qidiruv belgisi) orqali yaratishlari mumkin.

Koʻproq koʻrish

tahrirlash

Koʻproq maʼlumotni quyidagi sahifalarda topish mumkin:

  NODES
os 22