Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

davr

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

a. دَوْر — aylanish, aylana; almashinish, navbat

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

1 Jamiyat taraqqiyoti-da yoki tabiatda muhim voqea, hodisa yuz bergan yoki oʻziga xos xususiyati bilan ajralib turadigan maʼlum vaqt oraligʻi. ◆ Quldorlik davri. Feodalizm davri. Kapitalizm davri. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davri. Tosh davri. Temir davri. n ◆ Oʻzbe-kiston olimlari olib borayotgan arxeologik qazishmalarning tarixiy diapazoni tosh davridan to oʻrta asr oxirigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Gazetadan . ◆ Qancha davrlar oʻtsa ham, boʻyoqlari xuddi bugun surilganday yap-yangi turgan bu ajoyib binolar Boburning qalbidagi zafar zavqiga zavq qoʻshdi. P. Qodirov, „Yulduzli tunlar“ . ◆ Buning ustiga oʻsha davr tarixchilari Temur zabardast, xiyla chiroyli odam boʻlganini yozib qoldirganlar. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .

2 Tarixda biror shaxe yoki kishilar guruhi, sulolaning nomi bilan bogʻlangan vaqt, zamon. ◆ Temuriylar davri. Navoiy davri. n ◆ Bobur Mirzoning orzulari shulkim, Movarounnahr yana Ulugʻbek davridagi kabi birlashsa, poytaxt asliga qaytsa.. P. Qo-dirov, „Yulduzli tunlar“ .

3 Shaxs hayotidagi maʼlum vaqt. ◆ Yoshlik davri. Talabalik davri. n ◆ Xolidaning yoshlik davrida ayollarning koʻzi kur edi, tikanii koʻrmasdan bosardi. I. Rahim, „Chin muhabbat“ . ◆ Oʻtgan yarim ayerli murabbiylik davrim men uchun ham katta hayot darsxonasi boʻldi, koʻp narsa oʻrgandim. Gazetadan . ◆ Oftob oyimning: “..nega qirq kokil qiliboʻrmaysan ” degan soʻrashiga: “Qizingiz endi qizlik dav-ridan oʻtib, kelinlik davriga kirdi”, deb kuldi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

4 Biror bir avlod yashagan yoki yashayotgan vaqt; ayni yashab turilgan vaqt, zamon, zamona. Oʻz ◆ davrining har yirik voqeasi Oybek ijodida yorqin aksini topdi. Gazetadan . ◆ Davrimiz har bir sohani kompleks ravishda hal etishni taqozo etyapti. Gazetadan . ◆ Choʻlquvarlar va qahramonlar davr bahodirlaridir. "Oʻzbekiston quriqlari" . ◆ Badiiylik va yangidan-yangi estetik kash-fiyotlar yaratishimizni davr taqozo et-moqda. Gazetadan . ◆ Oʻqish kerak, davr bilan birga borish kerak. "Oʻzbekiston qurikdari" . ◆ Davr taraqqiyoti institut olimlari va mutaxassislari oldiga yangi-yangi vazifalar qoʻymoqda. Gazetadan .

5 Biror ish-harakat, tadbir bajari-ladigan muayyan vaqt. ◆ Hisobot davri. n ◆ Gʻoʻza parvarishining qizgʻin davri. Har soat gʻanimat. R. Fayziy, „Choʻlga bahor keldi“ . ◆ Hisobot davrida yigit-qizlarning asosiy diqqat-eʼtibori paxtachilikni rivojlan-tirishga, uning samaradorligini oshirishga qaratshzdi. Gazetadan .

6 Maʼlum hodisa, voqea, jarayonda oʻzga-rish sodir boʻladigan muddat. ◆ Oʻsimlik-larning oʻsish davri. n ◆ Biz avvalo oʻsimlik-larning oʻsish davrini qisqartirish va ho-sildorlikni oshirishga erishdik. "Fan va turmush" . ◆ Hosil tugish davrida gʻoʻzani chekanka qilish muhim agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanadi. Gazetadan . ◆ Buqoqning ayni avj olgan davri ekan. I. Shamsharov, „Ziyolilar“ .

7 maxe. Takrorlanuvchi jarayon yoki xos-salarning har bir takrorlanishida uning boshlanishidan to oxirigacha oʻtadigan vaqt. ◆ Bitta toʻla tebranish uchun ketgan vaqt davr deb ataladi. “Fizika kursi” . ◆ Kalendar Kuyosh, Yer, Oy va Yupiter sayyorasi hara-katining astronomik davrlariga asoslanib tuzilgan. "Fan va turmush" . ◆ Qatorning, ele-mentlar xossasining izchillik bilan oʻzga-rishini oʻz chegarasi ichiga olgan qismini.. Mendeleyev davr deb atadi. "Kimyo" darsligi .

8 geol. Geologik sistemani tashkil qi-luvchi togʻ jinslarining hosil boʻlishiga ketgan vaqt.

9 Kishining omadi kelgan, ishi yurish-gan chogʻlar; rohat-farogʻatli zamon. ◆ Hozir bizga davr kelgan vaqt. Davrimizda oʻynab olaylik. m ◆ Davrimizda yuravermaysizmi, doʻstim, bir kishini qanotimiz tagiga ololmasak, nima qilib yuribmiz. "Mushtum" . ◆ Qoʻlingdan ketmasin davring, davroning, Oydin koʻlga qushing chuygin, Avazjon. "Avazxon" . ◆ ..hozir sizlarning davringiz, qoʻlingizdan kelganini bizning haqqimizdan ayamang. Bir kun yana bizning davrimiz kelar. S. Ayniy, „Qullar“ . ◆ Gul yuzimga, buvi, muncha termulding, Ularning davrida oʻynading-kulding. "Erali va Sherali" .

Davr surmoq 1) hukmronlik qilmoq. ◆ Davr kelsa, ur, begim, davron kelsa, sur, begim. Maqol . ◆ tsh Xoʻp podsholar davr surgan ekanlar-da, a! P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ Davr surmoqchi boʻldi, Bek boʻp turmoqchi boʻldi. "Oysuluv" . ◆ Otang podsho, sen qadimdan toʻrasan, Olt-mish toʻrt yil boʻldi — davring surasan. "Erali va Sherali"; 2) rohat va farogʻatda yashamoq . ◆ Oq eshon Xudoyorxon vaqtida xoʻp davr surdi. K. Yashin, „Hamza“ . ◆ Shu kishining orqasidan davr surib yuribmiz, axir. "Mushtum" . ◆ Vasiliy qishloqqa yangi kelgan paytida Asqar mullaning davr surgan payti edi. S. Zunnunova, „Olov“ . Davri falak ayn. davroni falak q. davron.

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

ДАВР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

davr (koʻplik davrlar)

OʻTIL

davr
1 эпоха, эра, век; ◆ tosh ~i геол. каменный век; ◆ feodalizm ~i эпоха феодализма; ◆ Ulugʻ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasi kishilik tarixida yangi ~ni boshlab berdi Великая Октябрская социалистическая революция открыла новую эру в истории человечества;
2 время, пора; период; стадия; годы; ◆ studentlik ~i студенческие годы; ◆ oʻsha ~da в то время, в ту пору, в тот период; ◆ hisobot ~i отчётный период; ◆ gʻoʻzaning vegetatsiya ~i стадия вегетации хлопчатника;
3 спец. период; tebranish davri период колебания;
4 перен. счасливое время, счастливая пора; счастливая звезда; ◆ uning ~i oʻtdi его звезда закатилась; ◆ ~ surmoq, ~-davron surmoq 1) властвовать, господствовать; 2) жить в своё удовольствие.

  NODES