esdalik
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlashes-da-lik
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlashMaʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi
tahrirlash1. Esda qolgan taassurot, xotira. ◆ Otam shu mavzuda oʻz esdaliklaridan bir voqeani naql qildi. S. Ayniy, „Esdaliklar.“ ◆ Asqar Aminovichning gaplari koʻnglining eng chuqurida yotgan esdaliklarini yana qoʻzgʻab, xayolini agʻdar-toʻntar qilib yuborgan edi. O. Yoqubov, „Izlayman.“
2. Xotira ramzi yoki xotira boʻlib qolgan narsa; yodgorlik. ◆ Bobodan qolgan esdalik. Esdalik sovgʻalar. ◆ Bu joylarni rasmga olib qoʻysangiz, yaxshi boʻlardi. Hammamizga esdalik boʻlib qolardi. I. Rahim, „Tinimsiz shahar.“ ◆ Xalqimiz, avlodlarga esdalik boʻlsin, deb chinor ekadi. Gazetadan.
- Esdalik daftari 1) taassurotlarni yozib qoldirish uchun qoʻyilgan daftar (mas., muzeyda, koʻrgazmada); 2) xotiralar yozib boriladigan kundalik daftar. ◆ Chang bosib yotgan esdalik daftarimni yaqinda eski kitoblar orasidan topib oldim. U. Usmonov, „Sirli sohil.“
Sinonimlari
tahrirlashAntonimlari
tahrirlashЭСДАЛИК. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
tahrirlashSifat
tahrirlashesdalik
Ruscha ru
esdalik
воспоминание, память (о ком-чём-л.); памятка; ◆ otadan qolgan ~ память от отца; ◆ adabiy ~lar литературные воспоминания; ◆ yoʻl ~lari путевые воспоминания; ◆ ~ daftari памятная книжка; дневник (напр., путевой); ◆ ~ uchun на память.