faxriy
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlashfax-riy
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlasharab. — xurmatli, sharafli, muhtaram;
Maʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi
tahrirlash1. Alohida, katta xurmatga sazovor boʻlgan; eng hurmatli. Faxriy aʼzolar. ◆ Jamoaning faxriy aʼzosi. Shahrimizning faxriy fuqarosi.
- Faxriy qorovul 1) biror davlat arbobi yoki rasmiy kishilar xurmati uchun qoʻyiladigan (saf qilinadigan) harbiy boʻlinma. ◆ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Gazetadan. 2) marhum hurmati uchun tobut qoshida turadigan kishilar.
2. Alohida xizmatlari uchun hurmat yuzasidan beriladigan, taqdirlanadigan. ◆ Faxriy yorliq. Faxriy unvon . ◆ Oʻgʻlim bilan katta maydonda Egalladim bukun faxriy joy.. H. Poʻlat.
3. Hurmat yuzasidan saylanadigan. Uzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining faxriy azosi.
4. Hurmat, shon-sharaf va shuhrat baxsh etadigan, gʻururlanishga arziydigan. ◆ Qisqa qilib aytganimizda, uzbek sanʼati va adabiyoti katta, lekin faxriy sinovdan oʻtdi. T. Obidov, „Yusufjon qiziq.“
5. Ijtimoiy-siyosiy hayotning, kasbkorning, Vatan mudofaasining biror sohasida uzoq muddat faoliyat koʻrsatgan shaxs. ◆ "Nuroniy" faxriylar jamgʻarmasi. ◆ U barchaning hurmatiga sazovor mehnat faxriysidir. Gazetadan.
Sinonimlari
tahrirlashAntonimlari
tahrirlashФАХРИЙ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
tahrirlashfaxriy