Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

i-lon

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

ILON ’uzun dumaloq tanali, terisi yordamida sudralib harakatlanadigan, koʻzlarida qovogʻi yoʻq jo — nivor’. I l o n oftobda kulcha boʻlib yotardi. Bu ot qadimgi turkiy tildagi ’qimirla-’, ’jil-’ maʼnosini anglatgan yïl- feʼlidan -(a)n qoʻshimchasi bilan yasalgan (Devon, III, 36; DS, 266); oʻzbek tilida soʻz bosh — lanishidagi y undoshi talaffuz qilinmay qoʻygan, a unlisi â unlisiga almashgan, ï unlisining qattiqlik belgisi ioʻqolgan: yïl- + an = yïlan > ïlan > ilân.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

1 Sudralib yuruvchi, oyoqsiz, ta-nasi ingichka va uzun, koʻzlari shaffof qovokdar bilan qoplangan jonivor. ◆ Boʻgʻma ilon. Zaharli ilon. Zaharsiz ilon. Koʻzoynak-li ilon. Oq ilon. Suv ilon(i). Qora ilon. Ilon chaqqan ola arqondan qoʻrqar. Maqol .

2 Muchal yil hisobida oltinchi yil nomi; mor.

Ilon yili Muchal yil hisobida oltinchi yil (s. muchal).
Yer tagida (yoki ostida) ilon qimirlasa, bilmoq Juda ham ziyrak, sezgir; ustomon kishi haqida. ◆ Yer tagida ilon qimirlasa, biladigan bazzoz shahardagi hamma voqealar-dan xabardor edi. M. Osim, „Oʻtror“ . ◆ Begoyim yer ostida ilon qimirlasa, biladigan quv xotin. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . Yotgan ilonni (boshini) qoʻzgʻamoq Zarar yetkazadi-gan, lekin tinch yotgan shaxe yoki narsani qoʻzgʻatish, "ishga tushirish" maʼnosida. Ilon izi Egri-bugri, ilang-bilang. ◆ Ilon izi yoʻllar. Ilon izi chiziq. m ◆ Qizlar ichida hali toʻgʻri chokni ilon izi qilib tikuvchi-lar yoʻq emasdi. U. Nazarov, „Zamon“ . ◆ Ilon izi boʻlib ketgan yolgʻizoyoq yoʻlni boʻron oqibati-da qum bosib qolgan edi. Sh. Rashidov, „Boʻron-dan kuchli“ . Ilon poʻst tashlaydi(gan) Chidab boʻlmas darajadagi gap-soʻz, toqat qilib boʻlmaydigan haqorat haqida. ◆ Gaplariga ilon poʻst tashlaydi. shsh -Oʻzingiz ham ilon poʻst tashlaydigan gap qildingiz-da, — dedi u xu-shomadgoʻylik qshshb. I. Rahim, „Ixlos“ . Ilon chiqqan Hech kim kirmaydigan, tashrif bu-yurmaydigan xona, xonadon va shu kabilar haqida. ◆ Oh, onaginang aylansin, uyimdan ilon chiq-qan! Mushtumga yozadigan gap bor.. "Mushtum" . ◆ ..oʻsha voqeadan soʻng, onalar taʼbiricha, "ilon chiqqan" bu koʻchaga [Otabekning] birinchi ki-rishi, birinchi jasorati edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . Ilonning yogʻini yalagan Oʻta ayyor, ustomon. ◆ Mirzakarimboy ilonning yogʻini yalagan odam edi: hamma boylar kabi ayyor, mugʻambir, puxta-pishiq.. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

ИЛОН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

ilon
змея; ◆ boʻgʻma ~ удав; ◆ oynakli ~ кобра; ◆ sariq ~ желтопузик; ◆ suv ~ 1) водяной уж; 2) перен. доносчик, кляузник; сплетник; ◆ oʻq ~ стрелка, стрела-змея; ◆ qora ~ гадюка; ◆ ~ yili год змеи (шестой год двенадцатилетнего животного цикла; см. muchal); ◆ ~ izi 1) извилина; 2) извилистый; ◆ ~ izi yoʻl извилистая дорога; ◆ ~ning yogʻini yalagan (по)лизавший сало змей (об очень хитром, коварном человеке); ◆ bu gaplarga ~ poʻst tashlaydi из-за этих слов и змей сбросит кожу (о крепком выражении); ◆ yer tagida ~ qimirlasa biladi (или sezadi) (букв. если под землёй пошевелится змея, он почувствует) он на два аршина под землёй видит; ◆ ~dan - ~, chayondan - chayon посл. (букв. от змеи - змеёныш, от скорпиона - скорпион); ◆ yotgan ~ning boshini qoʻzgʻamoq шевелить голову лежащей змеи (т. е. ворошить старое, давно забытое дело).

  NODES