lafz
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlashlafz
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlasha. 1ch o 1 — talaffuz; soʻz, ibora
Maʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi
tahrirlash1 kt. Soʻz, kalima; til. ◆ Birdan erining shoshilmay, ochiq chehra, shirin lafz bilan kirib kelgani Oysha xolaga nashʼa qilib ketdi. Sh. Toshmatov, „Erk qushi“ . ◆ Bularning lafziga quloq solib turgan Lolaxon oʻzini tutolmay otiladi. U. Ismoilov, „Saylanma“ .
- Lafzi tez Ogʻziga kelgan soʻzni qaytar-maydigan, salga jaxli chiqib gapirib yubo-raveradigan. ◆ Kumushingizning feʼli-avtori oʻzimga maʼlum: erka oʻsgan, lafzi tez. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .
2 koʻchma Berilgan vaʼda, axd, soʻz. ◆ Hozir Nodirning yuragida nomus oʻti, yigitlik lafzi, oriyatidan koʻra xudbinlik, oʻjarlik ustun turardi. Sh. Gʻulomov, „Yorqin ufkdar“ . ◆ Paxtakorning odaticha shunday: soʻz berdingmi, lafzingda tur! P. Shermuhamedov, „Piskentlik pahlavon“ .
- Lafzi yoʻq Soʻzida, axdida turmaydigan, vaʼdasini bajarmaydigan. Lafzi halol Chin soʻzli, azdida turadigan, vaʼdasining usti-dan chiqadigan. ◆ Lafzi halol, quroldosh doʻstlar Oʻrinlaydi ahdu paymonni. Yo. Mirzo . Lafzini yutmoq yoki lafzidan qaytmoq Ahdi-dan qaytmoq, aytgan gapi, bergan vaʼdasi-dan tonmoq.
Sinonimlari
tahrirlashAntonimlari
tahrirlashЛАФЗ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
tahrirlash- Inglizcha: work
Ruscha ru
lafz
слово; ◆ ~i tez nevozderjanniy na yazik; ◆ ~iga ishonmoq verit (кому-л.) na slovo; ◆ ~i yoʻq или ◆ ~ida turmaydigan ne sderjivayuщiy svoego slova; ◆ El oldida Koʻkanning hech qolmay ~i (Ѓ. Ѓulom, „Koʻkan“) Narod perestal verit Kukanu na slovo; ◆ ~dan qaytmoq, ~ini yutmoq otkazivatsya ot dannogo slova; ne sderjivat dannogo slova, ne vipolnyat obeщaniya; ◆ ~i halol 1) chestnoe slovo; 2) chestniy, sderjivayuщiy svoyo slovo.