Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

o-chiq

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

1 Hech narsa bilan bekitilma-gan, toʻsilmagan. ◆ Ikki tomoni ochiq shiypon. Tepasi ochiq yoʻlak. yash Iskandar esa qizil dasturxonni yana xazina ustiga yopdi-da, tokchadan soqol oladigan asboblarini olib, ochiq shiyponga chiqdi. M. Mansurov, „Yombi“ .

2 Bekitilmagan, mahkamlanmagan, qulf-lanmagan. ◆ Ochiq darvoza. Ochiq deraza.

3 Yalangʻoch. ◆ Ochiq badan, sh ◆ Politsiya bosh-ligʻi.. pishiq oʻrilgan charm qamchin bilan Yoʻlchining ochiq koʻkragini va boʻynini uzib oldi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

Ochiq eshik Hamma uchun kirish mumkin boʻlgan joy.

4 kesim vazifasida. Berk emas, ochilgan holda. ◆ Darvoza lang ochiq. n ◆ Eshik va darichalar ochiq boʻlsa ham, uyda birov koʻrinmadi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Kechagi borjom ogʻ-zi ochiq qolibdi, gazi chiqqandan keyin bir pulga qimmat. A. Kdhhor, „Sanʼatkor“ .

5 Yorilgan, ochilgan. ◆ Mana bu ochiq pis-talar ham oʻzimizning togʻlarniki! Sh. Xol-mirzayev, „T“ . Usmonov, Soʻnmas oʻt.

6 koʻchma Ravshan; aniq; ayon; koʻrinib, bilinib turadigan. ◆ Qiisyuq aholisi Mulla Oʻsar degan ochiq fikrli oʻrta dehqonni komissar qilibsayladi. M. Oʻrinxoʻjayev, „Unu-tilmas kunlar“ . ◆ U oʻzini juda erkin tutar va har bir savolga ochiq, toʻgʻri javob berar edi. Oydin, „Ikki koʻzi shunda“ . ◆ Qorongʻu boʻlsa ham, Oʻzbek oyimning tusidagi shodlik bel-gilari ochiq koʻrinib turar edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

7 Toʻgʻri, haqiqiy. ◆ Ochiq gap.

Ochiq gapirmoq (yoki aytmoq, soʻzlamoq) Yashirmasdan, hammasini aytmoq; toʻgʻrisi-ni aytmoq. ◆ Elmurod koʻnglidagini ochiq ay-tibqoʻya qoldi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . Ochigʻi-ni aytganda, men siz bilan sira uchrashmoqchi emas edim. N. Safarov, Sharqtongi.

8 Hech kimdan yashirilmagan. ◆ Ochiqmuno-sabatlar. Ochiq qarshilik. n ◆ Dushmanli-gimni ochiq bildirib, qaytaga hayotimni xavf ostiga qoldirdim chamamda. "Sharq yulduzi" .

9 koʻchma Hamma, xoxdagan kishi qat-nashsa boʻlaveradigan. ◆ Ochiq savdo. Ochiq sud. Ochiq chempionat., m ◆ Oʻrmonjon.. aktivlar ishtiroki bilan boʻladigan ochiq partiya majlisining vazifasini tushuntirib be-ribdi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . ◆ Shu hafta ichi ochiq dars oʻtkazishni boshlaymiz. S. Zunnunova, „Olov“ .

10 Rangi tinik, shoʻxshang. ◆ Ochiq chit.

11 Xushfeʼd, yuragida kiri yoʻk; xushchaq-chak◆ Ochiq qiz. vt U [Ali] ichi kirsiz, serkul-gi, ochiqqina bir yigit.. edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

Ochiq koʻngil yoki koʻngli ochiq q. koʻngil. Ochiq chehra q. chehra.

12 tar. Paranji tashlagan, ozodlikka chiqkan (xotin-qizlar haqida). ◆ Bir kuni besh-oltita ochiq xotin orasiga tushib qolib, ne vaqtgacha koʻnglim gʻash, taʼbim kir boʻlib yurdim. A. Qahhor, „Mayiz yemagan xotin“ . ◆ Yigʻilganlarning koʻpchiligi xotin-qizlar boʻlib, ular orasida ochiqlar ham, paranji-lilar ham bor edi. S. Zunnunova, „Gulxan“ .

Beti (yoki yuzi) ochiq Uyat-nomusni bil-maydigan, behayo, odobsiz. Boshi ochiq 1) kali unashtirilmagan, nikoh qilinmagan. ◆ Endi u [Munavvar] boshi ochiq qiz bola emas. Oilali. S. Anorboyev, „Mehr; 2) hech kim hali savdo qilib olmagan, sotilmagan“ . ◆ Boshi ochiq mol. Koʻzi ochiq Oʻlmagan, hayot, tirik. ◆ Lut-finisaning koʻzi hali ochiq, tanasi sovi-magandi. S. Ahmad, „Ufq“ . Masalani ochiq qoldirmoq Masalani hal qilishni keyinga qoldirmoq. Orani ochiq qilmoq q. ora. Ochiq aksiyadorlik jamiyati iqt. Ishtirokchilari oʻzlariga qarashli aksiyalardan erkin foy-dalanishi mumkin boʻlgan jamiyat. Ochiq bozor Tovarning boshqa yerdan erkin kel-tirilib va chegaralanmagan mikdorda oldi-sotdi qilinishi. Ochiq boʻgʻin tlsh. Unli tovush bilan tugagan boʻgʻin. Ochiq dengiz Barcha davlatlar erkin foydalanadigan dengiz sahni. Ochiq xat Hamma oʻqishi uchun odatda matbuotda eʼlon qilinadigan ras-miy xat. Ochiq havo 1) bulutsiz, begʻubor osmon. ◆ Sovuq bir oz yumshab tushgan, quyosh ochiq havoda harakat etmoqda edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar; 2) usti yopilmagan joy, tashqari, dala“ . ◆ Mana chinakam bola-lik: ..maktab sahnida ochiq havoda fizkultura mashqlari qilish, shashka-shaxmat oʻynash, qoʻshiqlar aytish. P. Tursun, „Oʻqi-tuvchi“ . Chakagi ochiq ayn. jagʻi ochiq q. jagʻ. Qoʻli ochiq q. qoʻl.

Sinonimlari

tahrirlash

Ochiq

Tarjimalari

tahrirlash

OʻTIL

ochiq
1 открытый, раскрытый; // открыто; ◆ ochiq eshik 1) открытая дверь; 2) открытый дом (место, куда каждый может прийти); ◆ eshik lang ochiq дверь раскрыта настежь; ◆ narsalar hovlida ochiq-chochiq yotibdi вещи разбросаны по двору;
2 ясный (о погоде); // ясно; ◆ bugun havo ochiq сегодня ясно;
3 ясный, разборчивый, чёткий; // ясно, разборчиво, четко; ◆ ochiq yozmoq писать разборчиво;
4 открытый, откровенный; // открыто, откровенно; ◆ ochiq soʻz откровенный разговор; ochigʻini aytganda откровенно говоря; ◆ ochiqdan-ochiq яснее ясного, совершенно ясно; совершенно открыто; ◆ ochiq-oydin 1) совершенно ясный; очевидный; 2) очевидно; 3) откровенный; 4) откровенно, прямо;
5 перен. радушный, весёлый; добродушный; ◆ ochiq yuz(li) радушный, приветливый; ◆ ochiq chehra bilan радушно, приветливо; ◆ bugun uning chehrasi ochiq сегодня он в хорошем настроении; ◆ ochiq yigit весёлый парень; ◆ qoʻli ochiq щедрый, широкая натура;
6 перен. открытый, доступный всем; ◆ ochiq partiya majlisi открытое партийное собрание; ◆ ochiq sud открытый суд;
7 открытая, раскрепощенная, сбросившая паранджу; ◆ Yigʻilganlarning koʻpchiligi xotin-qizlar boʻlib, ular orasida ochiqlar ham, paranjiliklar ham bor edi (С. Зуннунова, «Гулхан») Большинство собравшихся были женщины, среди которых были и открытые, и закутанные в паранджи; ◆ 

  • ochiq xat открытое письмо; ◆ ochiq imzo разборчивая подпись; подпись, при которой фамилия пишется полностью; ◆ oramiz ochiq мы в расчёте, мы квиты; ◆ boshi ochiq 1) свободная, ещё не просватанная; 2) ещё не тронутый, не купленный, не нашедший покупателей (о товаре); beti (или yuzi)◆ ochiq бесстыжий.
  NODES