Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

qir-gʻoq

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

QIRGʻOQ 'chet', 'yoqa\ 1 sohil1. Amu ohar hir-gʻ o h n i yuvib, Kunlar oʻtar kunlarni quvib /Gʻayra-tiy). Qadimgi turkiy tilda qïrgʻagʻ tarzida talaffuz qilingan bu soʻz 'toʻn jiyagi, chalmasi' maʼnosini ang-latgan (Devon, II, 333); keyinchalik maʼno kengayishi voqe boʻlib, 'narsaning cheti, hoshiyasi' maʼnosini anglata boshlagan; hozirgi oʻzbek tilida bu soʻz asosan 'katta oqin suvning yoqasi' maʼnosini anglatish uchun ishlatiladi. Bu ot asli 'chet' maʼnosini anglatuvchi qïr otidan —gʻa qoʻshimchasi bilan yasalgan feʼlga —q qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan; tovush jihatidan quyida-gi oʻzgarishlar sodir boʻlgan: soʻz oxiridagi gʻ undoshi q undoshiga, a unlisi â unlisiga almashgan, ï unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: (qïr + gʻa = qïrgʻa-) + gʻ = qïrgʻagʻ > qïrgʻaq > qirgʻâq.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

1 Suv havzalari va oqar suvlar bilan kuruqlik tutashgan kambar yer; lab, boʻy, yoqa; sohil. Daryo qirgʻogʻi. Koʻl qirgʻogʻi. Dengiz qirgʻogʻi. n ◆ Amu oqar qirgʻoqni yuvib, Kunlar oʻtar kunlarni quvib. Gʻayratiy . ◆ Farida qurbaqa suzish qilib, qirgʻoqqa qarab borar ekan, suv purkab kuldi. P. Qodirov, „Uch ildiz“ .

2 Yoyiq narsalarning, yoʻl yoki maydon-ning cheti; zih, qir. Roʻmolning qirgʻogʻi. Paxtazorning qirgʻogʻi. n Adolat.. konvert-ni oldi-da, kichkinagina qaychisi bilan qir-gʻogʻini qiydi. I. Rahim, Chin muhabbat. [Mu-rod] Musht bilan stol qirgʻogʻini urgan edi, stakanlar jiringlab sakrab ketdi. S. Axmad, Qadrdon dalalar.

3 Chuqur narsalarning yuqori chegarasi, cheti, yoqasi. Jarning qirgʻogʻi. Chelakning qir-gʻogʻi. n Haytovur, jahannamning qirgʻogʻiga chiqib oldik. Oybek, Quyosh qoraymas.

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

ҚИРҒОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

qirgʻoq
1 берег, побережье; daryo qirgʻogʻi берег реки; dengiz qirgʻogʻi морское побережье; ◆ qirgʻoq boʻyidagi yerlar прибрежная полоса;
2 кромка; matoning qirgʻogʻi кромка ткани;
3 край; jar qirgʻogʻida на краю обрыва; mudofaaning oldingi qirgʻogʻi передний край обороны.

  NODES