Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

taj-ri-ba

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

[ya. — sinov, eksperi

ment; malaka, mahorat; biror xislatni, ish-harakatni sinab koʻrish] 1 Muayyan maqsad-da amalga oshiriladigan, bilish, aniqlash, sinash va shu kabilarga qaratilgan ish, faoliyat. ◆ Tajriba oʻtkazmoq. Tajriba natijalari. Tajribada sinab koʻrmoq. m ◆ Tajriba uchun ajratilgan uch gektar yer tizma togʻlar-day bir-biriga ulanib ketgan adir etagida edi. J. Abdullaxonov, „Oriyat“ . ◆ Klark Mah-dining yurak urishini tekshirib koʻrdi-yu, tajribani bas qildi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ .

2 Amaliy ishda, hayotda oʻzlashtirilgan, orttirilgan bilimlar, malakalar, uquvlar majmui. ◆ Hayotiy tajriba. Pedagogik tajriba. Ilgʻorlarning tajribasini oʻrganmoq. Tajribalarni oʻrtoqlashmoq. m ◆ Bizning vazifamiz ilmni xalq tajribasi bilan boyitish va shu bilan birga xalq tajribasini ilmning elagidan oʻtkazishdir. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . ◆ Biz ilgʻor mashʼallarimizning tajribasini ommalash-tirishimiz kerak. F. Musajonov, „Himmat“ . ◆ Shayboniyxon chorshanba kuni hayot-mamoti hal boʻlishini sezib, bor isteʼdodini, butun tajribasini ishga sola boshladi. P. Xodi-rov, „Yulduzli tunlar“ .

3 fls. Obyektiv dunyoni, voqelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish ja-rayoni; obyektiv dunyo va ijtimoiy amaliyot qonunlarining kishi ongidagi inʼikosi. ◆ Hissiy tajriba. Sanʼatkorning estetik tajribasi.

4 Bir masala, yoʻnalishda dastlabki tarz-dagi ish, harakat va uning mahsuli. ◆ Yosh ijod-korning birinchi tajribasi. yat Oʻz gʻazallari-ga oʻzi taxmis bogʻlash tajribasini ham adabiyotimiz tarixida Navoiy boshlab ber-di. "OʻTA" .

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

ТАЖРИБА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

tajriba

tajriba
1 опыт, эксперимент; // опытный, экспериментальный; ◆ laboratoriyada oʻtkazilgan tajribalar лабораторные опыты; ◆ revolyutsion tajriba революционный опыт; ◆ uzoq turmush tajribasi большой жизненный опыт; ◆ tajriba - haqiqat kriteriysi опыт - критерий истины; ◆ tajriba uchastkasi с.-х. опытный участок; ◆ tajriba stansiyasi опытная станция; ◆ tajriba qilmoq производить опыт; испытывать; ◆ tajribada koʻrib bilmoq убедиться на опыте;
2 практика; ◆ tarjima qilish tajribasi практика перевода; ◆ oʻzbek tilini oʻqitish tajribasi практика преподавания узбекского языка; ◆ ilmsiz tajriba - boshi berk koʻcha см. ◆ berk; tajriba koʻrmoq или ◆  tajriba hosil qilmoq 1) практиковаться; 2) приобретать опыт; ◆ tajribada sinab koʻrmoq или ◆  tajribaqilib koʻrmoq 1) проверить на опыте; 2) проверить на практике.

  NODES