Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

tiq-moq

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

TIQ— 1 bir narsani boshqa narsaga kirgiz—'. Muhiddin aka telpagining orhasidan hoʻlini t i -h i b, boshini hashladi (Abdulla Qahhor). Qadimgi turkiy tilda ham ngunday maʼnoni anglatgan bu feʼl asli ’toʻs-’ maʼnosini anglatgan tu- feʼlidan (Devon, III, 265; DS, 584) kuchaytirish maʼnosini ifodalovchi -q qoʻshimchasi bilan hosil qilingan deyiladi (ЭСТЯ, III, 339); keyinchalik u unlisi ï unlisiga almashgan (Devon, II, 24; DS, 569), oʻzbek tilida ï unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: tu- + q = tuq- > tïq— > tiq—.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

1 Bir narsani boshqasiga sanchib, suqib kiritmoq. ◆ Bigiz tiqmoq. Xanjar tiqmoq. n ◆ ..yerda ham xosiyat koʻp.. Yerga choʻpni tiqib quysang, koʻkarib, qulochga sigʻmas daraxt paydo boʻladi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Hammaning koʻz oldida koʻksi-ga pichoq tiqib, chuqurga taishangan aka-ukalar turardi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Eshak: -Bu qirq yilni nima qilib oʻtkazaman? — degan ekan, xudo: Odamlar ustingga yuk ortadi, oʻzi ham minadi, xalachoʻp tiqadi, debdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.

2 Teshik, ochiq, boʻsh joyga kiritmoq, yubormoq. ◆ Burniga barmogʻini tiqmoq. m ◆ Boyvachcha kavakchadan choʻp tiqib, zanjirni tushirdi.. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Kur-bon ota samovarning ostiga sim tiqayotgan edi, qaddini rostlab, Sidiqjonga qaradi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . ◆ Nimchasi choʻntagiga qoʻl tiqib, roʻmolchasini oldi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Uuy oldiga kelib toʻxtadi. Derazadan boshini tiqdi. M. Muhamedov, „Qahramon izidan“ .

3 Ichiga, orasiga olmoq (solmoq); joy-lamoq. ◆ Qopga somon tiqmoq. n ◆ Oling, mol-larni sandigʻingizga, pulni choʻntagingizga tiqing.. "Mushtum" . ◆ Mirhomidxoʻja shoshib, Qambarali akaning qoʻlidan pulni oldi-da, uning qoʻyniga tiqdi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . ◆ Qorovul shoʻra va yalpizlarni oʻrib, suv urgan joyga tiqa boshladi. E. Raimov, „Ajab qishloq“ .

4 koʻchma s. t. Biror oʻqish, ish yoki lavo-zimga zoʻrma-zoʻraki joylab, oʻrnashtirib qoʻymoq, tiqishtirmoq. ◆ Komissiya tarkibiga yana seni tiqibdilar-da. yash [ ◆ Suxsurov:] Meni butun urush davrida oʻqituvchshshkka tiqib qoʻyishdi. A. Kdhhor, „Tobutdan tovush“ .

5 Birovni biror ish, gap yoki davraga qoʻshmoq, aralashtirmoq, tortmoq. ◆ Otabek sachrab, Kumushga yuz oʻgirdi: -Bu oʻrtaga Zay-nabni keltirib nimaga tiqasiz endi?A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

Bosh tiqmoq Xonadon, muassasa kabi joyga koʻrish, bilish va sh.k. maqsadda kir-moq, qadam bosmoq. ◆ Kampir enam qiz qidi-ra-qidira, tinkasi quridi. Qaysi eshikka bosh tiqsa, soʻrasharmish: -Savdogarmi, bogʻi bormi, uy-joyi bormi? Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ ..mehmon ikki kun ichida shahar ras-ta-bozorlarini aylandi, saroylarga bosh tiqdi. A. Hakimov, „Ilon izidan“ . ◆ Qizlar u koʻchaga bosh tiqib, bu koʻchaga bosh tiqib, adashib ancha yurishdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . Burnini (yoki tumshugʻini) tiqmoq Biror ish, gap-soʻz va shu kabilarga aralashmoq, suqilmoq. ◆ Nega Nuri erkaklar ishiga burnini tiqadi? Xizmatkor kerak boʻlsa, eri topsin. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Sen mening ishimga tumshugʻingni tiqma\ H. Ahmar, Kim haq? U, ◆ ellikboshi boʻlgani uchun, ma-rakalarga burnini tiqadi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . Goʻrga tiqmoq Oʻldirmoq. ◆ Biz.. fashistlarni goʻrga tiqamiz. Oydin, „Hi-koyalar“ . Ikki barmogʻini (yoki qoʻlini) bur-niga tiqib qolmoq q. barmoq 1, burun I.
Bizning shartimiz shuki, suv chiqarilib, qa-qir yerlarga jon kiritilganda, yersiz va kam yerli kambagʻallar ikki barmogʻini burniga tiqibqolmasin!M. Ismoiliy, Fargʻonat. o. Ikki oyogʻini bir etikka tiqmoq Aytganini bajarishni talab qilmoq, shu talabda oʻjar-lik bilan turib olmoq. -Yo bino top, yo bizning javobimizni ber, — ◆ deb ikki oyoqlarini bir etikka tiqib turib olishdi. Y. Sham-sharov, „Qahramonlik yoʻli“ . Ikki qoʻlni (yoki besh panjani) ogʻziga tiqmoq aim. besh qoʻlni ogʻziga urmoq q. besh. Terisiga somon tiqmoq q. teri. ◆ Yaxshiyamki, boyagi gaplaringizni oʻgʻlim eshitmadi, yoʻqsa, teringizga somon tiqqan boʻlaredi. M. Osim, „Ajdodlarimiz qissasi“ .

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

ТИҚМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

tiqmoq
1 втыкать, вонзать, колоть; ◆ tayoq uchini qumga tiqmoq втыкать конец палки в песок; qizcha barmogʻiga igna tiqib oldi девочка уколола себе палец иголкой;
2 совать, всовывать, запихивать; chamadonni krovat tagiga tiqib qoʻyibdi он, оказывается, запихнул чемодан под кровать; u ikki qoʻlini choʻntagiga tiqib yuribdi (букв. он ходит, заложив руки в карманы) он праздно шатается, он бездельничает; ...nega Nuri erkaklar ishiga burnini tiqadi? (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») ... зачем Нури сует свой нос в мужские дела? ... зачем Нури вмешивается в мужские дела?;◆ turmaga tiqmoq посадить, бросить в тюрьму; oq podshoni yiqitdik, boylarni goʻrga tiqdik («Фольклор») мы свергли белого царя и загнали богачей в могилу;
3 затыкать; shishaning ogʻziga poʻkak tiqib qoʻymoq заткнуть горлышко бутылки пробкой; buloq, koʻziga poxol tiqib qoʻyilgan отверстие родника заткнуто соломой;
4 окунать, погружать; temirchi qizib turgan temirni suvga tiqdi кузнец окунул калёное железо в воду;
5 наполнять, набивать; ◆ qanorga paxta tiqmoq набивать мешок хлопком; ◆ yostiqqa par tiqmoq набивать подушку пухом;
6 перен. разг. устраивать, определять; вовлекать; * ikki qoʻlini burniga tiqib qolmoq (букв. остаться с засунутыми в нос двумя пальцами) остаться с носом, остаться в дураках, остаться ни с чем; уйти не солоно хлебавши; ikki qoʻlini burniga tiqib bormoq идти (куда-л., обычно в гости) с пустыми руками; ◆ terisiga somon tiqmoq (букв. набивать чью-либо шкуру соломой) спустить шкуру (с кого-л.); драть (кого-л.) как сидорову козу.

  NODES