Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

xur-sand

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

XURSAND Bu tojikcha sifat 'shod', 'mamnun' maʼnosini anglatadi (ТжРС, 432). Oʻzbek soʻzlashuv tilida bu sifat oxiridagi d tovushi aytilmaydi. Bu sifatdan oʻzbek tilida xursandchshik mavxum oti yasalgan (OʻTIL, II, 340).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

\f. ...j±. — mamnun, qano-

atlangan; shod, quvnoq] 1 Hayotdan juda mamnun, kayfiyati juda yaxshi; shod, xurram; xushchaqchaq. ◆ Ozod yoshlarning ruhlari tetik vaoʻzlari xursand edilar. N. Fozilov, „Diydor“ . ◆ Oyim azbaroyi xursand boʻlganidan: -Bara-kalla, oʻgʻlim! — deb yelkamga qoqib qoʻydi. H. Nazir, „Yonar daryo“ .

2 Biror kimsadan yoki narsadan qanoat hosil qilgan; mamnun, rozi, minnatdor. ◆ Shu yoʻsin Nodira, Mohlar oyimdan juda xursand boʻlgani holda, uyiga qaytdi. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ . ◆ Elmurod uni [Davlatyorni] shunday sharoitda uchratganidan xursand boʻldi.. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ .

3 Xursand (erkaklar va xotin-qizlar ismi).

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

ХУРСАНД. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

xursand (koʻplik xursandlar)

xursand
1 радостный, весёлый, ликующий; ◆ oʻzini xursand qilmoq забавлять себя (чем-л.); веселиться;
2 довольный, удовлетворённый; ◆ xursand boʻlmoq 1) радоваться; ◆ kelganingizga xursandman я рад вашему приходу; 2) быть довольным, удовлетворённым; ◆ u sendan xursand он доволен тобой; ◆ xursand qilmoq 1) радовать, веселить, доставлять удовольствие; 2) отблагодарить;
3 Хурсанд (имя собств. мужское и женское).

  NODES