Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

yoʻ-qot-moq

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

YOʻQOT- ’yoʻq holatga keltir-’. [Yoʻlchi] etikni turmada yoʻhotgan (Oybek). Bu feʼlni yoq soʻzi bilan ’qil-’ maʼnosini anglatuvchi et- feʼlining birlashuvi natijasida yuzaga kelgan deb tushuntirish mavjud: yoq + et- = yoqet- > yoqät- > yoqât-. Biz — ningcha, qadimgi turkiy tilda yoq soʻzidan avval -a qoʻshimchasi bilan feʼl yasalgan va unga -t orttirma qoʻshimchasi qoʻshilgan (ДС, 273), keyinchalik oʻzbek ti — lida a unlisi â unlisiga almashgan: (yoq + a = yoqa-) + t = yoqat- > yoqât-.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

Yoʻq qilmoq. ◆ Bularni tag-tugi bilan yoʻqotmagunimizcha, bizga tinch-lik yoʻq. Oybek, „Ulugʻ yoʻl“ .

2 Muayyan maqsadga monelik qiladigan toʻsiqni olib tashlamoq; barham bermoq. ◆ Savodsizlikni yoʻqotmoq. n . . ◆ turmushimiz-da bir qadar isloh yuzaga chiqsin, bemaʼni ishlarni yoʻqotaylik.. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

3 Ixtiyorsiz holda tegishli narsasini yoʻq qilmoq, nazar-eʼtiboridan qochirmoq. ◆ Koʻr hassasini bir marta yoʻqotadi. Maqol . 1◆ sh ..ustod Qavom, Najmiddin ketganidan soʻng, koʻngli boʻm-boʻsh boʻlib qolib, bir nima-sini yoʻqotgan odamdek gangib yurdi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ .

4 koʻchma Ajralmoq, mahrum boʻlmoq; ay-rilmoq, judo boʻlmoq. ◆ Gulandom yolgʻiz goʻzal-gina emas, balki aqli va insoniy gʻururini hali jilla yoʻqotmagan xotin kabi tuyuldi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Jangda oʻz safdosh-laridan bir nechtasini yoʻqotdi. Gazetadan .

5 Kuchdan qolmoq, yoʻqqa chiqmoq. ◆ Qonun-ning 26-moddasi oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.

Aqlini (yoki esini, hushini, es-hushini) yoʻqotmoq Toʻgʻri fikrlash, anglash holati-ni yoʻqotmoq, gangib qolmoq. Temirjon esa qadah urishtirish u yoqda tursin, aqlini yoʻqo-tib, nima boʻlayotganiga ham tushunmas, xo-mush oʻtirardi. J. Abdullaxonov, Oriyat.

-Voy, esim qursin, sizlarni koʻrib, esimni ham yoʻqotib qoʻydim, — dedi onasi tashqariga intilib. M. Ismoiliy, Fargʻonat.o. ◆ Birlah-za es-hushini yoʻqotib, esankirab turdi-da, keyin.. K. Yashin, Hamza. Gapini (yoki soʻzi-ni) yoʻqotmoq Gap-soʻzidan adashmoq, nima gapirishni bilmay qolmoq. ◆ Yigit gapini yoʻqotib chaynaldi. Qizga, yalingandek, jav-dirab qaradi. S. Ahmad, „Ufq“ . Notiq.. "toʻsatdan qattiqroq tanqid qshzdim, tekshiy" degan andishaga borib, soʻzini yoʻqo-tib qoʻydi. A. Qahhor, Notiq. Uzini yoʻqot-moq Biror ish-harakat, gap-soʻz va shu kabilarda meʼyoriy holatini yoʻqotmoq, gangib, esankirab qolmoq. ◆ Oʻzlarini yoʻqotib qoʻygan duo-xon-doyalar bu salobatli kishini koʻrib, tur-gan joylarida qotib qoldilar. T. Obidov, „Yusufjon qiziq“ . ◆ Qasam ruhi bilan gʻayrat-lanib kelgan yigit bu yerdagi ahvolni koʻrib, oʻzini yoʻqotib qoʻydi. A. Muxtor, „Qoraqal-poq qissasi“ .

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

ЙЎҚОТМОҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

yoʻqotmoq
1 терять; ◆ pul yoʻqotmoq терять деньги; buyruq oʻz kuchini yoʻqotdi приказ утерял свою силу; u oʻzini yoʻqotib qoʻydi он растерялся;
2 уничтожать; истреблять, ликвидировать.

  NODES