Peter Abelard (1079-1142) – fransuz faylasufi, ilohiyotchisi va shoiri. Sxolastik mantiq asoschilaridan. A. har bir hodisani koʻr-koʻrona eʼtiqodga asoslangan holda emas, balki fikr yuritish asosida baholashni targʻib etganligi uchun cherkov vakillarining gʻazabiga duchor boʻlgan. A. „ha va yoʻq“ asarida xristian din i nazariyotchilari qarashlarining bir-biriga qaramaqarshi ekanligini ochib bergan. A. taʼlimoti 1121 va 1140-yillardagi soborlarda muhokama etilgan. Universaliy (umumiy tushuncha) tabiati haqidagi munozarada keyinchalik konseptualizm deb atalgan taʼlimotni rivojlantirdi. A.ning Eloizaga boʻlgan fojiaviy muhabbati oʻzining „Mening koʻrgan-kechirgan musibatlarim“ avtobiografik asarida bayon etilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES