Abissal (yunoncha: abyssos – tubsiz) – dengiz tubining 3000-6000 m chuqurlikka toʻgʻri keladigan qismi. Okean tubining 75% ga yaqin qismini egallaydi. abissalda yashash muhiti turgʻun, harorat 1-2°, suvning shoʻrligi 35%, gidrostatik bosimi 300-600(atm)ga yaqin, butunlay qorongʻi boʻladi. Quyosh nuri yetib bormasligi tufayli abissalda yashil oʻsimliklar boʻlmaydi, hayvonlardan okean yuzasidan choʻkadigan detrit holidagi organik qoldiqlar va boshqa hayvonlarning murdasi bilan oziqlanadigan goloturiyalar, dengiz yulduzlari, dengiz nilufarlari, ayrim ikki tavaqali mollyuskalar, koʻp tukli Chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, bulutsimonlar va bir qancha baliqlar uchraydi. Mikroorganizmlar saprofit bakteriyalar va ayrim zamburugʻlardan iborat. Abissalda doimiy hayot kechiradigan koʻpchilik organizmlar gidrostatik bosimning oʻzgarishiga juda sezgir boʻlganidan suvning sayoz joylarida uchramaydi[1].

Manbalar

tahrir
  1. "Abissal" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES