Adeli yeri – Sharqiy Antarktidaning chekka qismi, 136° va 142° shq. ular orasida joylashgan. Qirgʻoqlari Hind okeaniga tutashgan. Iqlim gʻoyatda sovuq, tez-tez dovullar boʻlib turadi. Yer yuzasi qalin muzlar bilan qoplangan. Dengiz sathidan balandligi 2500 m gacha. Adeli yeri fransuz dengizchisi J. Dyumon-Dyurvil tomonidan 1840-yilda kashf etilgan va uning xotini nomiga atab qoʻyilgan. 1956-yildan Adeli yeri Qirgʻogʻi yonidagi Petrel orolda Fransiyaning Dyumon-Dyurvil ilmiy stansiyasi ishlab turipdi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES
os 6