Adrenokortikotrop gormon (AK.TG), kortikotropin — gipo-mezning old boʻlagida ishlanib chiqadigan gormon. U 39 aminokislota krldigʻidan tashkil topgan bitta polipeptid zanji-ridan iborat. Adrenokortikotrop gormon buyrak usti bezining poʻst qavatini stimullaydi, turli korti-kosteroid gormonlar (mineralokortikoidlar, glyukokortikoidlar, androgenlar) ishlanib chiqishini kuchaytirib, moddalar almashinuvining deyarli hamma turlariga taʼsir koʻrsatadi. Organizmning turli qoʻzgʻatuvchilarga nisbatan moslanish (adaptatsiya) va qarshilik koʻrsatish (reaktivlik) qobiliyatini belgilashda rol oʻynaydi. Adrenokortikotrop gormon revmatizm, podagra, bronxiol astma, leykemiya, neyrodermit, psoriaz, ekzema kabi kasalliklarni shuningdek allergik kasalliklarni davo-lashda ishlatiladi. Soʻnggi vaqtda Adrenokortikotrop gormonni sintetik yoʻl bilan olishga muvaffaq boʻlindi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES
os 9