Agamasimonlar (Agamidae) — kaltakesaklar kenja turkumi tangachalilar turkumiga mansub sudralib yuruvchilar oilasi. Agamasimonlarning boshi uchburchak yoki toʻgarak shaklda, ustki tomondan mayda tangachalar yoki burtmachalar bilan qoplangan. Tanasi yapaloq (yerda yashovchi Agamasimonlar) yoki ikki yon tomondan siqiq (daraxt Agamasimonlar), oyoqlari va dumi yaxshi rivojlangan, koʻz qorachigʻi toʻgarak shaklda. Koʻpchilik agamasimon tishlarining tashqi koʻrinishi sut emizuvchilarnikiga oʻxshaganligi uchun ularni soxta kurak, qoziq va oziq tishlilarga ajratiladi. A.ning 34 uruqqa boʻlinadigan 300 ga yaqin turi maʼlum. Afrika, Janubiy va Markaziy Osiyoda, ayrim turlari Janubi-Sharqiy Yevropa, Avstraliya va Polineziyada tarqalgan. Oʻzbekistonda agamalar va toʻgarakboshlilar urugʻlariga mansub 15 ga yaqin turi tarqalgan. Ochiq dasht, choʻl va toshloq joylarda yashaydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES