Al-Masjid al-Aqso

Islom olamida al-Masjid al-Harom va al-Masjid an-Nabaviy dan keyingi turuvchi uchinchi masjid. Hozirgi Falastin davlati tarkibiga kirgan.

Al-Masjid al-Aqso (arabcha: المسجد الأقصى "Uzoqdagi masjid") – Falastin davlati hududidagi Quddus shahrida joylashgan masjid, qadimiy ibodatxona (Sulaymon ibodatxonasi). Baʼzan, al-Aqso masjidi yoki oddiy qilib al-Aqso deb ham nomlanadi. Al-Masjid al-Harom va al-Masjid an-Nabaviylardan keyin Islom dinidagi uchinchi muqaddas masjid hisoblanadi.

Al Aqsa Masjidining sharqiy koʻrinishi
Al Aqsa Masjidining sharqiy koʻrinishi

Qurʼonda shu nom bilan tilga olingan. Islomdan ilgari arablar, undan keyin musulmonlar jamoasining aʼzolari Al-masjid al-Aqso tomonga qarab ibodat qilganlar. 624-yilda Makkadagi Kaʼba qibla deb eʼlon qilingandan keyin u tomonga qarab ibodat qilish toʻxtatilgan. Keyinchalik 7-asr oxiri – 8-asr boshida xalifa Abd al-Malik tomonidan bu yer Haram ash-Sharif deb atalgan va islom ibodatxonalari majmui – Qubbat as-Saxra (687— 691) masjidi va binosi barpo etilgan. Majmuaning hammasi xalq orasida Al-masjid al-Aqso ham deyiladi. Masjid dastlab xristian ibodatxonasi shaklida boʻlgan. Yozma manbalarga koʻra, tarhi (102,80x69,20 m) koʻndalangiga qiblaga qaratib, II nefli, ravoqli qilib ishlangan. Oʻrta nefi kengroq, tomi tekis qilinib mehrob bilan tugallangan (hozir gumbazli xonani tashkil qiladi). Ikki yon tomonidagi neflarning tomi qiya nishabli qilib yopilgan. Ravoqlari marmar ustunlarga tayangan. Janubiy qismidagi ravoq va ustunlar axomaniylar davriga oid, shimoliy qismidagi koshin qoldiqlari 1035-yilga oiddir. Keyinchalik masjid tosh va yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Sh. qarang

tahrir
  NODES