Mojayskiy Aleksandr Fyodorovich (1825, Finlandiya — 1890, Peterburg) — uchish apparatlari yaratish sohasidagi tadqiqotchi va ixtirochi. Peterburg (Rossiya) dagi Dengiz kadet korpusini tugatgan (1841), harbiy dengiz flotida xizmat qilgan (1841—1862, 1879—1882). General-mayor unvonida isteʼfoga chiqqan (1882, 1886-yildan kontradmiral). Aleksandr Mojayskiy havodan ogʻir uchish apparati (samolyot) yaratish borasida nazariy va amaliy ishlar bilan shugʻullangan, 1876-yil oʻz modellarining uchishini namoyish qilgan. Oʻzi yasagan samolyot („havoda uchuvchi snaryad“) ga patent olgan (1881). Samolyotga ikki (biri 20 o.k.ga, ikkinchisi 10 o. k.ga ega boʻlgan) bugʻ mashinasi oʻrnatgan. Aleksandr Mojayskiy samolyotida hozirgi samolyotlarning besh asosiy qismi: tana (korpus), qanot, kuch qurilmasi (dvigateli), quyruq qanot va shassi boʻlgan. Samolyotning uchganligi toʻgʻrisida rasmiy hujjatlar saqlanmagan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES