Algofobiya

ogʻriqdan qoʻrqish kasalligi

Algofobiya yoki algiofobiya — bu ogʻriqdan qoʻrqadigan shaxslarda uchraydigan fobiya turlaridan biridir. Ogʻriqdan gʻayritabiiy va doimiy qoʻrquv boʻlib, ushbu qoʻrquv oddiy odam his qiluvchi qoʻrquvdan anchagina kuchliroqdir[1][2]. Fobiyaning ushbu turini xulq-atvor terapiyasi va tashvishlanishga qarshi dorilar bilan davolash mumkin. Bu atama grekcha: ἄλγος , álgos, „ogʻriq“ va φόβος , phóbos, „qoʻrquv“ soʻzlaridan olingan.

Xulq-atvor sozligi boʻyicha psixolog Sabino Mettaning soʻzlariga koʻra, fobik reaksiya oʻrganilgan xatti-harakatlar majmuasidir. Doʻstlarning turli kasalliklari va ogʻriqlari haqida eshitadigan keksa odam bunday reaksiyaning keng tarqalgan namunasi boʻlib kelishi mumkin. Bu odam muammolarni oldindan koʻra boshlaydi va ular bilan biror narsa sodir boʻlishidan oldin natijalarni boshdan kechiradi[2]. Ushbu muammoga duch kelgan odamlarda, ehtimol, hyperalgesia (talaffuzi: giperalgeziya) mavjud boʻlishi mumkin.

Ogʻriqdan qoʻrqish boʻyicha soʻrov (hozirda FPQ-III), ruhiy salomatlikni tekshirish vositasi boʻlib[3], oʻtmishda algofobiyani tekshirish uchun qoʻllangan[4].

Sabablar

tahrir

To'satdan qo'rqish holati va tashvish insonni xavfli vaziyatlardan himoya qiluvchi omildir. Agar biror kishi yovvoyi jonzotni ko'rsa, uning ushbu hayvondan qo'rqishi va qochishi tabiiy holatdir. Ammo surunkali og'riq bilan kurashuvchi odamlarda himoya choralari sifatida doimiy qo'rquv va xavotir paydo bo'lishi mumkin. Ular ko'proq og'riq keltirishi yoki og'riqni kuchaytirishi mumkin bo'lgan harakatlar yoki vaziyatlardan qochishadi. Afsuski, og'riq tahdidini bo'rttirib yuborish og'riqni yanada kuchaytirishi mumkin[5].

Inson miyasidagi qo'rquv va xavotirni tartibga soluvchi kimyoviy moddalar og'riqni qanday qabul qilishni tartibga soladi. Shu asnoda kimyoviy nomutanosiblik ikkala muammoni ham keltirib chiqarishi mumkin[5].


Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Casselman, William. A Dictionary of Medical Derivations: The Real Meaning of Medical Words. The Parthenon Publishing Group, 1998 — 20-bet. ISBN 1-85070-771-5. 
  2. 2,0 2,1 Barker, R. L. (1992). Fear and Phobias. Mental Health and the Elderly: A Social Work Perspective, 271.
  3. „Mental Health Screening: MedlinePlus Lab Test Information“ (en). medlineplus.gov. Qaraldi: 2019-yil 20-noyabr.
  4. McNiel, D. & Rainwater, A (1998). Journal of Behavioral Medicine. Volume 21, Number 4.
  5. 5,0 5,1 „What causes algophobia?“. Clevelandclinic.org. Qaraldi: 28-iyun 2022-yil.
  NODES