Allometriya
Allometriya (yun. allos – boshqa, yot, metros – oʻlchov, mezon) – Individual rivojlanishning turli bosqichlarida tana aʼzolarining nomutanosib oʻsishi. Manfiy (biror aʼzo, mas, yosh bola kallasining sekin oʻsishi) va musbat A. (jadal oʻsish) farq qilinadi. Allometriya turli aʼzolar va tana qismlari oʻsish sur’atining oʻzgarishida namoyon boʻladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |