Alomatchoy (Agrimonia; qadimgi yunoncha: ἀργεμώνη)[1] — raʼnodoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. 10 ta turi maʼlum. Oʻzbekistonda Alomatchoyning bir turi (A. asiatica) uchraydi. U toq, patsimon bargli, mayda sariq gulli, sertuk oʻsimlikdir. Tarkibida S va K vitaminlari, flavinoidlar, 18% gacha oshlovchi va boshqa moddalar mavjud. Qaynatmasi tabobatda meʼdaichak, bod, istisqo kasalliklarini davolash hamda bavosilda qon ketishini toʻxtatish uchun ishlatiladi.

Agrimonia eupatoria

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

tahrir
  1.   Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Agrimony" Encyclopædia Britannica 1 (11chi nashri) Cambridge University Press p. 424 




  NODES