Amir Husayn (Husayn, Husayn toʻra, Sayyid Mir Husayn, Mir Husayn) (1797-yil 11-iyun, Buxoro — 1826-yil 22-dekabr, Buxoro, Buxoro amirligi) — Buxoro amirligi hukmdori (1826). Mangʻitlar oʻzbek sulolasining 5-hukmdori va ushbu sulolaning 3-amiri. Buxoro amirligi viloyatlarida hokim vazifalarini bajargan. Uning hukmronlik davri hozirgi tadqiqotchilar tomonidan yetarlicha oʻrganilmagan.

Amir Husayn
(Husayn, Sayyid Mir Husayn, Mir Husayn)
Sayyid Mir Husayn
 Buxoro amirligi hukmdori
Mansab davri
1826-yil 9-oktabr – 1826-yil 22-dekabr
Oʻtmishdoshi Amir Haydar
Vorisi Amir Umar
 Samarqand viloyati hokimi
Monarx Amir Haydar
 Karmana viloyati hokimi
Monarx Amir Haydar
Vorisi Sayyid Umar
 Jizzax viloyati hokimi
Monarx Amir Haydar
Vorisi Muhammad Rahim devonbegi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1797-yil 11-iyun
Buxoro, Buxoro amirligi
Vafoti 22-dekabr 1826-yil(1826-12-22)
(29 yoshda)
Buxoro, Buxoro amirligi
Fuqaroligi Buxoro amirligi
Otasi Amir Haydar

Kelib chiqishi

tahrir

Husayn toʻra Haydar toʻra xonadonida 1797-yil 11-iyunda Buxoro shahrida tugʻilgan. U oilada toʻngʻich farzand edi. Bu davrda uning bobosi Amir Shohmurod Buxoro amirligi hukmdori boʻlgan.

Husayn toʻraning ota tomonidan shajarasi quyidagicha edi: Amir Husayn — Amir HaydarAmir Muhammad ShohmurodMuhammad Doniyolbiy otaliqXudoyorbiy otaliq — Xudoyqulibiy — Keldiyorbiy — Chovushboy. Uning bobokaloni Chovushboy oʻz davrida oʻzbek qavmlari orasida mangʻit urugʻining juda boy-badavlat kishisi boʻlgan[1].

Uning ota buvisi Ashtarxoniylar oʻzbek sulolasining vakili va Buxoro xonligi hukmdori Abulfayzxonning (1711—1747) qizi Yulduz begim (Shamsiyabonu yoki Bonu Shams deb ham nomlangan) edi. Uning ona tomonidan nasabi 2 tarmoq boʻylab Chingizxonga va boshqa 2 tarmoq boʻylab Muhammad paygʻambarning avlodlari sayyidlarga yetadi.

Yoshlik yillari

tahrir

Shahzoda yoshligida koʻpchilik ilmlarni puxta egallagan. Husayn toʻra sheʼrlar yozgan, meditsina, alximiya va astrologiyadan yaxshi xabardor boʻlgan. Unga mashhur shayx Muhammad Xoja Aʼlaviy Buxoriyning avlodi boʻlgan mavlono Sharif Xoja Mavlaviy ustozlik qilgan.

Siyosiy faoliyatining boshlanishi

tahrir

Husayn toʻra balogʻat yoshiga yetgach, qisqa muddat Jizzax viloyatida hokimlik qilgan. Biroq tez orada u hokimlikni Muhammad Rahim devonbegiga topshirib, Buxoroga qaytgan. Keyinchalik u oz muddat Karmana va Samarqand viloyatlariga ham hokim etib tayinlangan.

Husayn toʻra hokimlik davrida oʻzining sahiyligi, shijoati va boshqa fazilatlari bilan raʼiyyat mehrini qozongan. Manbalarda yozilishicha, u Buxoroning 100 tilla va 1000 tillasini birvarakayiga fuqarolarga inʼom qilgan. Biroq uning bunday fuqaroparvarligi saroydagi ayrim nufuzli amaldorlarga, eng avvalo, Hakimbiy qoʻshbegiga yoqmagan.

Buxoro amirligi hukmdori

tahrir

Amir Haydar vafot etgandan soʻng Buxoro amirligi taxtiga toʻngʻich farzand va valiahd sifatida vasiyatga binoan Husayn toʻra oʻtirgan va u Amir Husayn nomi bilan 78 kun amirlik qilgan. Uning amirlik davri 1826-yil 9-oktabrdan oʻsha yilning 22-dekabrigacha davom etgan. Amir Hisayn Mangʻitlar oʻzbek sulalosidan chiqqan 5-hukmdor va 3-amir edi. Uning hukmronlik davri hozirgi tadqiqotchilar tomonidan yetarlicha oʻrganilmagan.

Tarixchi olim va davlat arbobi Mirzo Salimbek oʻzining „Tavorixi muttaqadimin va muttaaxirin“ asarida Amir Husayn hukmronligi davrini ixcham holatda quyidagicha tasvirlagan:

Amir Haydar vafotidan keyin Mir Husayn toʻra otasining oʻrniga podshoh boʻlib unga hamma viloyatlardan peshkash keldi. Yetmish sakkiz kun podshohlik qilib, vafot etdi. Oʻttiz yil umr koʻrdi.

Amir Husaynning baʼzi bir yaxshi fazilatlari saroydagi ayrim nufuzli amaldorlarga yoqmagan va uni taxtga koʻtarilishini xohlashmagan. Xususan, Amir Haydar davridan buyon Buxoro qoʻshbegisi lavozimini egallab turgan Muhammad Hakimbiy oʻsha paytda Qarshi viloyatida hokimlik qilayotgan Nasrullohga maxfiy tarzda odam yuborib, amirlik taxtiga eng loyiq odam u ekanligini shahzodaga yetkargan va taxtni egallashga daʼvat etgan. Amir Nasrulloh Qarshidan Buxoroga qarab katta qoʻshin bilan yoʻlga chiqqan. Biroq, yoʻlda ketaturib, amirlik taxtiga Amir Husayn chiqqanligi xabarini olgach ortiga qaytgan va siyosiy vaziyat oʻzgarishini poylab turgan.

Oʻlimi

tahrir

Amir Husayn 1826-yil 22-dekabrda Buxoro shahrida zaharlanish natijasida vafot etgan. Biroq mahalliy tarixchilar uning toʻsatdan xastalanib, vafot etganini yozishsada, kasallik alomatlari va oʻlimga olib keluvchi sabab toʻgʻrisida oʻsha davrda ham, undan keyin ham hech narsa yozib qoldirmaganlar.

Amir Husayn oʻlimi tafsilotlari jahon tarixshunosligida ilk marotaba Buxoroda boʻlgan Alexander Burnesning 3 jildlik „Buxoroga sayohat“ nomli kitobida keltirilgan. Alexander Burnes, Herman Vamberi hamda Qoʻqon xonligi tarixchilari fikricha Amir Husaynni Muhammad Hakimbiy qoʻshbegi boshchiligidagi bir guruh saroy ayonlari zaharlab oʻldirishgan. Ushbu fikr hozirgi davr mahalliy tarixchilari tomonidan ham tasdiqlanib, bu ishga Nasrulloh aralashmagani, biroq, u saroy fitnasini toʻxtatishga urinib ham koʻmagani takidlanadi.

Shaxsga nisbatan munosabat

tahrir

Mulla Olim Maxdun Hoji oʻzining „Tarixi Turkiston“ asarida Amir Husayn shaxsiyatini quyidagicha baholagan:

Amir Haydar shujoʼ va sohibhimmat, gʻoyat sahiy va zakiy attabʼ, fozil va oqil fahim va siyohdoʻst, musofirnavoz va raiyyatparvar va jammauʼul kutub edi.

Manbalar

tahrir
  1. Jumanazar 2017, s. 256—264.

Adabiyotlar

tahrir
  • Rajabov Q. K.. Nasrullohxon (risola). Toshkent: Abu matbuot-konsalt, 2011. 
  NODES
os 26