Amnistiya – sudlanganlarning bir qismini qonun asosida toʻla yoki qisman ozodlikka chiqarish.

Amnistiya (yun. amnestia – kechirish, gunohidan oʻtish; amnistiya) – oliy davlat hokimiyati organining xususiy akti, ayrim shaxslarni jinoiy jazodan ozod qilish, jinoyat ishini bekor etish yoki jazoni yengillatish toʻgʻrisidagi qarori. Amnistiya jinoyat va boshqa huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslarni jazodan toʻla yoki qisman ozod etish, tayinlangan jazo turini yengilrogʻi bilan almashtirish toʻgʻrisida insonparvarlikni namoyish qiluvchi farmoyishdir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish va Oʻzbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan fuqarolarni afv etish vakolatiga ega[1]. Amnistiya xalq oʻrtasida „umumiy afv“ deb ham yuritiladi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilinganidan[2] beri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amnistiya toʻgʻrisidagi 11 ta farmoni eʼlon qilingan (2001-yil 1-yanvargacha). Bu farmonlar xalqaro huquq normalarida, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida nazarda tutilgan insonparvarlik tamoyillariga izchillik bilan amal qilishning yuksak namunasidir. Amnistiyaga asosan, jazodan ozod qilingan shaxslar takroran jinoyat qilishdan oʻzlarini tiyishlari lozim, chunki takroran sodir qilgan jinoyati uchun hukm etilgan shaxslarga nisbatan keyinchalik qabul qilingan Amnistiya qoʻllanilmaydi va bu holat unday shaxsni jazodan ozod etishga monelik qiladi[3].

Manbalar

tahrir
  1. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI“. Lex.uz. Qaraldi: 10-oktyabr 2023-yil.
  2. „O’zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati“. WWW.SAVOL-JAVOB.COM. Qaraldi: 10-oktyabr 2023-yil.
  3. "Amnistiya" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES
Done 1