Ampir (frans. „empire“ – „imperiya“) – meʼmorlik va bezak sanʼatida XIX asr boshlarida vujudga kelgan hamda klassitsizm rivojini nihoyasiga yetkazgan uslubdir. Shakllarning mahobatligiga, bezaklarning jozibadorligiga (nishon, naqshlarda) erishildi. Qadimgi Rim, Yunoniston va Misr badiiy merosiga tayangan holda, yangi mavzular bilan rivojlantirishda davlat va harbiylar qudratining ramzi boʻlib xizmat qildi. Ampir uslubi birinchi marta Fransiyaning Napoleon I imperiyasi davrida shakllandi (masalan, Parijda hozirgi de Goll maydonidagi Zafar toqi, 1806-1837; meʼmori J. F. Shalgren). Unda Napoleon harbiy diktaturasiga suyangan burjua doiralarining gʻoyalari va estetik qarashlari ifoda ettirilgan. Oʻzbekistonda S.Polupanov, A.Sidorov, V. Arxangelskiy, A. Shchusev, M. Bulatov, A. Boboxonov kabi meʼmorlar ijodida (masalan, Toshkent shahridagi Navoiy teatri, 1940 va boshqalar) Ampir uslubi oʻz ifodasini topgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES