Angor quyoni — quyon zoti; tiviti angor echkisinikiga oʻxshaganligi sabab-li shu nom bilan atalgan. Angor quyonining juni mayin, ipaksimon, rangi oq, baʼzan havo rang va qora. Angor quyonining kallasi katta, qulogʻi kalta, yetuk quyonlarning vazni 2,3 — 3,5 kg, tanasi uz. 43 sm. Bir bolalashda 7 tagacha nasl beradi. Aq.ning tiviti Oʻzbekiston sharoitida aprelning ikkinchi yarmida tarab olinadi (bir yilda 250 g gacha tivit), yuqori sifatli trikotaj va fetr mahsulotlar tayyorlanadi. A.k,- yoz issigʻiga chidamsiz boʻlganidan salqin zonalarda boqiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES
os 6