Antimodda — antizarralardan tashkil topgan materiya tizimi. Antinu-klonlar antiyadroni, antiyadro bilan anti-elektronlar (pozitronlar) antiatomni, anti-atomlar antimolekulani hosil qiladi va hokazo Shu ravishda antizarralardan hosil boʻlgan turlicha antijismlar, antiyulduzlar, antigalaktikalar mavjud boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Anti-elektron, antiproton, antineytron va boshqa ayrim antizarralar koʻplab tajribalarda aniqlandi. Antiproton bilan bir anti-neytrondan tashkil topgan antivodorod yadrosi va ikki antiproton bilan anti-neytrondan tashkil topgan antigeliy yadrosi borligi ham oʻgkazilgan tajri-balarda maʼlum boʻldi. Materiya va modda tushunchalari aynan tushunchalar emas. A. kabi modda ham materiya shakllaridan biri. Modda elektron, proton, neytron singari zarralardan tashkil topgan atom va molekulalar toʻplamidan iborat. Ma-teriyaning modda shaklida yashashi fanga koʻpdan maʼlum. Materiyaning A shaklida yashashi faqat 20-asr dagina aniqlandi. Yer yuzasi yoki kosmos mikyosida modda bilan Aning oʻzaro taʼsiri, jumladan, ularning annigilyatsiji natijasida rr beri-shi mumkin boʻlgan katta energiyali turli hodisalarni oʻrganish kelajak fizikasining muhim masalalaridandir. Atom va antiatom toʻqnashishda juft elektron-pozitronlarning, shuningdek, nuklon va antinuklonlarning shiddat-li annigilyatsiya jarayonlari yuz beradi. Barcha mazkur jarayonlar natijasida kat-ta miqdorda energiya ajralib chiqadi. Hozirchalik fan annigilyatsiya energiya-sidan foydalanishning samaraliligi haqida fikr yuritish imkonini bera oladigan darajada yetarli dalillarga ega emas. Bu energiyaning koʻp qismi ney-trino oqimiga hamda moddalar bilan suct oʻzaro taʼsirda boʻladigan gʻoyat qisqa toʻlqinli gamma-nurlarga toʻgʻri keladi. Shunga asoslanib aytish mumkinki, annigilyatsiyaning barcha energiyasidan toʻliq foydalanishga yaqin vaqtlarda eri-shish ehtimoddan uzoq. Agar haqiqatan bu gʻoya amalga oshadigan boʻlsa, inson gʻoyat bitmas-tuganmas energiya manbaiga ega boʻladi. Zotan, 1 kg modda va A.ning toʻliq oʻzaro taʼsirida ajralib chiqadigan energiya 3 milliard tonna toshkoʻmir yon-ganda olinadigan energiyadan 3 milliard marta, shuncha miqdordagi uranning atom reaktorida „yonishi“dan hosil boʻladigan energiyadan esa ming marta ziyod boʻladi. Hozirda antimateriyaning bir kilosi 100 trilion dollar ga teng. Ad.: Shirokov Yu. M., Yudin N. P., Yadernaya fizika, M., 1972; Bekjonov P. B., Modda tuzilishi, T., 1997.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES
Done 1