Artibus
Neotropik mevaxoʻr koʻrshapalaklar (Artibeus)-Stenodermatinae kenja oilasiga kiruvchi yarasalar turkumi hisoblanadi. Vakillari 12 turdan iborat boʻlib, ularning vatani Markaziy va Janubiy Amerika, shuningdek, Karib dengizi hisoblanadi.
Kenja turkum: | Artibeus |
---|
Tavsif
tahrirBu koʻrshapalaklar oʻrtacha uzunligi 5sm dan 10sm gacha boʻlib, vazni esa 10g dan 85g gacha borishi mumkin. Pastki tomoni yorqinroq boʻlib bir nechta turlarda yuzlarida toʻrtta ochiq rangli chiziqlar mavjud. Patagium, oyoqlar orasidagi teri juda kichik va ularda dum boʻlmaydi bu mevali yarasalarning umumiy tasnifi. Quloqlar oʻtkir va boshqa koʻplab bargli burunli yarasalar singari burun ham aksolokatsiya uchun ishlatiladigan kichik, oʻtkir bargga ega.
Geografik tarqalishi va yashash joyii
tahrirNeotropik mevaxoʻr koʻrshapalaklar Meksika va Bagama orollari hamda Argentina shimoligacha boʻlgan Neotropiklarda uchrashi mumkin. Ular turli xil tabiiy yashash joylarida yashaydi va ularni oʻrmonlardan hamda oʻtloqlar orasidan ham topish mumkin.
Oziqlanish, koʻpayish va ijtimoiy xulq-atvori
tahrirKoʻpgina koʻrshapalaklar singari, neotropik mevaxoʻr koʻrshapalaklar tunda ovga chiqadilar. Ular gʻorlarda, uylarda yoki boshqa yashirin joylarda uxlashadi. Baʼzi turlar ob-havodan boshpana beradigan va ularni yirtqichlardan yashiradigan „chodirlar“ yaratish uchun katta barglardan foydalanadilar. Aksariyat turlar katta guruh hosil qilib yashaydi. Artibeus jamaicensis — eng yaxshi oʻrganilgan turlarda bittadan uchtagacha erkak, uchtadan oʻn torttagacha urgʻochi umumiy nasldan iborat guruhlarni tashkil qiladi.
Bu koʻrshapalaklarning ozuqasi asosan mevalar hisoblanadi ammo ular gulchang va hasharotlarni ham isteʼmol qilishi mumkin.
Koʻpgina turlarning koʻpayishi haqida kam narsa maʼlum lekin oʻrganilgan maʼlumotlarga qaraganda ular odatda 112 dan 120 kungacha boʻlgan homiladorlik davriga ega hisoblanadi, uyqu holati tufayli homiladorlik 180 kungacha uzaytirilishi mumkin. Nasl odatda bir yoshdan iborat boʻlib, u ikki oydan keyin sutdan ajratiladi va sakkiz oydan oʻn ikki oygacha jinsiy holatda boʻladi. Qoʻlga oʻrgatilgan koʻrshapalaklar oʻn yilgacha yashashi mumkin.
Taksonomiya
tahrirNeotropik mevali koʻrshapalaklarining jinsi ikkita kichik avlodga ajratilgan (Artibeus va Koopmania).
Artibeus jinsi-neotropik mevali koʻrshapalaklar
- Artibeus kichik jinsi
- Ekvador mevali koʻrshapalak, Ekvador, Peru va Kolumbiyadan Artibeus aequatorialis .
- Katta meva yeyuvchi yarasa Artibeus amplus Kolumbiya, Venesuela va Gayanada yashaydi.
- Meva yeyuvchi koʻrshapalak Artibeus fimbriatus oʻzining yashash joyi Braziliyaning janubida, Paragvay va Argentinaning shimolida joylashgan.
- Mevaxoʻor koʻrshapalak Artibeus fraterculus faqat Ekvador va Peruda maʼlum.
- Tukli meva yeyuvchi yarasa, Artibeus hirsutus Meksikaning gʻarbiy qismida yashaydi.
- Gonduras meva yeyuvchi yarasa, Artibeus inopinatus Markaziy Amerikada (Salvador, Nikaragua va Gonduras) joylashgan.
- Yamayka mevaxoʻr koʻrshapalak, Artibeus jamaicensis eng mashhur tur hisoblanadi. Bagama orollari va Shimoliy Meksikadan, Markaziy Amerika va Karib dengizi orqali Peru shimoli-gʻarbiy qismida tarqalgan.
- Mevaxoʻr koʻrshapalak, Artibeus lituratus Meksika janubidan Argentina shimoligacha tarqaladi.
- Qora meva yeyuvchi koʻrshapalak Artibeus obscurus faqat Amazon havzasida yashaydi.
- Yassi yuzli mevaxoʻr koʻrshapalak Artibeus planirostris And togʻlaridan sharqda joylashgan Janubiy Amerikaning tropik qismida joylashgan.
- Shvartsning meva yeyuvchi koʻrshapalak, Kichik Antil orollaridan Artibeus Shvartssi.
- Jigarrang meva yeyuvchi koʻrshapalak Artibeus concolor Amazon havzasida yashaydi.
Yoʻqolib ketgan turlar
tahrir- Entoni meva yeyuvchi yarasa, Artibeus anthonyi-Kubaning toʻrtlamchi davri
Manbalar
tahrir- Ronald M. Nowak: Uokerning dunyo sutemizuvchilari. Jons Xopkins universiteti matbuoti, Baltimor, 1999,ISBN 0-8018-5789-9 .
Havolalar
tahrir- Xorxe Ortega, Ivan Kastro-Arellano (2001): Artibeus jamaicensis. Sutemizuvchilar turlari № 662, Amerika mammologlar jamiyati.