Aviatsiya tibbiyoti – avi-atsiyaga oid tibbiy masalalar bilan shugʻullanuvchi fan sohasi. Vazifa-si: kishilarnish aviatsiya xizmatiga layoqatliligini tekshirish, uchuvchilarni uchishdan oldin tibbiy koʻrikdan, turli sinov-mashqlardan oʻtkazish, samolyotlarning odam organizmiga fiziologik va gigiyenik nuqtai nazardan qulayligini muhandislar bilan birga tekshirish, baxt-siz hodisalar yuz berganda tibbiy yor-dam koʻrsatish hamda uchuvchilarni psi-xologik tomondan chiniqtirish va boshqa Uchish vaqtida meteorologiya sharoiti va temperaturaning oʻzgarishi, kislorod parsi-al bosimining pasayishi, barometrik bosimning bir pasayib, bir koʻtarilib 6turishi, nurlar, kosmik radiatsiya va boshqa omillar (shovqin, vibratsiya va hokazo) uchuvchi organizmiga ta’sir koʻrsatadi. Bu jihatdan uchuvchi mehnati boshqa kasb egalarinikidan katta farq qiladi. Aviatsiya tibbiyoti asosan, samolyotda uchadigan xodimlarning mehnat qilishi, dam olishi, uxlashi va ovkatlanishi uchun eng qulay sharoitni oʻrganadi, avariya-qutqaruv vositalarining fiziologikgigiyenik asoslarini ishlab chiqadi. U aviatsiya gigiyenasi, aviatsiya fiziologiyasi, aviatsiya psixologiyasi va uchuvchilarning ish qobiliyatini aniqlash kabi boʻlimlardan iborat.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Aviatsiya tibbiyoti" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES