Avtoralli (avto ... va ing. rally – yigʻin) – avtomobil sporti boʻyicha kompleks musobaqalar. Bunda muayyan yoʻnalish boʻyicha belgilangan harakat jadvaliga aniq rioya qilinadi. Ishtirokchilarning asosiy vazifasi vaqt nazorati joylariga fursatida yetib kelishi; kechikkanlik yoki barvaqt yetib kelganlik uchun jarima xollari (ochkolar) yoziladi. Avtorallida qoʻshimcha sinovlar – shos-se, ippodrom yoʻlkalari boʻylab poygalar, tik qiyalikni bosib oʻtish, figurali haydash kabilar kiritilishi mumkin.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES