Ayollarga nisbatan zoʻravonlik

ayollar va qizlarga nisbatan zo'ravonlik harakatlari

Ayollarga nisbatan zoʻravonlik (en:VAW, inglizcha: Violence against women), shuningdek, genderga asoslangan zoʻravonlik[1][2], jinsiy va jinsga asoslangan zoʻravonlik (inglizcha: sexual and gender-based violence, SGBV)[2] nomlari bilan ataluvchi, asosan, xotin-qizlarga nisbatan qilinajak zoʻravonlik harakatlari majmuidir. Ushbu toʻplamga kiruvchi jinoyatlar, ayollar va qizlarga, ularning jinsi uchun sodir etiladigan nafrat jinoyati[3] boʻlib, ushbu holat turli shakllarda namoyon boʻladi.

Har 100 000 aholi ichra ayollarga nisbatan sodir etilgan qotilliklar xaritasi (2019-yil)

Ayollarga nisbatan zoʻravonlik (qisqartma sifatida: ANZ) holatlari juda uzoq tarixga ega. Bunday zoʻravonlik hodisalari va ularning intensivligi vaqt oʻtishi bilan oʻzgarib borgan hamda bugungi kunda ham jamiyatlar orasida farqlanadi. Ushbu holatlarga, koʻpincha, jamiyatda yoki shaxslararo munosabatlarda ayollarni boʻysundirish mexanizmi sifatida qaraladi. Bu kabi jinoyatlar huquqbuzarlik, ustunlik, misoginiya yoki shunga oʻxshash munosabatlarda jinoyatchining ayollarga nisbatan zoʻravon tabiatini yuzaga keltirishi mumkin.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning „Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish to‘g‘risidagi deklaratsiyasi“da "ayollarga nisbatan zoʻravonlik – erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tarixan teng boʻlmagan kuch munosabatlarining koʻrinishi" va "ayollarni erkaklar bilan solishtirganda boʻysunuvchi mavqeʼga majburlashning muhim ijtimoiy mexanizmlaridan biri.", deya taʼkidlangan[4].

BMTning sobiq Bosh kotibi Kofi Annan tashkilotning Ayollar uchun Taraqqiyot Jamgʻarmasi (UNIFEM) vebsaytida eʼlon qilingan 2006-yilgi hisobotida shunday deydi:

Ayollar va qizlarga nisbatan zoʻravonlik holatlari pandemiya darajasidagi muammodir. Dunyo boʻylab har uch ayoldan kamida bittasi hayoti davomida kaltaklanish, jinsiy aloqaga majburlanish yoki boshqa yoʻl bilan zoʻravonlikka duchor boʻlish holatlaridan aziyat chekkan[5].

Taʼrifi

tahrir
 
Peruda ayolga nisbatan zoʻravonlik qilgan shaxsning hibsga olinishi (1-kadr)
 
Peruda ayolga nisbatan zoʻravonlik qilgan shaxsning hibsga olinishi (2-kadr)

Ayollarga nisbatan zoʻravonlik va oiladagi zoʻravonliklarni bartaraf etishga qaratilgan bir qator xalqaro hujjatlar turli xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan. Ushbu hujjatlar, odatda, bu kabi amaliyotlarga qarshi kurashish maqsadida "zoʻravonlik tushunchasi" nima ekanligini taʼriflash bilan boshlanadi. Yevropa Kengashining Istanbul konvensiyasi (Yevropa Kengashining ayollarga nisbatan hamda oilalardagi zoʻravonlik holatlarining oldini olish va unga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi konvensiyasi) „ANZ“ni "inson huquqlarining buzilishi va ayollarga nisbatan kamsitishning bir shakli" sifatida tavsiflaydi hamda uning taʼrifini "xotin-qizlarga jismoniy, jinsiy, psixologik hamda iqtisodiy zarar yoki azob-uqubatlarga olib keladigan, genderga asoslangan zoʻravonlikning barcha harakatlari, shu jumladan, jamoat yoki shaxsiy hayotda sodir boʻlishidan qatʼi nazar, bunday harakatlar bilan tahdid qilish, majburlash yoki oʻzboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum qilish holati", deya izohlaydi[6].

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1979-yildagi Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiyasi (CEDAW)da ANZ boʻyicha tavsiyalar berilgan[7], Vena deklaratsiyasi va Harakat dasturida esa ANZ haqida soʻz yuritilgan[8]. Biroq, 1993-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining „Ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish borasidagi deklaratsiya“ toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasi ANZni aniq belgilab bergan va mavzuni batafsil bayon etgan birinchi xalqaro hujjat boʻlgan[9]. „Ayollarga nisbatan zoʻravonlik“ning boshqa taʼriflari 1994-yildagi „Ayollarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish, jazolash va yoʻq qilish toʻgʻrisidagi“ Amerikalararo konvensiyada[10] va 2003-yil Maputo protokolida bayon etilgan[11].

Bundan tashqari, „genderga asoslangan zoʻravonlik“ atamasi "ayollarga jismoniy, jinsiy yoki ruhiy jihatdan zarar yetkazish va azoblash uchun moʻljallangan hamda ayollarga ular ayol jinsiga mansub boʻlgani uchun nomutanosib ravishda taʼsir qiladigan har qanday tahdidiy xatti-harakatlar"ni anglatadi[12]. „Gender asosidagi zoʻravonlik“ koʻpincha „ayollarga nisbatan zoʻravonlik“ atamasi bilan almashtiriladi va u haqidagi baʼzi maqolalar ushbu zoʻravonlikning asosiy aybdorlari erkaklar ekanligini taʼkidlagan holda ushbu tushunchalarni takrorlaydi[13]. Bundan tashqari, 19930yildagi „Ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish toʻgʻrisidagi deklaratsiya“da koʻrsatilgan taʼrif zoʻravonlik atamasi genderga asoslangan atama[1] bilan birgalikda ishlatilganda „zoʻravonlik jinoyati erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tengsizlikdan kelib chiqadi“, degan tushunchani ham qoʻllab-quvvatlaydi[1].

Yevropa Kengashi Vazirlar Qoʻmitasi aʼzo davlatlarning 5-Tavsiyasi (2002-yil)da ayollarni zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha ANZ „quyidagilarni oʻz ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanmaydi“, deya belgilangan[14]:

a. Oilada yoki maishiy birlikda sodir boʻlgan zoʻravonlik, shu jumladan, jismoniy va ruhiy tajovuz, hissiy va ruhiy zoʻravonlik, zoʻrlash va jinsiy zoʻravonlik, qarindosh-urugʻlar, turmush oʻrtoqlar, doimiy yoki vaqtinchalik sheriklar va birga yashovchilar oʻrtasidagi zoʻrlash, nomusga tajovuz jinoyatlari, ayol jinsiy aʼzolarini kesish va ayollar uchun zararli boʻlgan boshqa anʼanaviy amaliyotlar, masalan, majburiy nikoh;
b. Umumiy jamiyatda sodir boʻladigan zoʻravonlik, jumladan, zoʻrlash, jinsiy zoʻravonlik, jinsiy zoʻravonlik va ishda, muassasalarda yoki boshqa joylarda jinsiy ekspluatatsiya, iqtisodiy ekspluatatsiya va jinsiy turizm maqsadlarida ayollar savdosi;
c. Davlat yoki uning mansabdor shaxslari tomonidan sodir etiladigan zoʻravonliklar;
d. Qurolli mojaro holatlarida ayollarning xalqaro normalardagi inson huquqlarini buzish, xususan, garovga olish, majburiy koʻchirish, muntazam zoʻrlash, jinsiy qullik, majburiy homiladorlik va jinsiy ekspluatatsiya va iqtisodiy ekspluatatsiya maqsadlarida odam savdosi.

ANZning genderga asoslangan taʼriflari baʼzilar tomonidan qoniqarsiz va muammoli deb hisoblanadi. Ushbu taʼriflar jamiyatni patriarxal deb tushunish asosida konsepsiyalashtirilgan boʻlib, erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tengsiz munosabatlarni anglatadi[15]. Bu kabi fikrlarning muxoliflari taʼriflar erkaklarga nisbatan zoʻravonlikni eʼtiborsiz qoldirishini va genderga asoslangan zoʻravonlikda qoʻllangan gender atamasi faqat ayollarni nazarda tutadi, deya ushbu atamani qoralashadi. Boshqa tanqidchilar gender atamasini bu tarzda qoʻllash ayol jinsiga mansublar uchun boʻysunish hamda erkaklar uchun ustunlik tushunchalarini keltirib chiqarishi mumkin, deb taʼkidlaydilar[16][17]. Erkaklik va ayollik qarama-qarshiliklarini takrorlashga moyil boʻlgan, ayollar uchun emas, balki umumgenderga asoslangan zoʻravonlikning barcha oʻlchovlarini keng qamrovda qabul qiladigan taʼrif mavjud emas[18].

Inson huquqlari boʻyicha hujjatlardagi taʼriflarni solishtirish jadvali
Hujjat Qabul qilgan tashkilot Sana Taʼrif
19-sonli Umumiy Tavsiya CEDAW qoʻmitasi 1992-yil „Diskriminatsiyaning taʼrifi jinsga asoslangan zoʻravonlikni, yaʼni ayol boʻlgani sababli unga qarshi qaratilgan yoki ayollarga nomutanosib taʼsir koʻrsatadigan zoʻravonlikni oʻz ichiga oladi.“"[19]
DEVAW BMT 1993-yil, 20-dekabr „…ayollarga nisbatan zoʻravonlik“ atamasi ayollarga jismoniy, jinsiy va/yoki ruhiy zarar hamda azob-uqubatlarga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan har qanday jinsga asoslangan zoʻravonlik harakatini anglatadi."[20]
Belém do Pará konvensiyasi Amerika Davlatlari Tashkiloti 1994-yil, 9-iyun „ …ayollarga nisbatan zoʻravonlik deganda jinsga asoslangan, jamoat yoki xususiy sohada ayollarning oʻlimiga yoki jismoniy, jinsiy va/yoki ruhiy zarar hamda azob-uqubatlarga olib keladigan har qanday xatti-harakatlar tushuniladi.“[21]
Maputo protokoli Afrika birligi tashkiloti 2003-yil, 11-iyul „ANZlar ayollarga nisbatan sodir etilgan, ularga jismoniy, jinsiy, ruhiy va iqtisodiy zarar yetkazadigan yoki yetkazishi mumkin boʻlgan barcha harakatlar, shu jumladan, bunday xatti-harakatlar qilish bilan tahdid qilish; yoki tinchlik davrida, qurolli mojarolar yoki urush holatlarida shaxsiy yoki jamoat hayotida asosiy erkinliklarga oʻzboshimchalik bilan cheklovlar qoʻyish yoki ulardan mahrum qilishdir.“[22]
Istanbul konvensiyasi Yevropa Kengashi 2011-yil, 11-may „…“ayollarga nisbatan zoʻravonlik" inson huquqlarining buzilishi va ayollarga nisbatan kamsitishning bir shakli sifatida tushuniladi va ayollarga jismoniy, jinsiy, psixologik yoki iqtisodiy zarar etkazish yoki azob-uqubatlarga olib keladigan barcha gender zoʻravonlik harakatlarini, shu jumladan ommaviy yoki shaxsiy hayotda sodir boʻlgan bunday harakatlar, majburlash yoki oʻzboshimchalik bilan ozodlikdan mahrum qilish kabi tahdidlarni anglatadi; … „gender“ maʼlum bir jamiyat ayollar va erkaklar uchun mos deb hisoblaydigan ijtimoiy jihatdan qurilgan rollar, xatti-harakatlar, faoliyatlar va sifatlarni anglatadi; „Ayollarga nisbatan gender asosidagi zoʻravonlik“ ayol kishi boʻlgani uchun unga qarshi qaratilgan yoki ayollarga nomutanosib taʼsir koʻrsatadigan zoʻravonlikni anglatadi". Muqaddimada shunday deyilgan: „Ayollar va qizlarda erkaklarnikiga qaraganda gender asosidagi zoʻravonlik xavfi yuqori ekanligini tan olinadi; Oiladagi zoʻravonlik ayollarga nomutanosib ravishda taʼsir qilishini va erkaklar ham oilaviy zoʻravonlik qurboni boʻlishi mumkinligini ham eʼtirof etiladi.“[23].

Tarixi

tahrir
 
JJ Grandvillening Cent Proverbes (1845) asaridan olingan rasmda „Qui aime bien châtie bien“ (Yaxshi sevsa, yaxshi jazolaydi) deb yozilgan. Orqa tomonda ayolni kaltaklayotgan erkak tasvirlangan.
 
Yonayotgan jodugarlar, boshqalar bilan birga stoklarda ushlab turilgan
 
Sati (hindlarda beva ayol erining dafn marosimida oʻzini yoqib yuborishi) marosimi.
 
Bogʻlangan oyoq rentgenogrammasi, Xitoy

Umumiy koʻrinish

tahrir

Ayollarga nisbatan zoʻravonlik tarixi ilmiy adabiyotlarda noaniq boʻlib qolmoqda. Bu qisman ayollarga nisbatan zoʻravonlikning koʻp turlari (ayniqsa, zoʻrlash, jinsiy zoʻravonlik va oilaviy zoʻravonlik) kam xabar qilinganligi, koʻpincha ijtimoiy normalar, tabular, stigma hamda mavzuning nozik tabiati tufayli boʻlishi mumkin[24][25]. Bugungi kunda ham ishonchli va uzluksiz maʼlumotlarning yetishmasligi ayollarga nisbatan zoʻravonlik haqida aniq tasavvurni shakllantirishga toʻsqinlik qilayotgani keng eʼtirof etilgan[26].

Ayollarga nisbatan zoʻravonlik tarixini kuzatish qiyin boʻlsa-da, zoʻravonlikning katta qismi qabul qilingani, kechirilgani va hatto qonuniy ruxsat etilganligi olimlarga maʼlum[27]. Masalan, Rim qonunchiligi erkaklarga oʻz xotinlarini hatto oʻlimgacha jazolash huquqini berganligi va jodugarlarni yoqish jazosi[28] ham cherkov, ham davlat tomonidan maʼqullangan (garchi bu faqat ayollarga nisbatan qoʻllanilmagan boʻlsa ham)[27].

Ayollarga nisbatan zoʻravonlik tarixi ayollarning mulk sifatidagi tarixiy qarashlari va boʻysunishning gender roli bilan chambarchas bogʻliq[29]. Ayollarga nisbatan zoʻravonlik koʻlami va tarixini tushuntirish uchun patriarxat va umumiy dunyo tizimi yoki gender tengsizliklari mavjud boʻlgan va davom etuvchi maqomlar haqidagi tushuntirishlar keltirilgan[25][26]. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi (1993)da shunday deyiladi:

Ayollarga nisbatan zoʻravonlik erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tarixan teng boʻlmagan kuch munosabatlarining namoyon boʻlishi, bu erkaklar tomonidan ayollar ustidan hukmronlik qilish va kamsitishlarga, shuningdek, ayollarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olishga ayollarning har tomonlama rivojlanishi va ayollarga nisbatan zoʻravonlik ayollarni erkaklarnikiga nisbatan quyi mavqeʼga majburlashning hal qiluvchi ijtimoiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi[30][31].

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga koʻra: „dunyoda ayollarning zoʻravonlikka qarshi himoyalanishi taʼminlanmagan biror bir mamlakat va madaniyat yoʻq“[26]. Zoʻravonlikning bir necha shakllari dunyoning ayrim qismlarida, koʻpincha rivojlanayotgan mamlakatlarda keng tarqalgan. Misol sifatida qaraydigan boʻlsak, sehr qilganligini uchun jazolash va kelin kuydirish „marosimlari“ Hindiston, Bangladesh va Nepal kabi davlatlarda, kislota sepish holatlari, asosan, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, jumladan Kambodjada, nomusga tajovvuz qilish Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo davlatlarida, ayol jinsiy aʼzolarini kesish jinoyati Afrika mamlakatlarida, Yaqin Sharq va Osiyoning boshqa qismlarida (nisbatan kamroq darajada) uchraydi. Oʻgʻirlab ketish yoʻli bilan turmush qurish Efiopiya, Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlarida kuzatiluvchi holatlardan biridir. Kelin uchun tovon toʻlash (kelinni sotish, qalin puli) bilan bogʻliq suiisteʼmollik (zoʻravonlik, odam savdosi va majburiy nikoh) holatlari Sahroi Kabir mamlakatlaridan to Janubiy Afrika va Okeaniya mintaqalarigacha boʻlgan hududlarda keng tarqalgan holatlar sanaladi[32][33].

Baʼzi hududlarda, jumladan, Janubiy Yevropa va Oʻrta yer dengizi mamalakatlarida, endilikda zoʻravonlikning oʻziga xos shakli – nomusga tajovvuz qilish jinoyatlari hozirda qonun yoʻli bilan bartaraf etilgan[34]. Masalan, Italiyada 1981-yilgacha Jinoyat kodeksi ayol jinsiga mansub shaxsning yoki uning jinsiy sherigining shaʼni bilan bogʻliq sabablarga koʻra, oʻldirishda jazoni yengillashtiruvchi holatlarni nazarda tutgan edi[35].

Ayollarga nisbatan zoʻravonlikning alohida shakllarini tushuntirish uchun madaniyatga murojaat qilish holati ularni qonuniylashtirish xavfini tugʻdiradi. Madaniy anʼanalar, mahalliy urf-odatlar va ijtimoiy umidlar, shuningdek, dinning turli talqinlari haqoratli amaliyotlar bilan oʻzaro taʼsir qilishi mumkinligi haqida bahs va munozaralar mavjud[26][36]. Xususan, ayollarga nisbatan zoʻravonlik harakatlarining madaniy asoslari koʻplab mamlakatlardagi baʼzi ijtimoiy guruhlar tomonidan oʻz anʼanalarini himoya qilishga daʼvogarlik qilishlariga sabab boʻlmoqda. Ular keltirgan asoslar shubhalidir, chunki mudofaa odatda taʼsirlanganlar tomonidan emas, balki siyosiy rahbarlar yoki anʼanaviy hokimiyat tomonidan amalga oshiriladi[26]. Madaniyatga taʼsirchanlik va hurmatga boʻlgan ehtiyoj eʼtibordan chetda qoldirilmaydigan elementlardir. Bu kabi holat va voqeʼliklar taʼsirida bir qator nozik munozaralar yuzaga qalqib chiqdi va hamon davom etmoqda.

XX-XXI asrlarda, xususan, 1990-yillardan boshlab ayollarga nisbatan zoʻravonlikning barcha turlarini oldini olish boʻyicha tadqiqot, xabardorlikni oshirish va targʻibot qilish boʻyicha ham milliy, ham xalqaro miqyosda faollik oshirildi[26]. Koʻpincha ayollarga nisbatan zoʻravonlik sogʻliqni saqlash muammosi, shuningdek, inson huquqlarining buzilishi sifatida koʻrib chiqiladi. 2002-yilda oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, dunyodagi har besh ayoldan kamida bittasi hayoti davomida erkak jinsiga mansub shaxs tomonidan jismoniy yoki jinsiy zoʻravonlikka duchor boʻlgan. Xususan, „genderga asoslangan zoʻravonlik holatlari 15—44 yoshdagi ayollarning oʻlimi va sogʻligʻining yomonlashishiga, saraton, bezgak kabi kasaliklarga chalinish, yoʻl-transport hodisalariga duchor boʻlish holatlarining umumiy natijasidan yuqori koʻrsatgichga egadir“[37].

Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida ayollarga nisbatan zoʻravonlikning maʼlum xususiyatlari paydo boʻla boshladi. Misol uchun, ayollarga nisbatan zoʻravonlik harakatlari koʻpincha oʻziga xos, bir marotabalik epizodlar emas, balki davomiy ravishda kuzatiladi. Koʻpincha, zoʻravonlik notanish odam tomonidan emas, balki ayol tanigan kishi tomonidan sodir etiladi[26]. Ushbu tadqiqotlarda ayollarga nisbatan zoʻravonlik ayollar va bolalar salomatligi hamda farovonligiga halokatli taʼsir koʻrsatadigan ogʻir va keng tarqalgan muammo ekanligi haqida ishonchli dalillar keltirilmoqda.

Muhim voqealar

tahrir

Ayollarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha xalqaro miqyosdagi eng muhim bosqichlardan baʼzilari quyidagilardir:

  • 1979-yilda boʻlib oʻtgan „Ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya“ (CEDAW), undagi 12- va 19-tavsiyalarda zoʻravonlik holatini ayollarga nisbatan kamsitishning bir qismi sifatida tan olinishi[38].
  • 1993-yilgi Inson huquqlari bo‘yicha Jahon konferensiyasida ayollarga nisbatan zoʻravonlik holatlarini inson huquqlarining buzilishi sifatida tan olinishi va BMTning yuqoridagi deklaratsiyasiga hissa qoʻshilishi[38].
  • 1993-yilgi BMTning „Ayollarga nisbatan kamsitishlarga barham berish toʻgʻrisidagi deklaratsiyasi“ (DEVAW) ayollarga nisbatan zoʻravonlikni aniq belgilab beruvchi va hal qiluvchi birinchi xalqaro hujjat boʻlishi. Ushbu hujjat „ayollarga nisbatan zoʻravonlik“ iborasini tushunishda gender tengsizliklarining tarixan mavjud boʻlgan tabiatiga ishora qilishi. Ushbu deklaratsiya, shuningdek, oʻsha yilgi Butunjahon konferensiyasiga, koʻpincha, xalqaro hamjamiyat tomonidan ayollarga nisbatan zoʻravonlikni koʻrib chiqishga jiddiyroq qarala boshlagan „burilish nuqtasi“ sifatida qaralishi va shundan soʻng, koʻproq mamlakatlar ushbu muammo atrofida safarbar qilinishi[37][39].
  • 1994-yilgi „Aholi soni va taraqqiyot boʻyicha xalqaro konferensiya“da ayollarga nisbatan zoʻravonlikni reproduktiv salomatlik va huquqlar bilan bogʻlash, shuningdek, ayollar va qizlarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha hukumatlarga tavsiyalar berilishi[38].
  • 1996-yilda boʻlib oʻtgan Jahon sogʻliqni saqlash assambleyasi (JSSA) zoʻravonlik holatlarini asosiy sogʻliqni saqlash muammosi deb eʼlon qilishi hamda yigʻilishda eʼtirof etilgan kichik turlarga: yaqin sheriklar tomonidan qilingan/qilinajak jismoniy va jinsiy zoʻravonlik kirishini, zoʻravonlikning ikki turi koʻpincha ayollarga nisbatan zoʻravonlik sifatida sodir boʻlishini taʼkidlashi. Shundan soʻng, 2002-yilda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) hisoboti eʼlon qilishi[24]. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, shuningdek, „ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish boʻyicha harakatlarni qoʻllab-quvvatlash“ boʻyicha Ishonch jamgʻarmasi (Trust Fund)ni yaratishi[40].
  • 1999-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan „Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya“ga Fakultativ protokol qabul qilinishi hamda 25-noyabr Xalqaro ayollarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish kuni sifatida belgilanishi[37].
  • 2002-yilda JSSA 1996-yilgi zoʻravonlik asosiy sogʻliqni saqlash muammosi sifatida eʼlon qilingan deklaratsiyasining davomi sifatida JSST zoʻravonlik va salomatlik boʻyicha birinchi Jahon hisobotini nashr etishi, unda zoʻravonlikning koʻplab turlari va ularning aholi salomatligiga taʼsiri, shu jumladan zoʻravonlik ayollarga, ayniqsa kuchli taʼsir qilishi kabi masalalar koʻrib chiqilishi. Hisobotda 1970—1990-yillar oraligʻidagi davr mobaynida fuqarolik jamiyati tashkilotlari hamda ayollarga nisbatan gender asosidagi zoʻravonlikka qarshi kurashga qaratilgan faoliyatning keskin oʻsishi qayd etilishi[24].
  • 2004-yilda JSST oʻzining „Ayollar salomatligi va ularga nisbatan uydagi zoʻravonlik boʻyicha koʻp mamlakatli tadqiqoti“ni eʼlon qilishi, ushbu tadqiqotda dunyoning barcha mintaqalari boʻylab 10 ta mamlakatda, 24 000 nafardan ortiq ayollar orasida soʻrov oʻtkazish orqali ayollar salomatligi va oiladagi zoʻravonlikni oʻrganib chiqishi va uning tarqalish darajasini baholashi. Ayollarga nisbatan zoʻravonlik koʻlami, xususan, intim sheriklar tomonidan zoʻravonlik qilish holatlari va buning ayollar sogʻligʻi bilan bogʻliqligi, shuningdek, ayollarning yaqin sheriklarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashish uchun foydalanadigan strategiya va usullarini hujjatlashtirishi[39].
  • BMT bosh kotibining 2006-yilgi „Ayollarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllarini chuqur oʻrganish“ mavzusidagi dastlabki keng qamrovli xalqaro hujjati.
  • 2011-yilgi Yevropa Kengashining „ayollarga nisbatan zoʻravonlik va oiladagi zoʻravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish“ toʻgʻrisidagi konvensiyasi va ushbu deklaratsiyaning ayollar va qizlarga nisbatan zoʻravonlik boʻyicha qonuniy kuchga ega ikkinchi mintaqaviy hujjatga aylanishi[38].
  • 2013-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining „Ayollar statusi boʻyicha komissiyasi“ (ASBK, AMBK, CSW) konsensusi asosida ayollar va qizlarga nisbatan zoʻravonlikning barcha shakllarini bartaraf etish va oldini olish boʻyicha kelishilgan xulosalarni qabul qilinishi (avvallari kelishilgan xulosalar boʻlmagan)[38].
  • Shuningdek, 2013-yilda BMT Bosh Assambleyasi ayollarning inson huquqlari himoyachilarini himoya qilishga chaqiruvchi oʻzining birinchi rezolyutsiyasini qabul qilishi[41]. Rezolyusiyaning mamlakatlarni ayollarning huquq himoyachilarini himoya qilish uchun genderga oid qonunlar va siyosatlarni ishlab chiqishga hamda ushbu chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda himoyachilarning oʻzlari ishtirok etishini taʼminlashga chaqiradi hamda davlatlarni ayollarning huquq himoyachilarini Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlik qilish hamda ularning xalqaro inson huquqlari organlari va mexanizmlariga toʻsqinliksiz kirishlari va aloqalarini taʼminlashlari uchun repressiyadan himoya qilishga chaqirishi[42]</ref>[43].

Jamiyatga taʼsiri

tahrir

Health and Human Rights jurnalida chop etilgan maqolaga koʻra[40], koʻp yillik targʻibot va koʻplab feministik faol tashkilotlarning ishtirokidan qatʼiy nazar, ayollarga nisbatan zoʻravonlik masalasi hali ham „dunyo boʻylab inson huquqlari buzilishining eng keng tarqalgan shakllaridan biri“ boʻlib qolmoqda[40]. Ayollarga nisbatan zoʻravonlik jinoyati ular hayotining ham davlat, ham shaxsiy sohalarida istalgan vaqtida sodir boʻlishi mumkin. Ushbu jinoiy holat koʻpincha ayollarni oʻz jamiyatlarining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga toʻliq hissa qoʻshishiga toʻsqinlik qiladi[40][44]. Koʻpgina ayollar bunday zoʻravonlik tahdidlaridan qoʻrqishadi. Bu esa ularning hayotiga taʼsir qilish bilan birga, ayollarning oʻz huquqlaridan foydalanishlari uchun toʻsqinlik qiladi. Misol uchun, ular oʻz jamiyatlarining jtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga hissa qoʻshishdan qoʻrqishadi[44]. Bundan tashqari, ANZ yoki genderga asoslangan zoʻravonlikni qoʻzgʻatuvchi sabablar faqat jins masalasidan tashqari, yosh, sinf, madaniyat, etnik kelib chiqish, din, jinsiy orientatsiya va ular kelib chiqishining oʻziga xos geografik hududi masalalariga ham bogʻliq boʻlishi mumkin.

Eng ahamiyatlisi, ijtimoiy boʻlinishlar masalasidan tashqari, gender zoʻravonligi sogʻliqni saqlash muammolari sohasiga kirib borishi va sogʻliqni saqlash sohasining bevosita tashvishiga aylanishi ehtimolga yaqinligidir[45]. OIV/OITS kabi sogʻliq bilan bogʻliq muammolar zoʻravonlikka olib keladigan yana bir sababdir. Ushbu turdagi kasallikka chalingan ayollar zoʻravonlik nishonlariga eng koʻp duchor boʻladiganlar sirasiga kiradi[40]. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) ayollarga nisbatan zoʻravonlik sogʻliqni saqlash xizmatlariga ortiqcha yuk boʻlishini bildiradi. Chunki zoʻravonlikdan jabr koʻrgan ayollar, zoʻravonlikdan aziyat chekmagan ayollarga qaraganda, tibbiy xizmatlarga koʻproq ehtiyoj bildirishadi[43]. ANZ iborasini, shu jumladan, sogʻliqni saqlash tizimining muhim muammosi sifatida tushunishni tasdiqlovchi yana bir bayonot Yevropa Kengashi tomonidan qabul qilingan tavsiyanomada yaqqol koʻrinib turiadi. Ushbu nomada keltirilishicha, xususiy sohada, uyda yoki oiladagi zoʻravonlik ayollar orasida qayd etilayotgan „oʻlim va nogironlik“ holatlarining asosiy sababi boʻlim qolmoqda[40].

Bundan tashqari, bir nechta tadqiqotlar ayollarga yomon munosabatda boʻlish va xalqaro zoʻravonlik oʻrtasidagi bogʻliqlikni koʻrsatdi. Ushbu tadqiqotlarda aytilishicha, millatlararo va ichki zoʻravonlikning „eng yaxshi“ koʻrsatkichlaridan biri bu jamiyatda ayollarga nisbatan yomon munosabatdir[46][47].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Russo, Nancy Felipe; Pirlott, Angela (November 2006). "Gender-based violence: concepts, methods, and findings". Annals of the New York Academy of Sciences (Taylor and Francis and Oxfam) 1087 (Violence and Exploitation Against Women and Girls): 178–205. doi:10.1196/annals.1385.024. PMID 17189506. 
  2. 2,0 2,1 Sexual and Gender-based Violence (WHO)
  3. Citations:
    • Angelari, Marguerite „Hate crime statutes: a promising tool for fighting violence against women“, . Pornography, sex work, and hate speech. New York: Taylor and Francis, 1997 — 405–448-bet. ISBN 9780815325208. 
    • Gerstenfeld, Phyllis B. „The hate debate: constitutional and policy problems“, . Hate crimes: causes, controls, and controversies. Thousand Oaks, California: Sage, 2013 — 58-bet. ISBN 9781452256627. 
    • McPhail, Beverly „Gender-bias hate crimes: a review“, . Hate and bias crime: a reader. New York: Routledge, 2003 — 271-bet. ISBN 9780415944076. 
  4. „A/RES/48/104 - Declaration on the Elimination of Violence against Women“. United Nations General Assembly. Qaraldi: 2014-yil 6-avgust.
  5. Moradian, Azad „Domestic Violence against Single and Married Women in Iranian Society“. Tolerancy.org. The Chicago School of Professional Psychology (2010-yil 10-sentyabr). 2012-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-mart.
  6. „Details of Treaty No.210: Council of Europe Convention on preventing and combating violence against women and domestic violence“. Council of Europe. Qaraldi: 2016-yil 3-aprel.
  7. „General recommendations made by the Committee on the Elimination of Discrimination against Women“. www.un.org. 2015-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-may., General Recommendations 12 and 19
  8. „Vienna Declaration and Programme of Action“. UN General Assembly (1993-yil 12-iyul). Qaraldi: 2016-yil 3-aprel., paragraph 18
  9. „What We Do: Ending Violence against Women: Global Norms and Standards“. UN Women. Qaraldi: 2016-yil 3-aprel.
  10. „Inter-American Convention on the Prevention, Punishment And Eradication of Violence Against Women "Convention of Belem Do Para"“. Organization of American States. Qaraldi: 2016-yil 3-aprel.
  11. „Protocol to the African Charter on Human and Peoples' Rights on the Rights of Women in Africa“. African Commission on Human and Peoples' Rights. 2022-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-aprel.
  12. Richters, J.M. Annemiek. Women, culture and violence: a development, health and human rights issue. Leiden, The Netherlands: Women and Autonomy Centre (VENA), Leiden University, 1994. ISBN 9789072631374. OCLC 905570045. 
  13. Sen, Purna (November 1998). "Development practice and violence against women". Gender & Development (Taylor and Francis and Oxfam) 6 (3): 7–16. doi:10.1080/741922827. PMID 12294415. 
  14. „Recommendations of the Committee of Ministers to member states on the protection of women against violence“. Council of Europe Committee of Ministers (2002-yil 30-aprel). Qaraldi: 2016-yil 3-aprel.
  15. Ertürk, Yakin (2009). "Towards a post-patriarchal gender order: confronting the universality and the particularity of violence against women". Sociologisk Forskning (Sveriges Sociologförbund [Swedish Sociological Association]) 46 (4): 61–70. doi:10.37062/sf.46.19221. 
  16. Visaria, Leela (13 May 2000). "Violence against women: a field study". Economic and Political Weekly (Sameeksha Trust, Mumbai, India) 35 (20): 1742–1751. 
  17. Michau, Lori (March 2007). "Approaching old problems in new ways: community mobilisation as a primary prevention strategy to combat violence against women". Gender & Development (Taylor and Francis and Oxfam) 15 (1): 95–109. doi:10.1080/13552070601179144. 
  18. Prügl, Elisabeth (Director). Violence Against Women. Gender and International Affairs Class 2013. Lecture conducted from The Graduate Institute of International and Development Studies (IHEID), Geneva, Switzerland, 25 November 2013. 
  19. CEDAW Committee. „General recommendation No. 19: Violence against women“. ohchr.org. Office of the United Nations High Commissioner for Human Rights (1992). 2022-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-mart.
  20. „A/RES/48/104 – Declaration on the Elimination of Violence against Women – UN Documents: Gathering a body of global agreements“. un-documents.net (1993-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 11-mart.
  21. „Inter-American Convention on the Prevention, Punishment, and Eradication of Violence against Women (Convention of Belém do Pará)“. oas.org. Organization of American States (1994-yil 9-iyun). Qaraldi: 2021-yil 11-mart.
  22. „Maputo Protocol“. Wikisource. African Union (2003-yil 11-iyul). Qaraldi: 2021-yil 11-mart.
  23. „Council of Europe Convention on preventing and combating violence against women and domestic violence“. coe.int. Council of Europe (2021-yil 11-may). Qaraldi: 2021-yil 11-mart.
  24. 24,0 24,1 24,2 Krug, Etienne G.; Dahlberg, Linda L.; Mercy, James A.; Zwi, Anthony B.; Lozano, Rafael. World report on violence and health. Geneva, Switzerland: World Health Organization, 2002. ISBN 9789241545617. 
    Also available as:
  25. 25,0 25,1 Watts, Charlotte; Zimmerman, Cathy (6 April 2002). "Violence against women: global scope and magnitude". The Lancet (Elsevier) 359 (9313): 1232–1237. doi:10.1016/S0140-6736(02)08221-1. PMID 11955557. https://archive.org/details/sim_the-lancet_2002-04-06_359_9313/page/1232. 
  26. 26,0 26,1 26,2 26,3 26,4 26,5 26,6 UN. In-depth study on all forms of violence against women. Report of the Secretary-General.. United Nations General Assembly, 2006. A/61/122/Add. Qaraldi: 2013-yil 2-dekabr. 
  27. 27,0 27,1 Ireland, Patricia. No Safe Place: Violence Against Women (script). PBS documentary, 1996. Qaraldi: 2013-yil 2-dekabr. 
  28. Stedman, Berne (August 1917). "Right of husband to chastise wife". The Virginia Law Register (University of Virginia School of Law) 3 (4): 241–248. doi:10.2307/1106112.  Also available at HeinOnline. Full text available here [1].
  29. Toren, Christina „Transforming love: representing Fijian hierarchy“, . Sex and violence: issues in representation and experience. London New York: Routledge, 1994 — 18–39-bet. ISBN 9780415057349. 
  30. UN. Declaration on the Elimination of Violence against Women. United Nations. A/RES/48/104. 
  31. UNFPA „Addressing gender-based violence: advancing human rights“. United Nations Population Fund (UNFPA). 2014-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  32. „Papua New Guinea: police cite bride price major factor in marital violence“. Island Business (2011-yil 21-noyabr). 2015-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-avgust.
  33. „An exploratory study of bride price and domestic violence in Bundibugyo District, Uganda“. Centre for Human Rights Advancement (CEHURA) and South African Medical Research Council (2012-yil aprel). 2013-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-avgust.
  34. Kirti, Anand; Kumar, Prateek; Yadav, Rachana (2011). "The face of honour based crimes: global concerns and solutions". International Journal of Criminal Justice Sciences (South Asian Society of Criminology & Victimology (SASCV)) 6 (1–2): 343–357. Archived from the original on 2015-02-18. https://web.archive.org/web/20150218182239/http://www.sascv.org/ijcjs/pdfs/kirtietalicjs2011i%26iind.pdf. Qaraldi: 2022-08-05. Ayollarga nisbatan zoʻravonlik]]
  35. Barazzetti, Donatella; Garreffa, Franca; Marsico, Rosaria. Daphne Project "Proposing new indicators: measuring violence's effects, GVEI (Gender Violence Effects Indicators)". Rende, Italy: Centre Women's Studies "Milly Villa", University of Calabria, July 2007. „Before 1981, Art. 587 read: He who causes the death of a spouse, daughter, or sister upon discovering her in illegitimate carnal relations and in the heat of passion caused by the offence to his honour or that of his family will be sentenced to three to seven years. The same sentence shall apply to whom, in the above circumstances, causes the death of the person involved in illegitimate carnal relations with his spouse, daughter, or sister.“ 
  36. Narayan, Uma „Cross‐cultural connections, border‐crossings, and "Death by Culture": thinking about dowry-murders in India and domestic‐violence murders in the United States“, . Dislocating cultures: identities, traditions, and Third-World feminism. New York: Routledge, 1997 — 81–118-bet. ISBN 9780415914192. 
  37. 37,0 37,1 37,2 Venis, Sarah; Horton, Richard (6 April 2002). "Violence against women: a global burden". The Lancet (Elsevier) 359 (9313): 1172. doi:10.1016/S0140-6736(02)08251-X. PMID 11955533. https://archive.org/details/sim_the-lancet_2002-04-06_359_9313/page/1172. 
  38. 38,0 38,1 38,2 38,3 38,4 „Global norms and standards: Ending violence against women“. UN Women. Qaraldi: 2013-yil 2-dekabr.
  39. 39,0 39,1 Garcia-Moreno, Claudia. WHO multi-country study on women's health and domestic violence against women: initial results on prevalence, health outcomes and women's responses. Geneva, Switzerland: World Health Organization, 2005. ISBN 9789241593588. 
  40. 40,0 40,1 40,2 40,3 40,4 40,5 Fried, Susana T. (2003). "Violence against women". Health and Human Rights Journal (Harvard University Press) 6 (2): 88–111. doi:10.2307/4065431.  Pdf. (Wayback Machine saytida 2019-11-29 sanasida arxivlangan)
  41. NRK. „Protection of women human rights defenders“. The Norway Post (2013-yil 30-noyabr). 2013-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-avgust.
  42. „UN adopts landmark resolution on Protecting Women Human Rights Defenders“. Association for Women's Rights in Development (AWID) (2013-yil 28-noyabr). 2014-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-avgust.
  43. 43,0 43,1 WHO. Violence against women. World Health Organization, 1 September 2011. Qaraldi: 2013-yil 2-dekabr. 
  44. 44,0 44,1 Bardall, Gabrielle; Bjarnegård, Elin; Piscopo, Jennifer M. (November 2020). "How is Political Violence Gendered? Disentangling Motives, Forms, and Impacts". Political Studies (SAGE Publications on behalf of the Political Studies Association) 68 (4): 916–935. doi:10.1177/0032321719881812. ISSN 1467-9248. OCLC 1641383. 
  45. Colarossi, Lisa (Winter 2005). "A response to Danis & Lockhart: What guides social work knowledge about violence against women?". Journal of Social Work Education (Taylor and Francis on behalf of the Council on Social Work Education (CSWE)) 41 (1): 147–159. doi:10.5175/JSWE.2005.200400418. 
    See also:
  46. Maffly, Brian. „BYU study links women's safety, nation's peace“. The Salt Lake Tribune (2009-yil 21-mart). 2010-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  47. Strearmer, Matthew; Emmett, Chad F.. The great divide: Revealing differences in the Islamic world regarding the status of women and its impact on international peace. WomanStats Project, 2007. Qaraldi: 2014-yil 6-avgust.  Paper prepared for presentation at the annual meeting of the American Political Science Association, Chicago, Illinois, 29 August – 1 September 2007.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir
  NODES
Association 5
COMMUNITY 1
INTERN 5
Project 2