Azon (arab, namozga chaqirish) – 1) islom dinida har kuni oʻqiladigan 5 mahal namozga muazzin aytadigan da’vat. Azon namoz uchun buyurilgan sunnat hisoblanadi. Muazzin (azon aytuvchi) odatda har bir masjidda boʻladi. Uning aytgan Azonni namoz vaqti boʻlganligini bildiradi. Azon baland ovoz bilan oʻziga xos ohang ila aytiladi. Azon 622–623 yillarda Rosululloh sollolohu alayhi vasallam tomonidan belgilandi. Birinchi muazzin Bilol(r.a) boʻlgan. Azon aytish islom tarixining bir necha asrlari davomida shakllandi. 2) Islomda yangi tugilgan chaqaloqning qulogʻiga Azon aytish odati ham bor. Bunda avval maxsus duo oʻqilib, soʻng ohista tovushda bolaning oʻng qulogʻiga Azon, chap qulogʻiga takbir aytiladi. Bu odat goʻdakning bokira shuuriga Alloh taolo nomini muhrlash mazmunida talqin etilgan. 3) Oʻzbek tilida Azon soʻzi ertalab, saharlab, ilk sahar (kun chiqishdan oldingi payt) ma’nosini ham anglatadi.[1] Besh vaqt namoz va juma namoziga aytiladigan azon va takbiri iqomatning hukmi erkaklar uchun farzi kifoyadir. Azonda oʻn besh jumla boʻlib, ular quyidagilar:


اَللهُ أَكْبَر Allohu akbar,

اَللهُ أَكْبَر Allohu akbar,

اَللهُ أَكْبَر Allohu akbar,

اَللهُ أَكْبَر Allohu akbar,

أَشْهَدُ أَلاَّ إِلَهَ إِلاَّ الله Ashhadu alla ilaha illalloh,

أَشْهَدُ أَلاَّ إِلَهَ إِلاَّ الله Ashhadu alla ilaha illalloh,

أَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ الله Ashhadu anna Muhammadar Rasululloh,

أَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ الله Ashhadu anna Muhammadar Rasululloh,

حَيَّ عَلَى الصَّلاَة Hayya alas solah.

حَيَّ عَلَى الصَّلاَة Hayya alas solah.

حَيَّ عَلَى الْفَلاَح Hayya alal falah.

حَيَّ عَلَى الْفَلاَح Hayya alal falah.

اَللهُ أَكْبَر Allohu akbar,

اَللهُ أَكْبَر Allohu akbar,

لاَ إِلَهَ إِلاَّ الله La ilaha illalloh.

Bomdod namoziga azon aytilganda «Hayya alal falah»dan keyin ikki marta: "اَلصَّلاَةُ خَيْرٌ مِنَ النَّوْمِ" «Assolatu xoyrum minannavm» qoʻshib qoʻyiladi.

Takbiri iqomat jumlalari o'n bir jumladir va ular quyidagilar:

اَللهُ أَكْبَرAllohu akbar,

اَللهُ أَكْبَرAllohu akbar,

أَشْهَدُ أَلاَّ إِلَهَ إِلاَّ اللهAshhadu alla ilaha illalloh,

أَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ الله Ashhadu anna Muhammadar Rasululloh,

حَيَّ عَلَى الصَّلاَة Hayya alas solah,

حَيَّ عَلَى الْفَلاَح Hayya alal falah,

قَد ْقَامَتِ الصَّلاَة Qod qomatis solah,

قَد ْقَامَتِ الصَّلاَة Qod qomatis solah,

اَللهُ أَكْبَر Allohu akbar,

اَللهُ أَكْبَرAllohu akbar,

لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهLa ilaha illalloh.

Azondan so'ng o'qiladigan duo

Azonni eshitgan har bir kishiga muazzin aytgan jumlalarni qaytarib turish sunnatdir. Faqat «Hayya alas solah, hayya alal falah»ni eshitganda:

"لاَ حَوْلَ وَ لاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللهِ"«La havla vala quvvata illa billah»,- deydi. So'ngra ushbu duoni o'qiydi:
"اَللَّهُمَّ رَبَّ هَذِهِ الدَّعْوَةِ التَّامَّةِ وَ الصَّلاَةِ القَائِمَةِ آتِ مُحَمَّداً الْوَسِيلَةَ وَ الْفَضِيلَةَ وَ ابْعَثْهُ مَقَامًا مَحْمُودًا الَّذِي وَعَدْتَهُ". 

«Allohumma robba hazihid da'vatittammati, vassolatil qoimati, ati Muhammadanil vasilata val-fazilata, vab'asxu maqomam mahmudanillaziy va'adtahu».

Maʼnosi: «Ushbu komil daʼvatning, hozir boʻlgan-qoim namozning Parvardigori boʻlgan Ey Alloh! Muhammadga vasila (Qiyomatda Rasululloh duolari-soʻrovlari bilan hisob boshlanadi) va fazilat ato etgin. Uni Oʻzing vaʼda qilgan maqtovli maqomga chiqargin. (Albatta, Sen vaʼdaga xilof qilmaysan)».

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES