Balxash (qozoqcha: Балқаш) — Qozogʻiston Respublikasi sharqidagi koʻl. Balxash-Olakoʻl soyligida, dengiz sathidan 340 m balandda. Maydoni suvi koʻpayganda 22 ming km², ozayganda 17 ming km² boʻladi. Uzunligi 605 km, oʻrtacha eni 41 km, eng keng joyi 74 km, eng tor joyi 8,5 km. B. shim.-sharqdan jan.-gʻarbga qarab yarim oy shaklida choʻzilgan. Suv hajmi 112 km³. Havzasining maydoni 501 ming km². Oʻrtacha chuq. 6 m, eng chuqur joyi 26,3 m, eng sayoz joyi 2 m. Suvi deyarli chuchuk, sharqiy qismida shoʻrroq (5,21 g/l). B.da orol kam, ulardan eng yiriklari: Bosorol va Tosorol. B. suvni asosan daryolardan oladi: jan.dan Ili, Qoratol, Oqsuv, Lepsa, shim.dan Ayagʻuz daryolari quyiladi. Ili daryosi suvi koʻlga quyiladigan umumiy suv hajmining 75 — 80%ini tashkil qiladi. B.ning gʻarbiy va shim. qirgʻoqlari paleozoy jinslaridan tuzilgan, sharqiy va jan. qirgʻoqlari qumli pasttekislikdan iborat. Qirgʻoq chizigʻi ancha notekis. Koʻl sathiga yiliga 120 mm yogʻin tushib, 950 – 1200 mm bugʻlanadi. Suvning temperaturasi dekabrda 0°, iyulda 28’. Shamollar koʻl suvini kuchli toʻlqinlantirib turadi. Koʻl noyabrdan aprelning yarmigacha muzlaydi. Suv sathining oʻzgarish yillik amplitudasi qariyb 3 m. Sariesik yarim orol kulni gidrologik jihatdan keskin farq qiluvchi ikki qism — gʻarbiy va sharqiy qismlarga boʻlib turadi. Suvi loyqa. Sudak, sazan, qorabaliq, olabugʻa baliqlari ovlanadi. Suv parrandasi koʻp. B.da kema qatnaydi. Asosiy pristanlari: Buril-boytol, Boʻrlituba. Shim. sohilidagi Balxash shahrida kon metallurgiya kti bor.

Balxash
Koordinatalari 46°10′N 74°20′E / 46.167°N 74.333°E / 46.167; 74.333
Eng katta uzunligi 620
Yuzasi 18 200 km2
Oʻrtacha chuqurligi 5,8 m
Eng katta chuqurligi 26,5 m
Suv hajmi 105 km3

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES
Note 1