Hindiston va Bangladesh oʻrtasidagi chegara uzunligi 4023 kmni[1] tashkil etadi. Hindistonning Gʻarbiy Bengaliya, Assam, Meghalaya, Tripura va Mizoram shtatlari chegara hududlarida joylashgan. Hozirgi kunda Hindiston hukumati jangarilar harakatini toʻxtatish va Bangladeshdan kontrabanda va noqonuniy immigratsiyaning oldini olish uchun chegara toʻsigʻi qurilishini moliyalashtirmoqda.

Bangladesh faqat Hindiston va Myanma davlatlari bilan chegaradosh

Tarixi

tahrir

1947-yilda Hindiston Buyuk Britaniyadan mustaqil boʻlgach, u diniy qarashlarga koʻra hududiy tarkiblarga qarab boʻlingan. Panjob provinsiyasi, Bengaliya va Hindiston qismi keyinchalik Assam shtati tarkibiga kirgan Silxet tumani ham boʻlingan. Hindistonning gʻarbiy qismida va Bengaliyaning sharqiy qismida musulmonlar koʻpchilikni tashkil qilgan. Bu ikki hududdan Pokiston tashkil topdi. Sharqiy Pokiston 1971-yilgi Hindiston-Pokiston urushi tugaganidan keyin mustaqil Bangladesh davlatiga aylandi.

Geografiyasi

tahrir

Chegarada Gang deltasi va Sundarbanlarning mangrov oʻrmonlari joylashgan. Bangladeshda 58 ta transchegaraviy daryolar mavjud boʻlib, suv resurslaridan foydalanish bilan boʻyicha bir qancha muommolar Hindiston hukumati bilan juda ham tortishuvli bahsli mojorolar hisoblanadi[2]. Global miqyosda iqlimning oʻzgarishi natjasida dengiz sathi 1 metrga koʻtarilganda Bangladesh mamlakatining ellik foizi suv ostida qoladi, degan taxminlar mavjud.

Munozarali masalalar

tahrir
 
Hindiston va Bangladeshni shimoliy chegarada ajratib turadigan daryo

Hindistondan Bangladeshga katta miqdordagi qoramol, oziq-ovqat mahsulotlari va giyohvand moddalar kontrabanda yoʻli bilan olib kelinadi. Bangladeshliklar Hindistonda ish topish uchun chegarani noqonuniy kesib oʻtadi. Hindiston chegara qoʻshinlari noqonuniy muhojirlarni oldini olish maqsadida hind harbiylari tamonidan noqonuniy muhojirlar tamon oʻq uziladi, natijada har yili minglab bangladeshlik muhojirlar hind harbiylari qoʻlidan oʻlim topadi. 2001-yilda mamlakatlar oʻrtasida chegara mojarosi kelib chiqdi, natijada oʻnlab odamlar halok boʻldi.

Bangladesh hukumati Hindiston chegarachilarni Bangladesh nazorati ostidagi hududga bostirib kirishda va u yerda yashovchi tinch Bangladesh aholini nishonga olib oʻldirilganligida bir necha bor ayblagan. Ushbu bayonotlar Bangladeshdan Hindistonga ommaviy noqonuniy immigratsiya uchun qasos sifatida qilingan, buning natijasida toʻsiq qurilishi boshlangan[3]. 2008-yil avgust oyida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Hindiston chegara qoʻmondonligi 59 nafar noqonuniy muhojirlarni (34 nafar Bangladeshlik, 21 nafar hindistonlik, boshqalari nomaʼlum) oʻtgan olti oy davomida chegarani kesib oʻtishga urinayotganda oʻldirilganligini tan oldi.

Bangladesh ommaviy axborot vositalari hind harbiylarini 2010-yilda Thakurgaonning Haripur tumanidan 8 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan 5 nafar bangladeshlik bolani oʻgʻirlab ketganlikda ayblagan edi. Bolalar chegara yaqinida baliq tutayotgan edi[4]. Hindistonliklar 2011-yil 7-yanvar kuni otasi bilan hind-Bangladesh toʻsigʻidan narvon yordamida oshib oʻtmoqchi boʻlganida, 15 yoshli bangladeshlik qizni oʻldirgani haqida daʻvolar ham bor edi.

2010-yilda Human Rights Watch (HRW) Hindiston chegarachilari tomonidan yuzlab qonunbuzarliklar haqida 81 sahifalik hisobot chop etdi. Hisobot hind qurbonlari yaqin insonlari bilan suhbatlar, filmlar, guvohlar va Bangladesh chegarachilarining koʻrsatmalari asosida tuzilgan. Hisobotda aytilishicha, 900 dan ortiq Bangladesh fuqarosi XXI asrning birinchi oʻn yilligida Hindistonga qochmoqchi boʻlganida halok boʻlgan. Human Right Watch maʼlumotlariga koʻra, ularning aksariyati kontrabanda paytida Hindiston hududiga oʻtganlarida halok boʻlgan, baʼzilari esa hindlar tomonidan tasodifiy otishma qurboni boʻlgani haqida maʼlumotlar bor[5].

2015-yil 7-mayda Hindiston va Bangladesh 1974-yil 16-maydagi chegara shartnomasini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunlarni qabul qilishdi. Keyinroq ikki davlat bosh vazirlari Narendra Modi va Shayx Xasina ratifikatsiya yorliqlarini almashdilar. Davlatlararo kelishuvga koʻra, Hindiston va Bangladesh anklavlarni almashishi va chegarani old hududlari tinchlik saqlanishi kerak edi. Shu bilan birga, Bangladesh 70 km², Hindiston esa 28 km² anklavlarni almashib oldi[6][7].

Toʻsiq

tahrir
 
Chegaraning gʻarbiy qismida hind-Bangladeshi toʻsigʻi

Hind-Bangladesh toʻsigʻi uzunligi 4000 kilometrni tashkil qiladi. Hindiston ayni paytda noqonuniy immigratsiya, qurol va giyohvand moddalar kontrabandasining oldini olish uchun devorni mustahkamlamoqda. Gʻarbiy Bengal sektorida toʻsiqdan tashqari projektorlar oʻrnatilgan. Loyiha qiymati 600 million AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu loyiha 2009-yilda yakunlangan.

Sobiq Bosh vazir Xalida Ziya boshchiligida Bangladesh qoʻshinlari toʻsiq qurilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida hind askarlariga hujum qila boshladilar. Assam hududining baʼzi mahalliy xalqlari Bangladeshdan noqonuniy immigratsiya tufayli oʻz yurtlarida ozchilik boʻlib qolishidan qoʻrqishar edi[8].

Qurilish loyihasi oxir-oqibat toʻsiq ustiga tikanli simlar yotqizilishi va toʻsiqning poydevori qoʻshimcha ravishda beton bloklar bilan mustahkamlanishi haqidagi maʼlumotlarni oshkor etdi. 7 yil davomida qariyb 2490 kilometr toʻsiq yotqizildi. Toʻsiqning ayrim uchastkalari orqali yuqori voltli simlar yotqizilgan edi. Assam hududidan Bangladesh bilan chegaraning 197 kilometridan 263 kilometri toʻgʻri kelar edi[9].

2009-yil iyul oyida Channel 4 News toʻsiqni kesib oʻtishga uringan yuzlab Bangladeshliklar oʻldirilgani haqida xabar berdi. Biroq, hind chegarachilari toʻsiqdan asosiy maqsad noqonuniy immigratsiya va terrorchilarning Hindiston hududiga kirib kelishining oldini olish ekanligini daʼvo qilib chiqdi va ushbu davolar haligacha davom etmoqda[10].

Shuningdek

tahrir
  • Hindiston-Bangladesh munosabatlari

Manbalar

tahrir
  1. „Indo-Bangladesh border fence to speed up“. UPI. 2011-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-avgust.
  2. Suvedī, Sūryaprasāda. International watercourses law for the 21st century. Andoza:Нп3, 2005 — 154—166-bet. ISBN 0754645274. 
  3. „Border tension flares as BSF kills 2 more“. // The Daily Star (2005-yil 24-aprel). 2011-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „BSF abducts 5 children from border“. The Daily Star (2010-yil 24-iyul). 2010-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „India/Bangladesh: Indiscriminate Killings, Abuse by Border Officers“. // Human Rights Watch. 2012-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Индия и Бангладеш ратифицировали соглашение о сухопутной границе“. // РИА Новости (2015-yil 6-iyun). 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-avgust.
  7. „Parliament passes historic land accord bill to redraw border with Bangladesh“ (en). // The Times of India (2015-yil 7-may). 2018-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-avgust.
  8. „Livelihoods on line at Indian border“. BBC News. 2012-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „The Assam Tribune Online“. www.assamtribune.com. 2012-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Homepage — Channel 4 News“. 2009-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-avgust.
  NODES
HOME 1
Intern 1
os 28