Banya-luka — Bosniya va Gersegovinadagi shahar, Vrbas daryosi boʻyida. Aholisi 195 ming kishi (1991). Mashinasozlik (jumladan elektrotexnika, radioelektronika), kimyo, yogʻochsozlik, kun poyabzal, oziq-ovqat (jumladan tamaki) sanoati korxonalari bor. B.-L. shahri yaqinida oltingugurtli shifobaxsh issiq buloqlar mavjud. Shahar 1969-yilda zilziladan zarar koʻrgan, keyinroq qayta tiklangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES
os 10