Bel chigali(plexus lumbalis) - dastlabki to'rtta bel nervlarining bo'linmalari (L1-L4) va oxirgi ko'krak nervi (T12) qo'shilishidan hosil bo'ladi.Bel chigali bel umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqchalarini old tomonida, belning kvadrat mushagining oldingi yuzasida, katta bel mushagining orqa qismida joylashadi. Bundan tashqari, to'rtinchi bel nervining ventral shoxlari - bel-dumg'aza magistralidan dumg'aza chigaliga o'tadi.Bel chigalining nervlari asosan sonning old qismini innervatsiyalaydi[1].

Lumbar plexus
Plan of lumbar plexus.
The lumbar plexus and its branches.
Details
From T12, L1-L4
Identifiers
Latin Plexus lumbalis

Plexus lumbaris
TA98 A14.2.07.002
TA2 6517
FMA 5908
Anatomical terms of neuroanatomy

Nerv chigali umurtqalararo teshiklar bo'ylab lateral hosil bo'ladi va katta bel mushagi orqali o'tadi. Uning kichikroq harakatlantiruvachi shoxlari to'g'ridan-to'g'ri katta bel mushagi sohasiga taqsimlanadi, katta shoxlari esa mushakni turli joylari orqali tos bo'shlig'i bo'ylab pastga yo'naladi.Chov boylami ostida qoladi va tos bo'shlig'idan yopqich teshigi orqali chiqadi[1].

Tarmoqlari

tahrir

Yonbosh-qorin osti nervi (n. iliohypogastricus)belning kvadrat mushagi old tomonida lateral hamda qiyshiq ravishda yo'nalib katta bel mushak sohasi orqasiga o'tadi. Bu mushak yon tomondan qorinni ko'ndalangigateshib o'tib, qorinning ichki qiyshiq mushak qismi o'rtasidan yonbosh suyagi bo'ylab o'tadi. Bu tarmoq bir nechta harakat shoxlari va lateral son terisiga sezgi shoxlarini beradi. Keyin uning terminal tarmog'i chov boylamiga parallel ravishda o'tib , qorin bo'shlig'i tashqi qiyaligining aponevrozidan tashqi chov halqa ustiga chiqadi va terisini innervatsiyalaydi[2].

Yonbosh-chov nervi (n. ilioinguinalis)belning kvadrat mushagi ustidagi n. iliohypogastricus orqali borib,keyin uning ostidan o'tadi. Bu nerv qorinning ko‘ndalang va ichki qiyshiq mushaklari o‘rtasidan o‘tib, qorinning lateral gumh mushaklarini innervatsiya qiladi va chov kanaliga kiradi. Chov kanalining tashqi teshigidan chiqqach erkaklarda yorg‘oqning oldingi nervlari (nn. scrotales anteriores) bo‘lib, chov va qov sohasi, erlik olati ildizi, yorg‘oq terisini, ayollar jinsiy lablarining oldingi nervlari (nn. labiales anteriores) bo‘lib, katta jinsiy lablar terisini innervatsiya qiladi[2].

Son-jinsiy nervi (n. genitofemoralis) katta bel mushagini teshib o‘tib ikki: jinsiy va son tarmoqlariga bo‘linadi.Jinsiy tarmog‘i (r. genitalis) chov kanaliga kirib erkaklarda moyakni ko‘taruvchi mushakni, moyakning go‘shtdor pardasi va terisini,sonning medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Ayollarda esa bachadonning yumaloq boylamini, katta jinsiy lablar terisini, shuningdek son kanali tashqi teshigi sohasi terisini innervatsiya qiladi. Son tarmog‘i (r. femoralis) tomirlar sohasi botig‘idan o‘tgach, son uchburchagi sohasiga o'tadi va terisini innervatsiya qiladi[2].

Son terisining lateral nervi (n. cutaneus femoris lateralis) katta bel mushagining lateral chekkasidan chiqib, yonbosh mushagining oldidan pastga yo'naladi. Chov boylamining lateral qismi ostidan songa o‘tib, son terisini tizza bo‘g‘imigacha innervatsiya qiladi[2].

Yopqich nerv (n. obturatorius) katta bel mushagidan pastga yo‘nalib, kichik chanoq bo‘shlig‘iga tushadi. Yopqich kanal orqali o‘tib, sonning yaqinlashtiruvchi mushaklari o‘rtasiga chiqadi va ikki tarmoqqa bo‘linadi. Oldingi tarmoqning (r. anterior) mushak tarmoqlari (rr. musculares) taroqsimon, sonni yaqinlashtiruvchi uzun va kalta mushaklarini innervatsiya qiladi. Uning teri tarmog‘i (r. cutaneus) sonning medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi. Orqa tarmoqning (r. posterior) mushak tarmoqlari (rr. musculares) sonni yaqinlashtiruvchi kalta mushakni orqasidan o'tib, tashqi yopqich va sonni yaqinlashtiruvchi katta mushakni innervatsiya qilsa, uning bo‘g ‘im tarmog‘i (r. articularis) chanoq-son bo‘g‘imi xaltasini innervatsiya qiladi[3].

Son nervi (n. femoralis) bel chigalining eng kattasi va eng uzunidir.U katta bel va yonbosh mushaklarining o‘rtasidagi egat orqali son uchburchagiga chiqadi. Chov boylamidan chiqib quyidagi tarmoqlarga bo‘linadi:

a) mushak tarmoqlari (rr. musculares) tikuvchilar mushagi, taroqsimon mushak va sonning to‘rt boshli mushagini innervatsiya qiladi;

b) oldingi teri tarmoqlari (rr. cutanei anteriores) 3-5 ta bo‘lib, sonning oldingi medial yuzasi terisini innervatsiya qiladi;

d) teri osti nervi (n. saphenus) tizza bo‘g‘imining medial yuzasi, tizza qopqog‘i, boldiming yuqori qismi oldingi yuza terisini innervatsiya qiladi.Sonda u ko'p sonli sezuvchi va mushak shoxlariga va to'g'ridan-to'g'ri nervga bo'linadi, uning oyoqgacha davom etadigan uzun sezgir terminal shoxlarini beradi[3].

Bel chigalining nerv tarmoqlari
Nerve Segment Innervated muscles Cutaneous branches
Iliohypogastric T12-L1

• Transversus abdominis • Abdominal internal oblique

• Anterior cutaneous ramus • Lateral cutaneous ramus

Ilioinguinal L1

• Anterior scrotal nerves in males • Anterior labial nerves in females

Genitofemoral L1, L2

• Cremaster in males

• Femoral ramus • Genital ramus

Lateral femoral cutaneous L2, L3   • Lateral femoral cutaneous
Obturator L2-L4

• Obturator externus • Adductor longus • Adductor brevis • Gracilis • Pectineus • Adductor magnus

• Cutaneous ramus
Femoral L2-L4

• Iliacus • Pectineus • Sartorius • Quadriceps femoris

• Anterior cutaneous branches • Saphenous

Direct branches from plexus to muscle
Short, direct branches L1-L3

• Psoas major

 
Short, direct branches T12-L4

• Quadratus lumborum • Lumbar intertransverse

 

Qo'shimcha rasmlar

tahrir

Eslatmalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Thieme Atlas of anatomy (2006), pp 470-471
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Thieme Atlas of anatomy (2006), pp 472-473
  3. 3,0 3,1 Thieme Atlas of anatomy (2006), pp 474-475

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir
  • Lumbar plexus at the Duke University Health System's Orthopedics program
  NODES
INTERN 1