Biologlar – bu biologiya sohasida tadqiqot olib boradigan olimlar[1]. Biologlar Yer yuzidagi hayotni, hujayralar, koʻp hujayrali organizmlarni oʻrganishadi. Ular odatda biologiyaning maʼlum bir tarmogʻida (molekulyar biologiya, zoologiya va evolyutsion biologiya) ixtisoslashadilar va maʼlum bir tadqiqot yoʻnalishiga ega boʻlishadi.

Francesco Redi, biolog olim

Biologlarning tadqiqot yoʻnalishlari

tahrir

Asosiy tadqiqotlar bilan shugʻullanadigan biologlarning maqsadi tabiiy dunyo haqidagi bilimlarni rivojlantirishdir. Ular tadqiqotlarni ilmiy metod yordamida olib boradilar, bu metod gipotezalarni sinovdan oʻtkazish uchun empirik metod hisoblanadi. Ularning kashfiyotlari biotexnologiyada maʼlum bir maqsadga erishish uchun qoʻllanilishi mumkin, bu maqsad odamlar uchun tabiiy foydali mahsulotlar ishlab chiqarishdir. Koʻpgina biologlar bir nechta akademik darajaga ega, masalan, bakalavr darajasi, shuningdek, magistratura yoki doktorantura darajalarga ham ega boʻlishadi. Boshqa olimlar kabi, biologlar ham iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat yuritadilar, masalan, akademiyada, notijorat tashkilotlarda, sanoatda hamda shu kabi tashkilotlarda.

 
Martinus Willem Beijerinck botanik va mikrobiolog olim

Taʼlim

tahrir

Biolog boʻlish uchun zoologiya, botanika, mikrobiologiya, anatomiyani oʻz ichiga olgan biologiya sohasi boʻyicha bakalavr darajasi talab etiladi[1][2]. Shuningdek, biologlar uchun qoʻshimcha talablar ham bor, bular esa fizika, kimyo (umumiy, organik va biokimyo), hisoblash va statistikani oʻrganishni oʻz ichiga oladi. Tadqiqot bilan shugʻullanishni istagan talabalar odatda magistratura yoki doktorantura (masalan, PhD) dasturlarini tanlaydilar va bu dasturlar doirasida ixtisoslashgan bilim olib, tadqiqotlar olib boradi.

 
Biologiya sohasi boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori Barbara McClintock

Tadqiqot

tahrir

Asosiy tadqiqot olib boradigan biologlar nazariyalar ishlab chiqadilar va eksperimentlar oʻtkazadilar[3][4][5]. Biologlar odatda laboratoriyalarda oʻz tajribalarini oʻtkazadilar, bu tajribalar hayvonlar, oʻsimliklar, mikroorganizmlar yoki biomolekulalar bilan amalga oshiriladi. Biroq, biologik tadqiqotlarning kichik bir qismi laboratoriya tashqarisida, tabiiy kuzatuv orqali ham olib borilishi mumkin. Masalan, botanika mutaxassisi maʼlum bir muhitdagi oʻsimlik turlarini oʻrganishi mumkin, ekolog esa oʻrmon hududining yongʻindan soʻng qanday qayta tiklanishini oʻrganishi mumkin.

Ixtisoslashuvlar

tahrir

Koʻpgina biolog olimlar maʼlum bir organizm turini yoki faoliyatini oʻrganish bilan ixtisoslashadilar[6].

  • Genetika: Genetika, yaʼni genlar, organizmlar oʻzgarishini oʻrganish.
  • Nevrologiya: Nerv tizimini oʻrganish.
  • Rivojlanish biologiyasi: Organizmning rivojlanishi va oʻsishi jarayonini oʻrganish.
  • Biokimyo: Hayotning kimyoviy tarkibini va metabolizm, koʻpayish, oʻsish bilan bogʻliq kimyoviy reaksiyalarni tahlil qilish.
  • Molekulyar biologiya: Biomolekulalar orasidagi biologik faoliyatni oʻrganish.
  • Mikrobiologiya: Mikroskopik organizmlar, bakteriyalar hamda qoʻziqorinlarni oʻrganish.
  • Fiziologiya: Oʻsimliklar va hayvonlarning hayotiy funksiyalarini oʻrganish.
  • Biofizika: Fizika usullarini biologik savollarga javob berishda qoʻllash.
  • Hisoblash biologiyasi: Kompyuter fanlari, qoʻllaniladigan matematika va statistika texnikalarini biologik muammolarni hal qilishda qoʻllash.
  • Zoologiya: Hayvonlar va yovvoyi tabiatni, ularning kelib chiqishi, xulq-atvorini, kasalliklarini va hayot jarayonlarini oʻrganish.
  • Botanika: Oʻsimliklarni oʻrganish.

Ish faoliyati

tahrir

Biologlar odatda muntazam belgilangan ish vaqtida ishlaydilar. Odatda biologlar ilmiy daraja olganlaridan keyin ham tadqiqotlarini davom ettirishadi. Tadqiqotchilar laboratoriyada yoki boshqa joylarda yaʼni tajriba maydonlarida tadqiqotlaridan kelib chiqqan holda, istalgan vaqtda ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin. Koʻplab biologlar tadqiqotlarini moliyalashtirish uchun grant loyihalarida ishtirok etadi.

Mukofotlar va yutuqlar

tahrir

Biologlarga beriladigan eng oliy mukofot Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi tomonidan 1901-yildan buyon beriladigan Nobel mukofotidir. Shuningdek, biologlar uchun 1980-yilda taʼsis etilgan Crafuord mukofoti ham beriladi[7].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Nurse, Paul (2015). "STEM education: To build a scientist". Nature 523 (7560): 371–373. doi:10.1038/nj7560-371a. 
  2. Gould, Julie (2015). "How to build a better PhD". Nature 528 (7580): 22–25. doi:10.1038/528022a. PMID 26632571. 
  3. Campbell, K. H. S.; McWhir, J.; Ritchie, W. A.; Wilmut, I. (1996). "Sheep cloned by nuclear transfer from a cultured cell line". Nature 380 (6569): 64–66. doi:10.1038/380064a0. PMID 8598906. 
  4. Schnieke, A. E.; Kind, A. J.; Ritchie, W. A.; Mycock, K.; Scott, A. R.; Ritchie, M.; Wilmut, I.; Colman, A. et al. (1997). "Human Factor IX Transgenic Sheep Produced by Transfer of Nuclei from Transfected Fetal Fibroblasts". Science 278 (5346): 2130–2133. doi:10.1126/science.278.5346.2130. PMID 9405350. 
  5. „The Third Culture: Ian Wilmut“. Edge.org. 2009-yil 13-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 16-aprel.
  6. Mehmet and Turgut. Hydatidosis of the Central Nervous System: Diagnosis and Treatment. Springer-Verlag Berlin Heidelberg, 2014 — 334-bet. ISBN 978-3-642-54359-3. 
  7. „About the Crafoord Prize - The Royal Swedish Academy of Sciences“. www.kva.se. 2018-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-iyul.
  NODES
Done 1