Boʻlinishlik — biror sonning ikkinchi biror songa boʻlina olishligi. Agar butun sonni butun songa boʻlishdan hosil boʻlgan boʻlinma ham butun son boʻlsa, soni soniga qoldiqsiz boʻlinadi deyiladi. Bunda arifmetikaning quyidagi asosiy teoremasi oʻrinlidir: har qanday birdan katta natural son yagona usulda tub sonlar koʻpaytmasiga yoyiladi: n=plp2...plr. Barcha butun algebraik sonlar sohasida arifmetikaning asosiy teoremasi oʻrinli emas. Quyida baʼzi bir boʻlinish alomatlari keltiriladi. Oxirgi ikki raqami nol boʻlgan yoki 4 ga boʻlinadigan sonlar 4 ga boʻlinadi. Masalan, 31700, 16608. Raqamlari yigʻindisi 3 (9) ga boʻlinadigan sonlar 3 (9) ga boʻlinadi. Masalan, 17835, 52632.[1]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. "Boʻlinishlik" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES
Done 1