Chexlar — xalq, Chexiyaning asosiy aholisi (9,55 mln. kishi 1990-yillar oʻrtalari). Umumiy soni 10,38 mln. kishi. Chex tilida soʻzlashadi. Dindorlar — asosan, katoliklar, protestantlar ham bor. Chexiya hududiga slavyanlar 5—6asrlarda kelib oʻrnashganlar. Yozma manbalarda ayrim chex qabilalarining nomlari (chexlar, dudleblar, xorvatlar, luchanlar, zlichanlar, dechanlar, pshovanlar, litomerjitsalar, xebanlar, glomachlar) saqlanib qolgan. 11 a.da Chexiya davlati hududida chex elati shakllangan. Anʼanaviy mashgʻulotlari — dehqonchilik; chorvachilik ham muhim rol oʻynaydi. Xalq hunarmandchiligi rivojlangan. Ch.ning koʻpchiligi sanoatda band. Ch.ning milliy kiyimlari, anʼanaviy hunarmandchiligi saqlangan. (qarang Chexiya).




  NODES
mac 1
os 9