Chizma geometriya - geometriyaning fazoviy figuralarni tekislikda tasvirlash va ular yordamida fazoviy masalalarni yechish usullarini oʻrganadigan boʻlimi. Ch.g. insoniyatning amaliy faoliyatida astasekin vujudga kelgan; u inshootlar va mashinalarni loyixalashda, tasviriy sanʼat va boshqa sohalarda qoʻllangan. Urta Osiyo meʼmorlari xam gumbazli binolar, koʻpriklarni loyihalashda geometrik shakllardan foydalanishgan. Hozir xam xar xil geometrik shaklli bino va inshootlarni qurishda Ch.g. usullari keng qoʻllanadi.

Fazoviy figuralarni tekislikda tasvirlashning 2 usuli bor: markaziy proyeksiyalash va parallel proyeksiyalash. Masalan, narsalarning fotosuratlari va yorugʻlik nurlaridan jismlarning tekislikda hosil boʻlgan soyalari markaziy proyeksiyalashdir. Markaziy proyeksiyalash usuli bilan yasalgan tasvir perspektiva deb ataladi. Perspektivadagi tasvirda figuraning qaqiqiy shakli va oʻlchamlarini aniqlab boʻlmaydi (1rasm). Parallel proyeksi ya l ashda markaziy proyeksiyalashdagi proyeksiya markazi 5 cheksiz uzokda deb faraz qilinadi. Parallel proyeksiyalashda proyeksiyalovchi toʻgʻri chiziqlarning aniq yoʻnalishi berilishi kerak. Quyosh yoki Oy nuridan jismlar soyasining paydo boʻlishi parallel proyeksiyalashga misol boʻladi.

Figuralarni oʻzaro perpendikulyar ikki tekislikka toʻgʻri burchakli proyeksiyalash ortogonal proyeksiyalash deb ataladi. Baʼzan, chizmani mukammallashtirish maqsadida gorizontal va frontal tekisliklarning ikkalasiga ham perpendikulyar boʻlgan tekislik (profil tekisligi) dan foydalaniladi. Ortogonal proyeksiyalar vositasida chizmalar oson yasaladi, ortogonal proyeksiyada (izometriyada) tasvirlangan narsa oʻlchamlari (boʻyi, eni, balandligi)ni bevosita aniklash mumkin (2rasm). Lekin bunday chizma buyum toʻgʻrisida yaqqol tasavvur bermaydi. Undan, ayniqsa, murakkab figuralarning fazoviy shakllarini koʻz oldiga keltirish qiyin. Shuning uchun narsaning ortogonal proyeksiyalash asosida yasalgan tasviri uning aksonometrik proyeksiyasi bilanMuhandislik qurilish ishlarida koʻpincha sonlar bilan belgilangan proyeksiyalar deb ataluvchi usuldan foydalaniladi. Bunda nuqtalar proyeksiyalar tekisligiga ortogonal proyeksiyalanib, proyeksiya yoniga nuqtaning tekislikdagi vaziyatini ifodalovchi sonlar — balandliklar koʻyiladi. Bu chizma ayoniy boʻlishi uchun bir xil balandlikdagi nuqtalar orqali balandliklar chiziti oʻtkaziladi. Agar yer sirtini (relyefini) chizmada tasvirlash lozim boʻlsa, gorizontal proyeksiyalash tekisligidan foydalaniladi. Bunda sathchiziklari gorizontallar deb ataladi. Gorizontallarning shakli va joylashishiga qarab yer sirtining tasvirlanayotgan qismi toʻgʻrisida tasavvur hosil qilish mumkin. Gorizontallar tizimi yordamida sirtni bunday tasvirlash usuli topografik usul deb ataladi (3rasm). Ch.g. usullari meʼmorlik, tasviriy sanʼat, texnika va boshqa sohalarda keng qoʻllanadi.




  NODES