Choʻllanish — qurgʻoqchil iqlimli oʻlkalarda ekologik tizimlarning buzilishi, ulardagi organik hayotning barcha shakllari yomonlashuviga va natijada tabiiyiqtisodiy imkoniyatlarning pasayib ketishiga olib keluvchi tabiiygeografik hamda antropogen jarayonlar majmui. Bu jarayonlar tabiiy oʻsimliklar turlari va miqdorining kamayishi, tuproq eroziyasi, tuproqning shoʻrlanishi va unumdorligining kamayib ketishi kabilardan iborat. Cho'llanish natijasida choʻllarning maydoni ortadi, choʻl tavsifli landshaftlar yuzaga keladi. Yer yuzasining 48,5 mln. km² ga yaqin kismi choʻl va chala choʻllardan iborat boʻlib, uning 10 mln. km² ga yaqini antropogen omillar taʼsirida yuzaga kelgan. Cho'llanish jarayoni deyarli barcha kitʼalarda, koʻproq Afrika, Osiyo, Avstraliya hamda Janubiy Amerikaning qurgʻoqchil iklimli hududlarida kuzatilmoqda. Oʻrta Osiyoda Orol dengizi va Orolboʻyi regionida ham mavjud boʻlib, tang ekologik holat yuzaga keldi. Ch. murakkab va jahon miqyosidagi ekologik muammoga aylandi. Ch. 1968—79 yillarda Afrikada Sahroi Kabirning jan. hududlarida, gʻarbdan Mavritaniya va Senegaldan boshlab, sharkda Chad va Sudan chegarasigacha boʻlgan juda kata maydonda roʻy bergan va bu qurgʻokchilik "Sahel fojiasi" nomi bilan mashhur boʻldi. Ch.ni oʻrganish, oldini olish va unga qarshi kurashish choratadbirlari boʻyicha jahon miqyosida ishlar olib boriladi. Bu mavzudagi 1ilmiy anjuman 1977-yilda Keniyaning Nayrobi shahrida oʻtkazilgan va unda Ch.ga qarshi kurash rejasi ishlab chiqilgan. Bunday ilmiy anjumanlar Oʻzbekistonda 1981-yilda Toshkentda, 2000-yilda Samarqandda oʻtkazilgan. Oʻzbekiston Respublikasi 1995-yil 31 oktabrda qurgʻoqchilik va Ch.ga qarshi kurash Xalqaro konvensiyasiga qoʻshilgan.

Shuhrat Zokirov.




  NODES