Chumolixoʻrlar (lotincha: Vermilingua ) - tishsiz sutemizuvchilar turkumiga mansub boʻlib chumolixo'rlarning ikkita oilaga ajratilgan. Toʻgʻridan-toʻgʻri chumolixoʻrlarning 3 ta zamonaviy avlodlariga: gigant chumolixoʻrlar, tamandua va pakana chumolixoʻrlar, shuningdek, 3 ta yoʻqolib ketgan avlodlari kiradi[1]. Eng qadimgi chumolixoʻrlar Messel karerining eotsen qatlamlarida topilgan. Chumolixoʻrlarning evolyutsion tarmogʻi taxminan 30 million yil oldin ajratilgan[1].

Chumolixoʻrlar
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Chumolixoʻrlar
Urugʻ: Chumolixoʻr
Xalqaro ilmiy nomi
Vermilingua, 1811
Tamandua (chumolixoʻr)

Tashqi koʻrinishi

tahrir

Chumolixoʻrlarning barcha avlodlarining tashqi koʻrinishi umumiy xususiyatlarga ega boʻlsa-da (choʻzilgan tana, uzun dum, choʻzilgan bosh suyagi, tanasiga nisabatan katta tirnoqlari), ularning oʻlchamlari kattalik tartibida farqlanadi. Agar katta yoshli gigant chumolixoʻrning massasi taxminan 40 kg tana uzunligi 110-130 sm va dumi uzunligi 95 sm boʻlsa, tamanduaning massasi 4-5 kg ni tashkil qilib tana uzunligi 54–88 sm va dumi uzunligi 40–49 sm va katta yoshli pakana chumolixoʻrning massasi zoʻrgʻa 400 g ga etadi, tana uzunligi 16-20 sm va dumi uzunligi 18 sm.

Yashash doirasi

tahrir

Chumolixoʻr turkumining barcha avlodlari vakillari Markaziy va Janubiy Amerikada yashaydi, faqat tamandua shimolda tarqalishi Kolumbiyaning janubi bilan tugaydi.

Hayot tarzi

tahrir

Ular mayda hasharotlar bilan oziqlanadi. Barcha chumolixoʻrlar chumolilar, ulkan chumolixoʻrlar va tamandua termitlar bilan oziqlanadilar, ushbu holat (termitlar bilan oziqlanish) hali pakana chumolixoʻrlar orasida qayd etilmagan. Gigant va pakana chumolixoʻrlar asosan tunda faollashadilar, tamandualar kechasi ham, kunduzi ham faol boʻlishi mumkin. Gigant chumolixoʻrlar daraxtlarga chiqa olmaydi va faqat quruqlikdagi hayot tarzini olib boradi, tamandualar quruqlikda ham daraxtlarda ham aralash turmush tarzini olib boradi, pakana chumolixoʻrlar esa faqat daraxtlarda yashaydi.

Koʻpayishi

tahrir

Chumolixoʻrlarning barcha turlarining urgʻochilari odatda bitta nasl berishadi. Barcha chumolixoʻrlar oʻz bolalarini orqalarida koʻtarib yurishadi, odatda gigant chumolixoʻrlarda va tamanduada bolani urgʻochilar olib yursa, daraxtlarda yashovchi pakana chumolixoʻrlar bolani ikkala ota-ona ham koʻtarib yurishda ishtirok etadi[2] .

Adabiyotlar

tahrir
  • Miranda Flávia R., Casali Daniel M., Perini Fernando A., Machado Fabio A., Santos Fabrício R. Taxonomic review of the genus Cyclopes Gray, 1821 (Xenarthra: Pilosa), with the revalidation and description of new species (англ.) // Zoological Journal of the Linnean Society. — 2017. — 11 December (vol. 183, no. 3). — P. 687—721. — ISSN 0024-4082. — doi:10.1093/zoolinnean/zlx079.

Havolalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Miranda et al. 2017.
  2. Bartoz S., Cerda A. „Silky Anteater“. Benedictine University (2009). Qaraldi: 2019-yil 14-iyul.[sayt ishlamaydi]
  NODES
mac 1
os 12